Zindoniy: g’arb arab bahorini qo’lga olishga urinmoqda

453
0

Yaman ulamolar hay’ati raisi shayx Abdulmajid Zindoniy shunday dedi: “g’arb arab bahorini to’xtatishda muvaffaqiyatsizlikka uchragach qo’zg’olonlarni qo’lga olishga urinmoqda, toki, hukumatlar uning hukmronligidan chiqib ketmasin”.

U g’arb davlatlari kelajakda Yaman xalqiga o’z vasiyligini tiqishtirish uchun Yaman qo’zg’oloniga ham hukmini o’tkazishga harakat qilyapti, deb ochiq aytdi.

Shuningdek, Abdulmajid Zindoniy al-jazira jurnalisti bilan o’tkazgan suhbatida, yaqinda bo’lib o’tishi muqarrar bo’lgan milliy so’zlashuv kongressi tomonidan kechayotgan Yaman maydonidagi tortishuvlardan norozi ekanligini bildirib, “bu ham hali boshlanmay turib so’zlashuv muvaqqiyatsizlikka uchraganini e’lon qiladi” dedi.

Abdulmajid Zindoniy Suriya xalqi prezident Bashir Asad rejimi tomonidan duch kelayotgan qatl va quvg’inlarga ishora qilib shunday dedi: “Suriya qo’zg’oloni g’alabaga erishgach salbchilarni, mug’ul tatarlarni va Islom ustidan hukm yuritishga uringan har qanday qo’shinni mag’lub qilgan tarixiy Shom va Misr mehvarini qayta shakllantiradi”, dedi.

U yana shunday dedi: “barcha bashoratlar ertangi kun Islomniki ekanligini, Islom davlati albatta tiklanishini va xalifalik yangidan qaytib kelishini ko’rsatib turipti”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.