Zararkunanda hukmdorlar Xitoyni musulmonlarni qatli om qilgani va zulm o‘tkazgani uchun taqdirlashmoqda

163
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Zararkunanda hukmdorlar Xitoyni musulmonlarni qatli om qilgani va zulm o‘tkazgani uchun taqdirlashmoqda

2021 yil 24-27 mart kunlari Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I uchta islomiy yurtga safar qildi. Avval Saudiyaga, so‘ng Turkiyaga, oxiri Eronga. Safarda Saudiya valiahdi, Turkiya prezidenti, Eron prezidenti bilan so‘zlashuvlar olib bordi. Eron bilan bitimlar imzoladi, Turkiyaning Xitoy bilan strategik sherikligini rivojlantirishga sodiqligini e’lon qildi.

Roya:

Bu uch davlat rejimini, boshqa musulmon yurtlaridagi rejimlar kabi, na musulmonlar masalasi tashvishlantirsin, na ularga nusrat-yordam berish masalasi. Ularning bor-yo‘q tashvishlari savdo va iqtisodiy manfaat, xolos. Ular musulmonlar masalalaridan butunlay voz kechishga tayyorlar. Axir, yahudiylar uchun Falastindan voz kechishdi, Mьyanmadagi rohinga musulmonlari masalasidan voz kechishib, ularni yordamsiz qoldirishdi, mushrik hindular uchun Kashmirdan voz kechishdi, greklar uchun Kipr janubidan voz kechishdi va bundan boshqa juda ko‘p islomiy masalalardan voz kechishdi. Hatto Islom masalasidan, ya’ni, uni tatbiq qilish va butun dunyoga etkazishdan ham voz kechishdi.

Shu bois, bu rejimlarni yiqitishga harakat qilmoq shart ekanligi yana bir karra o‘z isbotini topdi. Chunki ular Islom masalasini qabul qilishgani yo‘q hamda musulmonlar masalasini sariq chaqaga sotib, musulmonlarni repressiya qilayotgan dushmanlar bilan munosabatlarni mustahkamlashmoqda… Islom masalasini qabul qilish vazifasi barcha musulmonlar elkasiga tushgan. Chunki ular Islom masalasini qabul qilish va musulmonlar masalasiga yordam berish uchun ayni hukmdorlarga qarshi hammalari barobar otilib chiqib, hammalari bir musht bo‘lmoqlari kerak. Buni amalga oshirish esa, Hizb ut-Tahrirning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishga bo‘lgan da’vatini qabul qilishga bog‘liqdir.

Roya gazetasining 2021 yil 21 aprel chorshanba kungi 335-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.