AQSh Afg’oniston hukumatining toliblar bilan muzokaralar o’tkazishligiga rozi.

421
0

AQSh Afg’oniston hukumati bilan Tolibon harakati o’rtasida mamlakatda milliy yarashishga erishishlik maqsadidagi muzokaralar o’tishligini maqullaydi, bayon qildi Barak Obama Oq uyda afg’on hamkasbi Homid Karzay bilan uchrashuvdan so’ng uyushtirilgan matbuot anjumanida.

Obamaning belgilashicha, ular bunday muzokaralarni o’tkazishlik uchun Qatar poytaxti Doxada Tolibon vakolatxonasi ochilishligiga rozilik bildirishdi.

Amerika idorasi rahbarining ma’lum qilishiga ko’ra, Karzay uni toliblar bilan muloqatlarni ko’zda tutgan “afg’on hukumatining tinchlik yo’l kartasi” bilan tanishtirdi.

O’z navbatida Afg’oniston prezidenti, Tolibon harakati bilan to’g’ridan-to’g’ri muzokaralarni Oliy Kengashning mamlakatdagi tinchlik masalalari bo’yicha vakillari olib borishliklarini aniqlab berdi. U shuningdek, Afg’oniston milliy yarashish jarayonida qo’shni mamlakatlarning, shu jumladan Pokistonning yordamiga umid qilishligini takidladi.

Avvalroq Qobul Doxada toliblarning bo’lishligiga qarshi chiqqan, hattoki Qatar bilan diplomatik aloqalarini uzib qo’yishlik bilan tahdid qilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.