AQSh tarkibidan chiqishlik talabnomasi endi 50 shtatning barchasi tarafidan topshirildi.

470
0

AQSh tarkibidan chiqishlikka ruxsat berishni Oq uydan talab qilib birinchi arznoma berilgan kundan bir hafta o’tib-o’tmay, xuddi shunday talabnomalar bilan 50 shtatning barchasi Oq uyga murojaat qilishmoqda.

Eslatib o’tamiz, har bir talabnoma prezident idorasi tarafidan qaralib chiqishligi uchun bir oy mobaynida 25 000tadan imzo yig’ilishligi kerak. Bir necha shtat kerakli miqdordagi imzolarni yig’ib bo’ldi.

Imzolar internet orqali yig’ilmoqda, shuning uchun ham 25 000 imzo aynan 25 000 kishiniki ekanligini aniq bilish qiyin.

Ko’pchilik talabnomalarning matnlari juda qisqa. Masalan, Tennesi shtati talabnomasi quyidagicha: “O’zining shahsiy yangi hukumatini tuzishlik uchun Tennesi shtatiga tinchgina AQSh tarkibidan chiqishlikka imkoniyat berilishligini so’raymiz”.

Lekin, Oq uydan bu talablarga ijobiy javob olish imkoniyati deyarli “O”ga teng.

Avraam Linkoln prezident qilib saylangandan keyin 1860-1861 yillari 11 shtat ittifoq tarkibidan chiqan edi. Shundan keyin qonli fuqarolar urushi boshlangan.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.