Rossiya O’rtaer dengizida harbiy kemalari birikmasini tuzmoqda.

404
0

Rossiya harbiy dengiz kuchlarining Boltiq, Qora dengiz va Shimoliy harbiy flotlari kemalaridan tarkib topgan flotlararo birikmasi dekabr oyining oxiridan boshlab Suriya qirg’oqlarida mushtarak harbiy topshiriqni o’tashni boshlaydi. “Shimoliy va Boltiq flotlarining harbiy kemalari otryadi O’rtaer dengizining sharqiy qismiga safar tutgan. U erda xozir Qora dengiz floti kemalari birikmasi amaliyotlar olib bormoqda. Bu flotlar kemalari mushtarak harbiy topshiriqlarni bajarish uchun dekabr oyining oxirlariga borib O’rtaer dengizi sharqida birlashishadi. Bu kemalar, hususan Suriyaning Tartus portida joylashgan Rossiya harbiy flotining moddiy-texnik ta’minot punktiga bir necha bor kirishligi kutiladi. Shuningdek ular, agar buyruq bo’lib qolsa, rossiyalik fuqarolarni Suriyadan evakuatsiya qilish amaliyotlarini bajarishlari ham mumkin”, – dedi ITAR TASS agentligi muhbiriga Rossiya harbiy kuchlari bosh shtabidagi manba. “Dengizga chiqishlikka Qoradengiz flotining boshqa kemalari ham shay”, – qo’shib qo’ydi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.