Frantsiya Malida o’z amaliyotini davom ettiradi

360
0

Frantsiyaning aytishicha, Frantsiya kuchlari Mali shimolidagi qurolli kuchlarni tor- mor qilib, ular ustidan g’alaba qozongan. U kelgusi kunlarda yana amaliyotlarini davom ettirmoqchi. Angliya esa harbiy yordam bilan Frantsiyani qo’llab quvvatlashini e’lon qilgan. Xyuman rayts votch tashkiloti shahar markazida bo’layotgan janglar oqibatida mahalliy fuqarolar halok bo’layotganidan tashvish birdirgan.

Xabaringiz bo’lsa, 10 yanvar kuni “Ansor ad-Din” jamoasi Kona shahriga hujum qilib, uni egallab olgan va davlat harbiy bo’linmalari og’ir talofatlar ko’rgan holda shaharni tark etishga majbur bo’lgan edi. Shundan so’ng 11 yanvarda Frantsiya va Germaniya Maliga bostirib kirib, Kona shahrini vertalyotlar yordamida bambardimon qilgan edi.

Frantsiya prezidenti Fransua Holland matbuot anjumanida shunday dedi: “Frantsiya kuchlari qurolli kuchlarni to’xtatishga muvaffaq bo’ldi, lekin uning missiyasi hali nihoyasiga etmadi”.

Ayni paytda Malidagi manbalarning xabar qilishicha, Frantsiya hujumi oqibatida mujohidlar tomonidan hech qanday talofat bo’lmagan, faqat moddiy yo’qotishlar bo’lgan xolos. Mahalliy quqarolardan bir ayol halok bo’lgan. Kona va Mopti shaharlarida bo’lgan shiddatli janglarda mujohidlar frantsiya bosqinchilariga qarashli ikkita harbiy vertalyotni urib tushirishga muvaffaq bo’lgan. Uning ichidagi barcha hujumchilar halok bo’lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.