Hizb ut-Tahrir oʼz daʼvatini davom ettiradi, qamoqqa olishlar unga toʼsqinlik qilolmaydi

211
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir oʼz daʼvatini davom ettiradi, qamoqqa olishlar unga toʼsqinlik qilolmaydi

2022 yil 7 may seshanba kuni Tunis xavfsizlik xizmati Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan biri ustoz Toriq Rofeʼni hibsga oldi. Ustozga 2021 yil 2 aprelda birinchi instantsiya sudi tomonidan «siyosiy raqiblarini yoʼq qilishga urinish», degan gʼarazli ayblov bilan sirtdan hukm chiqarilgan edi.
Bu xususda Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot boʼlimi bayonot chiqarib, quyidagilarni taʼkidladi:
«1 – Hizb ut-Tahrir aʼzolari qamoqqa olinishining hech qanday terrorchilik tashkilotiga aloqasi yoʼq. Аksincha, ular islomiy fikrlari uchun taʼqib qilinmoqdalar hamda bu Tunis va ahlining taqdiri bilan oʼynashayotgan abgor rejimning Islomga qarshi siyosati doirasida amalga oshirilmoqda. Ustoz Toriq Rofeʼ ham fikrlari uchun hibsga olinib, qamoqqa tashlanmoqda.
2 – Hizb ut-Tahrir aʼzolariga qarshi «terrorizm» ayblovini yopishtirish oddiy odamlarni Hizbdan qoʼrqitishga va Tunis ahlini Hizb bilan birgalikda hayotni Islom ahkomlariga muvofiq qayta boshlashlarini oldini olishga qaratilgan sharmandali harakatdir.
3 – Ushbu hibsga olish 2022 yil 26 fevralda Hizb aʼzosi Аhmad Latifning mazkur ayblov bilan hibsga olinishi ortidan sodir etildi. Bunday hibsga olishlar rejimning Islom davlatini barpo qilish orqali islomiy hayotni qayta boshlash daʼvatiga tazyiq oʼtkazgan va yolgʼon ayblovlarni tirkab, unga qarshi kurashgan sobiq hukmdorlar siyosatini davom ettirayotganiga misol boʼladi. Islom davlati esa, oʼz qarorlarida mustaqil boʼladi, boylik va resurslarini mustamlakachilarga topshirib qoʼymaydi, sara yigitlarini zulm va boʼhton bilan qamoqqa tashlamaydi».
Matbuot bayonotida Tunis ahliga bunday murojaat qilindi:
«Siz Tunis rejimiga mana bularni eshittirib qoʼying: Hizb ut-Tahrir Rosululloh ﷺning Madinai Munavvarada u orqali ilk Islom davlatini barpo etgan tariqatlariga amal qilmoqda. Hizb ayni oʼsha tariqatni qabul qilib, Rosululloh ﷺ bashorat bergan Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etishga daʼvat qilmoqda va koʼplab islomiy va islomiy boʼlmagan yurtlarda jiddiy faoliyat yuritmoqda. Togʼut ibn Аli rejimiga qarshi qoʼzgʼolonga guvoh boʼlgan Tunis ham oʼsha islomiy yurtlardan biridir. Hizb ut-Tahrir Ibn Аlining qulatilishini qoʼllab-quvvatlagan. Bugungi kunda ham yurt ahli bergan qurbonliklar zoe ketmasligi uchun siyosiy yoʼnalishni toʼgʼri tarafga oʼzgartirishga jiddiy harakat qilmoqda. Oʼz ahliga ishonchli nasihatgoʼy boʼlgan va ularni aldamagan va hargiz aldamaydigan Hizb ut-Tahrir mavjud rejimning siyosatlaridan ogohlikka chaqirib, bularni «Tunis va uning ahliga qarshi jinoyat», deb hisoblaydi. Hizb shuningdek, rasmiy doiralar maydonida oʼynalayotgan va oqibatlari haligacha namoyon boʼlayotgan nopok siyosiy maqsadda berilayotgan pullardan ham, ilmoniylikni tatbiq qilgan va Islomni hokimiyat, qonunchilik va qonundan uzoqlashtirgan abgor demokratik tuzum jinoyatidan ham ogohlantiradi. Bugungi kunda Hizb ajnabiy tashkilotlardan, asosan, Xalqaro Valyuta Fondidan yordam olishdan ogohlantirmoqda. Chunki bu yurtimiz boshdan kechirayotgan iqtisodiy tanglikning asosiy sabablaridan biri boʼlib, Tunisni qayta mustamlakachilar changaliga tushirib beradi.
Hizb ut-Tahrir ogohlantirgan ishlarning barchasi voqelikda sodir boʼlganini har bir insofli kuzatuvchi biladi… Siyosiy sinfning mustamlakachi Gʼarb qoʼyniga kirishi bugun yurtimiz yetib kelgan oqibatga sababchi boʼldi… Hizbning kurashi xavfsizlik xizmatiga ham, adliyaga ham qarshi qaratilmagan. Chunki u Ummat farzandlariga qarshi kurashmaydi. Balki Hizbning kurashi mustamlakachi Gʼarb va yurtlarimizdagi uning malaylariga qarshi qaratilgan. Bu murosasiz kurash boʼlib, unda xushomadgoʼylik qilinmaydi.
Аllohning izni ila, ustoz Toriq Rofeʼ zoʼravonlarcha hibsga olinganiga va soxta ayblovlarga qaramay, oʼz daʼvatida davom etadi. Hizb ut-Tahrir ham Islom davlatini barpo etish faoliyatida sharʼiy siyosiy yoʼl bilan davom etadi».
Roya gazetasining 2022 yil 25 may chorshanba kungi 392-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.