Favqulotda holat bekor qilinadi, ammo karantin joriy etiladi

306
0

Favqulotda holat bekor qilinadi, ammo karantin joriy etiladi

 Ayrim hududlarda joriy qilingan favqulotda holat rejimi 10 mayda tugadi, komendantlik soati nihoyasiga etdi. 22 mart kuni qabul qilingan favqulotda vaziyat rejimi davom ettaveradi. Bu haqda COVID-19ga qarshi kurash Respublika shtabi ma’lum qildi.

 Ta’kidlanishicha, sanitar-karantin postlari epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar faoliyat yuritadi. Bir viloyatdan ikkinchisiga o‘tishdagi cheklovlar kuchda qoladi, nazorat kuchaytiriladi.

 Shu bilan birga, Bishkek va O‘sh shaharlarida, Norin viloyatining Otboshi tumanida va Jalolobod viloyatining Chotqol tumani Qanish Qiya qishloq okrugida murakkab epidemiologik vaziyat tufayli karantin joriy qilinadi.

 Bosh vazir o‘rinbosari Kubatbek Boronovning ma’lum qilishicha, koronavirus infektsiyasi bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgan taqdirda Favqulotda holat joriy qilish borasida yana qaror qabul qilinishi mumkin.

 Izoh: Olamdagi barcha davlatlar koronavirus pandemiyasidan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib qolishga harakat qilayotganlari kabi Qirg‘iziston hukumati ham pandemiya vahimasidan saylov oldidan siyosiy vaziyatlarni jilovlab turish va yana xalqaro tashkilotlar nazariga tushib ulardan moliyaviy ko‘mak olish kabi bir qancha maqsadlarini ro‘yobga chiqarib olmoqchi.

 Qirg‘iz hukumati mamlakatda favqulotda holat e’lon qilishi ortidan deyarli barcha olamiy tashkilotlarga yordam so‘rab murojaat qildi. Jeenbekov Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki, Evropa ittifoqi, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondidan yordam so‘radi. Xalqaro valyuta fondi 31-mart kuni Qirg‘izistonga 120,85 mln. dollar qarz bergan bo‘lsa, 8-may kuni yana 121,1 million dollar qarz ajratadigan bo‘ldi. Shu orqali qirg‘iz hukumati bir tomondan, davlat byudjetida vujudga kelgan kamomadni yopmoqchi bo‘lsa, boshqa tomondan koronavirus bahonasida siyosiy vaziyatni kuz oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan parlament saylovlariga qadar jilovlab turmoqchi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.