Mavludi Nabiy Ummatga nusrat va g’alabadan bashoratdir

428
0

Imom Ahmad Irboz ibn Soriya Sulamiydan ushbu rivoyatni ishlab chiqdi. Irboz aytadiki, men Rosululloh ning bunday deganlarini eshitganman:

 

«Men Allohning nazdida ummul kitobda payg’ambarlar so’nggisiman… Sizlarga buning tafsirini, ya’ni Ibrohimning otasi qilgan duoni va Isoning o’z qavmiga bergan (mening to’g’rimdagi) bashoratini, mening onam tushida o’zidan Shom qasrlariga taralgan nur chiqarayotganini ko’rganini xabar qilaman…».

Demak, Payg’ambarimiz Muhammad ni Alloh Taoloning ushbu kalomida:

 

«Parvardigoro, ularning orasiga o’zlaridan bo’lgan bir payg’ambarni yuborgin!» [Baqara 129] deb kelgandek, Ibrohim ? tarafidan duo qilinganlar. Shuningdek, bu Allohning:

«Eslang, Iso ibn Maryam dedi: Ey Banu Isroil, albatta men Allohning sizlarga rosuliman. (Men) o’zimdan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi va o’zimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir payg’ambar haqida xushxabar beruvchi bo’lgan holda (yuborildim)»

degan kalomida kelganidek, sayyidimiz Iso bergan xabar hamdir.

Nabiy ning onalari qornidan taralgan nur haqida aytadigan bo’lsak, bu onalarining ul zotga homilador bo’lib, tug’ish arafasida turgan paytda ko’rgan tushidir. Ya’ni ushbu Ummat u goh u erda, goh bu erda har qancha mashaqqatga duch kelmasin, masalan, Xalifalik davlati ag’darilgandan boshlab, uning hozirgi vaziyati kabi, to qiyomat kuniga qadar bu Ummatdan nusrat-g’alaba arimasligi, zulmatdan so’ng albatta tong otajagi to’g’risidagi tushdir. Bu erdagi ishora Nabiy ning ushbu hadislaridagi xabarning tasdiqi sifatida Shom Islom diyorining markazi bo’lsa ajab emas:

 

«Ummatimdan bir guruh Allohning amrida qoim bo’lishdan arimaydi, ularni yordamsiz tashlab qo’yganlar ham, ularga qarshi chiqqanlar ham ularga zarar etkazolmaydi, to ularga Allohning amri (qiyomat) kelgunga qadar ular shu holatda turadilar. Muoz dedi: Ular Shomda bo’ladilar» (Imom Buxoriy sahihi).

Shomga Suriya, Livan, Falastin, Iordaniya va Iroqning ayrim mintaqalari kiradi. Ushbu xushxabar Ummatning nusrat quchajagi to’g’risidagi qator bashoratlardan biridir. Misol uchun, Nabiy yana bunday marhamat qilganlar:

 

«Albatta, Alloh menga butun er yuzini to’plab ko’rsatdi va men uning mag’ribiyu mashriqini ko’rdim, albatta Ummatim mulki menga er yuzidan to’plab berilganicha joyga etadi hamda menga qizil va oq konlar ato etildi» (Abu Dovud sunani).

Shuningdek, zolim podshohlik ortidan Xalifalik davlati qayta barpo bo’lajagi to’g’risidagi xabar ham:

 

«… Keyin payg’ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo’ladi», deb hadisda zikr qilingan. Rosululloh Konstantinopol (Istanbul) bilan Rumni fath qilinishi to’g’risida ham xabar bergan bo’lib, Konstantinopol Muhammad Fotih qo’li bilan fath qilingan bo’lsa, hali fath qilinmagan Rum insha Alloh yaqinda fath etilajakdir.

Garchi biz bashoratlar ma’nosi to’g’risida to’la tasavvurga muhtoj bo’lsak-da, biroq bu aytilganlarning barchasi ushbu Ummatning nusrat quchishi to’g’risidagi bashoratlardir. Chunki mustamlakachi kofir saroy ulamolari bilan birga buni noto’g’ri tafsir qilishdi va natijada barchaga, hatto Ummatning ayrim xolis farzandlariga ham bu masalani qorong’ulashtirib qo’yishdi.

Birinchidan, qachon bashorat Qur’onda yo mutavotir hadisda kelsa, u o’zining ziddidagi barcha dalillarni yanchib tashlaydi, chunki bu bashoratlar qanday kelgan bo’lsa o’shanday qat’iy tasdiqlashni talab etuvchi imon (aqida) masalasiga kiradi, ularga aqliy ma’lumotlarni ishlatilmaydi, uning alomat-belgilarini topishga ham hojat bo’lmaydi. Qachon bashorat ohod hadisda kelsa, u shu xabarni tasdiqlashni talab qiladi, xolos.

Ikkinchidan, bashoratlarni tasdiqlash degani tavakkal qilib, o’sha bashoratlar ro’yobga chiqishini kutib turish, binobarin, faoliyatdan to’xtab, Xalifalik davlati barpo bo’lishni duo qilish bilan cheklanishni anglatmaydi. Yoki ayrim jamoalarning «Xalifalik Alloh Subhanahuning va’dasi», demak, uni barpo etishga harakat qilish kerak emas, degan gaplarini ham anglatmaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, Xalifalik Alloh Subhanahu va Taoloning va’dasi bo’lib, u albatta barpo bo’lajagi to’g’risida hech kim shubha qilmaydi. Shu bilan birga, Alloh bizga ayrim amal va vazifalarni ado etishga buyurgan. Bu amallarni bajarish yo bajarmaslik esa xabarlarning ro’yobga chiqishini man qilolmaydi. Agar biz ushbu amallarni Alloh buyurgandek ado qilmasak, gunohkor bo’lamiz, chunki shariat bizdan ularni ado etishni talab qilgan. Zero, bashoratlar masalasini hech kim suyukli Payg’ambarimiz dan ko’ra yaxshiroq bilmaydi. Ul zot Allohning nusrat-yordam berishiga aniq ishongan bo’lsalar-da, Islom davlatini barpo qilish yo’lida turli qabilalardan nusrat-yordamga erishish uchun qattiq g’ayrat bilan kurash olib bordilar. Makkadan yashirincha hijrat qildilar, yashirinib, bir usta yo’lboshlovchini ijaraga oldilar, o’ziga qarshi bir necha hujumlarga qarshi siyosat va e’tibor bilan kurashdilar… Ul zot ushbu faoliyatlarining barini va’da qilingan nusratning ro’yobga chiqishga shubha qilganlari uchun ado etmadilar, balki ular Alloh Subhanahu va Taoloning buyrug’i bo’lgani uchun ado etdilar, nusrat kutib o’tirish bilan uzlatga chiqmadilar. Sahobalar ham shunday qildilar. Ular bashoratlar masalasini juda puxta tushundilar va ularning ro’yobga chiqishiga shubha qilmay, Allohning va’dasiga va Rosulining bashoratiga aniq ishongan hollarida Alloh Subhanahu va Taolo ularga buyurgan faoliyatlar bilan shug’ullandilar.

Uchinchidan, bashoratlar biz musulmonlar aqllarimizga xotirjamlik bahsh etadi, dillarimizni to’g’ri pozitsiyalarni egallashga tayyorlaydi, kofirlarni bizga qarshi qo’yayotgan tuzoqlariga ilinib qolishimizdan uzoq qiladi. Masalan, kofirlarning musulmonlarda mukammal ideologiya mavjud emas, degan tuzoqlari kabi. Afsuski, ayrim kimsalar demokratik kufr partiyalari va ularning ilmoniy dasturlarini qo’llab-quvvatlash bilan kofirlar bilan hamkorlik qilish darajasigacha etib bordi. Nabiy sahobai kiromlari kofirlarning qiynoq va zulmlari ostida qolgan paytda qattiq mashaqqatli davrlarni boshdan kechirganlar. Biroq shunday bo’lsa-da, kofirlarni, ularning boshqaruvini ham qo’llab-quvvatlamadilar. Ular bilan hamkorlik qilmadilar. Shunday bo’lishiga qaramay, ul zotda kofirlarning hukmronligi ostida boshqaruvga kelish uchun katta imkoniyat bor edi, biroq ul zot bularning barini qattiq jaholat sanadilar. Yana bir misol, Amr ibn Sa’saa qabilasi kabi, ayrim kofir qabilalar Islomga zid shartlarni qo’yishdi, ya’ni Rosululloh vafotidan keyin ularga boshqaruvni berilishi sharti bilan Rosulullohga nusrat-yordam berishni taklif qilishdi. Ammo Rosululloh ularning bu takliflarini mutlaq rad etdilar. Shuningdek, ul zot Banu Shayba qabilasining Islomni forslar tomonidan himoya qilish taklifini ham – chunki bu qabila bilan forslar o’rtasida bitim mavjud edi – mutlaq rad etdilar. Shu tarzda Nabiy bunday takliflarning barchasini rad etdilar va Islomda sabot bilan turishda davom etdilar. Rosululloh ? sahobalar qiynoqlarga tutilayotganini, mashaqqatli pallada ekanlarini, shuning uchun ular har vaqtdan ham ko’ra ko’proq hozir nusrat-yordamga muhtojliklarini juda yaxshi bilardilar, ammo shuni bila turib, bunday takliflarni ular musulmonlar manfaatiga xizmat qiladi, degan dastak bilan qabul qilganlari yo’q.

Bundan farqli o’laroq, kofirlar vahiyga qarab yurishmaydi, aksincha, o’z rag’batlariga va zaif aqliy hisob-kitoblariga tayanishadi. Biroq shunga qaramay, ular o’zlarining yovuz ishlariga qattiq ishonishadi va hech ikkinlanmay musulmonlarga o’z dunyoqarashlarini zo’rlab tiqishtirishadi. Biz bo’lsak, shundan so’ng ham, Alloh biz bilan bo’lganiga, qo’limizda habibimiz Muhammad ?ning bashoratlari borligiga va biz haq din vakillari ekanimizga qaramay, nega nusrat quchishimizga shubhalanaveramiz?!

Biz bugun ushbu robiul-avvalda habibimiz Muhammad mustafo ?ning mavludlarini xotiralash pallasida turgan ekanmiz, barcha musulmonlarga to’g’ri chiziq bo’ylab qayta saflanmoqlari va musulmonlar manfaati degan dastak bilan kofirlarni himoya qilish yo’liga aldanib qolmasliklari vojibdir. Chunki bular soxta uzr-bahonalar bo’lib, kufr rejasining amalga oshirilishi yo’lida musulmonlarni aldashga xizmat qiladi.

Hizbut Tahrir robiul-avval 1434h

Sharqiy Afrika fevral 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.