Erdogan: Asadning sanoqli kunlari qoldi

386
0

Turkiya bosh vaziri Rajab Toyyib Erdogan Suriya prezidenti Bashar Asadning sanoqli kunlari qoldi, deb hisoblab, Bashar Asad o’z vaqtida inqirozga nisbatan munosib qaror qabul qilish o’rniga vaqtdan yutish uchun zulmni afzal ko’rganligiga afsuslar bildirdi.

Boshqa xabarga ko’ra Amerika qo’shinidan iborat otryad Turkiyaning Suriya bilan chegarasida raketa bostirmasini tiklashda yordamlashish uchun “Gaziantep” mintaqasiga etib kelgan.

Ma’lumki, Anqara NATOdan Suriyaning har qanday hujumidan mudofaalanish uchun samalyotlarga qarshi Patriot tizimi va artilleriya bilan ta’minlashni talab qilgan edi. Amerika qo’shini Patriotning ikki batareyasini o’rnatadi. Bir necha hafta ilgari Germaniya, va Gollandiya bunday qadamlarni tashlagan edi.

Bu orada Germaniya tashqi ishlar vaziri Gido Vestervelle NATOning Suriyaga harbiy aralashuvini rad qilib, mahalliy “Felt” gazetasiga bunday fikrlaydigan kishi faqat o’zi emasligini aytdi.

U Asad rejimi harbiy aralashuvsiz ham kundan-kunga tezlik bilan emirilib borayotganiga ishora qilib, shunday dedi: “bu bizga ham, Suriya fuqarolariga ham yaqinda Asad davri tugab, milliy koalitsiya boshchiligida yangi davr boshlanishiga umid uyg’otadi”
Turkiston:
Erdogan aytayotgan milliy koalitsiya davlatdan tashqarida ekanligidan, unga NATO mashinasi xokimiyatni faqat kuch bilan olib berishi mumkin. Unda vaziyat o’zgarmaydi, faqat Asad rejimi o’rnini milliy koalitsiya egallab olgan bo’ladi. Xalifalik talabida qon to’kib kelayotgan islomiy xarakatlar va ularni qo’llab kelayotgan xalqni jilovlash, ularni xarbiy qarshilik ko’rsatishga undashi muqarrar.

Xuddi Asadning rejimi singari.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.