Imon va erkaklik g‘ururiga burkangan Sulaymon Qonuniy qaydayu, Erdogan ilmoniy qayda

432
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Imon va erkaklik g‘ururiga burkangan Sulaymon Qonuniy qaydayu, Erdogan ilmoniy qayda

Nosir Lahabiy – Yaman

Aqida va mabdasiga cheklangan kishi bilan nafs-havo, malaylik va istak-mayliga qul bo‘lgan kimsa o‘rtasida katta farq bor. Alloh Taolo bunday degan:

أَفَمَنْ يَمْشِي مُكِبّاً عَلَى وَجْهِهِ أَهْدَى أَمَّنْ يَمْشِي سَوِيًّا عَلَى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ

«Axir, yuz tuban (ya’ni oyog‘ining ostidan o‘zga yoqqa qaramasdan) yuradigan kimsa haq yo‘lni topguvchiroqmi yoki qaddi rost holida to‘g‘ri yo‘lda yuradigan kishimi?!» [Mulk 22]

Ha, salibchilarni er tishlatgan xolis mujohid, Islom davlati qo‘rg‘onini himoya qilgan sultonlar sultoni Sulaymon Qonuniy Frantsiya qiroli Frantsisk Iga maktub yo‘llab, bunday degan edi: «Menga etib kelgan xabarga ko‘ra, yurtlaringda erkak-xotin hayosiz va axloqsiz ahvolda raqsga tushar ekan. Yurtlaring chegarasi bizning yurtga tutash bo‘lgani bois, bunday uyatsizliklar bizning ham diyorga kelishi mumkin. Shuning uchun ushbu maktubim qo‘lingga tekkan paytdan boshlab ayni uyatsizlikni to‘xtatishing shart. Aks holda, o‘zim borib to‘xtataman». Maktub ostida sultonlar sultoni Sulaymon qonuniy, degan imzo qo‘yildi. Bu voqeani avstriyalik tarixchi Yozef fon Xammer qayd etgan. O‘shanda mazkur ahvolda raqs tushish to‘xtatilib, yuz yil yashirincha davom etgan. 1525 yil 25 fevralda Frantsiya Paviya shahridagi jangda mag‘lubiyatga uchraydi va uning qiroli mana shu Frantsisk I Karl VI tomonidan asirga olinib, Madridda hibsda ushlab turiladi. O‘shanda Sulaymon Qonuniy Frantsisk Ini asrlikdan qutqarib olgan.

Bu – kuch-qudrat, ulug‘lik, mardlik va imondan balqib chiqqan erkaklik g‘ururidir. Erkaklik g‘ururi bilan yozilgan bunday maktubni ruvaybiza Erdoganning mard ajdodlari yo‘llagan edi. Musulmonlarga turli hiylalar ishlatayotgan bu masxarabozdan esa, «yurtingizda diskotekalar va fohishaxonalar bor, siz davlatning birinchi boshlig‘i, prezidenti bo‘la turib, yurtingizdagi diskoteka va fohishaxonalarni nega taqiqlamaysiz, nega bunga ruxsat bergansiz?», deb so‘rashgan. (Al-Arabiyya, 2017 yil 17 fevral). Bu makkor Erdogan uyat va din nimaligini bilmagan holda «Men bunday narsalardan o‘zlarini o‘zlari himoya qiladigan bir avlod bo‘lishini istayman!», deya odamlarni chalg‘ituvchi javob bergan edi. Turkiyaning TRT telekanaliga ko‘ra, Istanbulning Beshiktosh mintaqasida sulton Abdulhamid II rohimahulloh tomonidan qurilgan tarixiy Yildiz Hamidiya jome masjidining ta’mirlash ishlari 2017 yil 5 avgustda tamom bo‘ladi. Shundan keyin, masjidning ochilish marosimi chog‘ida Erdogan «bizning maqsad o‘z dinini biladigan va bu kabi ishlarni o‘zi rad etadigan avlodlar etishtirishdir», deydi.

Bu bilan Erdogan islovotxona va tungi klublarga ruxsat berganini tan oldi. Men uni o‘zining og‘zidan chiqqan gap asosida qoralayapman. Agar Erdoganning bu gapini sultonlar sultoni Sulaymon Qonuniyning bilishi va bu razil ruvaybizaga adabini berish uchun qabrdan chiqishi imkoni bo‘lganda edi, albatta qabrdan chiqib kelib, Erdoganning tilini sug‘urib olgan bo‘lur edi. Go‘yo Erdogan – ayollarimiz va qizlarimizni hurmatlari toptalib, rasvo bo‘lishiga qo‘yib beraman, qachon musulmonlarning bolalari ulg‘ayganda o‘shalar buni man qilishadi, demoqda!! Bu dayuslikning eng yuqori cho‘qqisidir. Xo‘sh, sen ayoling yoki qizingni, to farzandlari ulg‘ayib, ularni zinodan qaytarguniga qadar zino qilishlariga yo‘l qo‘yib berasanmi?!! Ibn Umar roziyallohu anhu Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qilgan:

«ثَلاَثَةٌ لاَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ: الْعَاقُّ بوَالِدَيْهِ، وَالدَّيُّوثُ، وَرَجِلَةُ النِّسَاءِ»

«Uch toifa kimsa jannatga kirmaydi: ota-onasiga oq bo‘lgan, dayus va erkak shakliga kirgan ayol». (Imom Ahmad, Nasoiy va Hokim rivoyati).

Erdoganning ilmoniylik va Xalifalikka nisbatan pozitsiyasiga kelsak, u Arabiya telekanaliga bergan intervьyusida «shaxslarning ilmoniy bo‘lishlari mumkin emasligini, u aytayotgan ilmoniylik barcha e’tiqod va dinlarga bag‘ri kenglik qiluvchi davlatning ilmoniyligi ekanini» ta’kidlagan. Misr xalqini o‘z konstitutsiyalarini o‘zgartirish orqali ilmoniylikni qurishga da’vat qilgan ham, «er-xotinlik o‘rtasidagi xiyonatni jinoiy javobgarlikka tortishdan bosh tortib, bunday qilish G‘arbning jahlini qo‘zg‘ashi mumkin», degan ham Erdogan bo‘ladi. U Xalifalik haqidagi savolga bunday javob bergan: «Dunyo bugun tezlik bilan o‘zgarish holatida turibdi. Biz esa, bu paytda o‘zimiz boshqarayotgan va ayni damda o‘zimiz xohlayotgan tuzum haqida gaplashamiz. O‘zingizga ma’lumki, Turkiya saylovlarga yaqinlashmoqda. Bu saylovlar prezidentlik boshqaruviga o‘tish borasida bo‘ladi. Turkiyadagi tuzum siz hozirgina aytib o‘tgandek bo‘lishi mumkin emas. Turkiya xalifalikka aylanishi mutlaqo mumkin emas. Gap odamlarga o‘z fikrlarini erkin bildirish va erkin yashash imkoniyatini berish haqida ketmoqda. Xalqning barcha vakillari erkinlik va demokratiyani tan oladi, zotan, mana shu ilmoniylikdir».

Hammasidan ham hayron qoladigan eri, ba’zilar Erdoganni «xalifa», deya sharafli laqab bilan chaqirishadi. Vaholanki, bu kimsa Amerikaning mintaqadagi xizmatkori bo‘lib, kufr bilan hukm yuritmoqda, xo‘jayini Amerikaning buyrug‘ini bajarish uchun Iroq, Suriya va Liviyada musulmonlarni qirmoqda. Yahudiy vujudi bilan ittifoq tuzib, u bilan o‘zaro yaxshi munosabatlar o‘rnatmoqda. Salibchilik koalitsiyasi doirasida NATO bilan ittifoqchilik qilmoqda. Haromga ruxsat berib qo‘ygan. Iqtisodiyotni sudxo‘rlik, fohishabozlik va qimorga asoslagan. Keyin, bu kimsa kuch-qudrat, birlik, g‘oliblik va er yuzida Xalifalik bo‘lsin, deya da’vat qilayotgan xolis Ummat farzandlariga qarshi kurashishdan tap tortmayapti.

Allohning va’dasi va Rosuli ﷺning «Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi», deya bergan bashoratlari ro‘yobga chiqmagunigacha, Hizb ut-Tahrir yigit va qizlarining Erdogan tomonidan qamoqqa olinishi ularni ushbu jiddiy va shonli faoliyatdan qaytarolmaydi.

Erdoganning yolg‘on iddaolari bilan uning ajdodlarining rost haqiqatlari o‘rtasida katta farq bor!

فَخَلَفَ مِنْ بَعْدِهِمْ خَلْفٌ أَضَاعُوا الصَّلَاةَ وَاتَّبَعُوا الشَّهَوَاتِ فَسَوْفَ يَلْقَوْنَ غَيّاً

«So‘ng ularning ortidan namozni zoe qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar o‘rinbosar bo‘ldilar. Endi u (o‘rinbosarlar) albatta yomonlikka (ya’ni yomon jazoga) yo‘liqurlar» [Maryam 59]

Roya gazetasining 2021 yil 21 aprel chorshanba kungi 335-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.