Suriyada isyonchilar 4ta samalyotni urib tushirdi

408
0

Mahalliy koordinatsiya qo’mitasi xabar qilishicha, Suriyada kecha chorshanba kuni 141ta shaxs o’ldirilgan. O’lganlarning aksari Damashq va uning atrofi hamda Dar’olik fuqarolardir. Mahalliy qo’mita shunday qo’shimcha qiladi: “Suriya ozod qo’shini Davlat kuchlariga qarashli 4ta samalyotni urib tushirgan. Bu ish qo’zg’olon alanga olgan 2011yil mart oyidan buyon bir kun ichida qo’lga kiritilgan eng katta yutuqdir”.

Yana shu manbaning ma’lum qilishicha, Suriya ozod qo’shini Halabda MIG-23 rusumli qiruvchi samalyotni urib tushirgan. Ikkinchi samalyot Tirozda qulatilgani aytiladi. Shuningdek Idlibda MIG rusumli qiruvchi samalyot va Damashq yaqinida esa bir vertalyotni urib tushirgan.

Suriya ozod qo’shini samalyotga qarshi qo’llaniladigan raketalarni ishlata boshlagandan bir kun o’tib samalyotlarni tinimsiz urib tushirish boshlanib ketti. Chunki ular kecha chorshanba kuni Halab yaqinidagi Shayx Sulaymon otryadiga hujum uyushtirgan paytda yana bitta vertalyotni urib tushirgan.

Al-jazira axborot agentlgining tarqatgan xabariga ko’ra, Suriya ozod qo’shini 27 nobyar kuni bitta qiruvchi samalyot va bitta vertalyotni urib tushirganligini e’lon qilgan

Frantsiya matbuot agentligining harbiy tahlilchisi Riyoz Quhujiy shunday deydi: “isyonchilar er-havo raketalarini qo’lga kiritishdi va jang maydonida ularni yangicha uslubda ishlata boshlashdi. Chunki Asad rejimi bir kunda bir nechta samalyotlaridan mosuvo bo’ldi. Asad armiyasi harbiy havo kuchlaridagi ustunligini qo’ldan boy berganligiga qaraganda, bu holat kurash oqimidagi muhim o’zgarishdir”.

29 noyabr payshanba

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.