“KUMTOR” TALON-TAROJ BO’LIShIGA KIM AYBDOR

555
0

“Kumtor”ning qisqacha tarixi: Kumtor (qirg’iz. Kumt?r)-katta o’lcham (taxminan 700 t.)dagi tilla kon, u Bishkekdan 350 km uzoqlikda, Xitoy chegarasiga 60 km etmasdan “Issiq-ko’l” oblastida, Tyan-Shan tog’ining 4000 m. tepaligida joylashgan. Uning nomi “Kumtor”daryosidan olingan.

“Kumtor” 1978y. «Kirgizgeologiya» geofizik ekspeditsiyasi tominidan ochilib, 1989y. SSSRdagi geologiya ministrligi u haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilgan.

1992y. Kanadadagi “Cameco – Canadian Mining and Energy Corporation”

Kirg’iziston hukumati bilan «Kumtorzoloto» proektini tashkil qilish bo’yicha kelishuv imzolangan. «Kumtor Opereyting» tashkiloti 1994y. Kumtorda qurilish ishlarini boshlab, 1997y. mayidan 2011y. dekabrgacha 8,4 mln. untsiya yoki 260,7 tonna(taxminan 11 700 000 000$) oltin qazib oldi. Bundan 1997-2003 yillar mobaynida yiliga 11 mln. dollar, 2004-2007 yillarda yiliga 30 mln. dollar, oxirgi yillarda 173 mln. dollardan Qirg’izistonga qolgan. Qazib olingan oltinning 10% ham qolmagan. (Sadr ?Japarov va uning hamfikrlarining aytishicha “Kumtor”dan 280 tonna oltin qazib olinib, undan 1,4 tonnasi (0,5%i) Qirg’izistonga qolgan). Bu kompaniyani ishlash muddati 2021y.gacha uzaytirilgan.

Ey, musulmonlar! Xossatan, Qirg’izistondagi musulmonlar! Alloh Taolo konlarni sizlar uchun mulk qilib bergan. Xoin, malay rahbarlar boyliklaringizni kofirlar qo’liga topshirib qo’yishi harom, molingizni himoya qilish uchun harakat qilishingiz farz.

Miqdori cheksiz konlarning jamoat mulki ekanligining dalili Abyaz ibn Hammol al-Moziniydan rivoyat qilingan hadis: «Abyaz ibn Hammol Rasululloh (s.a.v)dan Ma’rab degan joydagi tuz konini berishlarini so’radi va Rasululloh (s.a.v) u kishiga bu tuz konini ajratib berdilar. U ketgach, yo Rasululloh, unga ajratib bergan narsangizni bilasizmi? Unga katta tuz konini ajratib berdingiz, deyilganda Rasululloh (s.a.v) konni al-Moziniydan qaytarib oldilar». Rasululloh (s.a.v)ning Abyaz ibn Hammoldan unga ajratib berilgan kon bitmas-tuganmas, ko’p ekanligini bilganlaridan keyin qaytarib olishlari, miqdori cheksiz konlarning shaxsiy bo’lishi joiz emasligiga dalildir. Chunki bu konlar musulmonlarning hammasi uchun mulkdir. Gap faqat tuz haqida emas, balki turi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, har qanday konga ta’luqlidir. Lekin jamoat mulki bo’lishining sharti bitmas kon bo’lishidir.

Ulkan konlar barcha fuqarolar uchun jamoat mulki bo’lgani sababli, davlatga bu mulklarning shaxslarga berishi va shirkatlar bu konlarni o’z hisoblaridan chiqarib olishlariga ruxsat etishi joiz emas. Balki, bu konlarni musulmonlarning ishlarini boshqaruvchisi sifatida musulmonlar nomidan davlatning o’zi chiqarib olishi vojib bo’ladi. Ulardan chiqarib olingan barcha narsalar musulmonlar uchun jamoat mulki bo’ladi. Ko’p miqdordagi konlar shaxslar ega bo’lishi joiz bo’lmaydigan omma mulkchiligidir. Balki bu barcha musulmonlarning mulkidir. Kofirlarni boyliklarimizni talon-taroj qilishiga “yo’l” qilib berishimiz harom. Alloh Taolo aytadi:

 

„Va Alloh hargiz kofirlar uchun mo’minlar ustiga yo’l bermagay“. [4:141]

Molimizni himoya qilish uchun harakat qilishimiz farz, Abdulloh ibn Amr (r.a): Nabiy (s.a.v)ning –“kimki molini oldida (uni himoya qilib) o’lsa, bas u shahiddir”- deganini eshitganman – dedi. Molini himoya qilib o’lgan insonni Payg’ambarimiz (s.a.v)ning “shahid” deb nomlashlaridan mujtahidlar molini birovga oldirib qo’ymaslik uchun harakat qilishni farz deb ijtihod qilishgan.

Ey, musulmonlar!

Konlardan boyliklarni ishlab chiqaradigan soha vakillarini (mutaxassiclarni) ko’paytirish o’rniga boy tajribali insonlarni chetga surayotgan, mustamlakachi kofirlar boshqa halqlarni qaram holatda ushlab turish uchun o’ylab topishgan, (“arab bahori”da haqiqiy basharasi ko’ringan) “BMT”dan ruxsat yo’qligini bahona qilib og’ir sanoatni yo’lga qo’ymay, rivojlantirmay, aksincha kofirlar changalidan qutulishimiz uchun harakat qilayotganlarni qamab, tazyiqlar o’tkazayotgan, malay rahbarlardan umid ham, imkoniyat ham yo’q. Rosululloh (s.a.v) marxamat qiladilar: “Kimki Allohdan o’zgani g’amida tong ottirsa, u Allohdan yiroqda. Kimki musulmonlar haqida qayg’urmasdan tong ottirsa, musulmonlardan emas”. “Alloh raiyatga biror bandasini boshliq qilsa va u raiyatga sidqidildan muomala qilmasa jannat hidini topmaydi”, “Musulmonlar raiyatiga boshchilik qiladigan rahbar musulmonlar haq-huquqlarini poymol qilgan holda hayotdan o’tsa, Alloh unga jannatni harom qiladi”.

Hamma sohada; iqtisodu-ijtimoda, ta’lim-tarbiya va tashqi siyosatda shariatni mahkam ushlab, unga to’la amal qilishimiz bilan bunday xorlik, sharmandalikdan qutulamiz, boyliklarimizni talon-taroj bo’lishiga chek qo’yamiz. Shuning uchun halqimizning muxlis, iymonli o’g’lonlari bo’lmish “Hizb” yigitlariga quloq solinglar va Alloh Taoloning buyrug’iga javob beringlar:

 

“Ey mo’minlar, Alloh va Uning payg’ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.