Bishkek: Bolalar maydonchasida granata topildi

382
0

Bishkek: Bolalar maydonchasida granata topildi

MXDQ matbuot xizmatining xabar qilishicha, Bishkek shahridagi bolalar maydonchasida granata topildi.

Xabarga koʻra, 7 aprel kuni soat 16:00lar chamasida “102” navbatchi boʻlimiga Ayni va Toktonaliyev koʻchalari chorraxasidagi bolalar maydonchasidan granata topilgani haqida qoʻngʻiroq tushgan.

“MXDQ va IIV xodimlari xodisa joyiga yetib borishdi. Hudud oʻrab olindi. Sapyorlar taxminan oʻquv granatasini topishdi. Materiallar Birinchi may tuman IIB tomonidan roʻyxatga olindi”,- deyiladi xabarda.

MXDQ tomoni qayd etishicha, mazkur xodisaga aloqador shaxslarni aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Turkiston:

Qirgʻiziston MDXQ qoʻmitasi Rossiya maxsus kordinatorlari tomonidan yoʻnaltiriladi. Bu haqda sobiq muvaqqat hukumat vakili va sobik Issiq koʻl gubernatori Emilbek Kaptagayev bayonot berib, “MDXQning har bir tarmogʻida bittadan Rus mutaxacsisi koordinator boʻlib oʻtiribdi” degan edi.

Qirgʻiz MDXQ xodimlari oʻz mamlakati xavfsizligi va manfaati yoʻlida mustaqil ish koʻra olish qobiliyatiga ega emas. Uni uqituvchi, jurnalist va Akayevning rasmiy bayonotchisi boshqarib kelayotganini anglab olish qiyin emas. Demak barcha strotegik va taktik amaliyotlar rus koordinatorlari tomonidan ishlab chiqiladi.

Yuqoridagi, “oʻz fuqorolarini qoʻrquvda ushlab turish (terror)” maqsadida uyushtirilgan oʻquv mashgʻuloti ham, Putin asos solgan “oʻz xalqini portlatib yuborish va bu qoʻporuv amaliyotida musulmonlarni aybdor deb topib, xalqini oʻz atrofida unga suyanib yalinib yashashga majbur qilish” asosidagi maqsad sari yoʻnaltirilyapti. Yolgʻon bomba, granata va boshqa portlovchi moddalarni portlashidan avval topib olish amaliyoti fuqorolarni shunga tayorlash, ularni koʻniktirish va ishontirish maqsadida olib boriladi. Baʼzida, portlatib yuborish uchun sharoitlar toʻgʻri kelmay qolsa, portlovchi moddani oʻzlari topib, uni zararsizlantirib yoki oʻquv granatasi bilan almashtirib qoʻyib, xalqni halokatdan saqlab qolgan xaloskori sifatida koʻrinish bilan kifoyalana qolishadi. Bu vaqtincha albatta. Ularning bu oʻyinlari uzoq davom etmaydi. Jamoatchilik ularga ishonib, bolalarini soqolli odamlardan olib qocha boshlaganlarida, maxsus xodimlar rostakamiga portlata boshlashadi.

Chunki ular portlatishdan odamlarni oʻldirishni emas, ularni qalbaki Islomiy xavf xatarlar bor ekaniga va terrorchi kuchlar begunoh insonlarni portlatib yuborishga harakat qilayotganiga bizlarni ishontirishni xohlashmoqda. Ishonchimizni qoʻlga kiritgach, qator qoʻporuv ishlarini boshlab yuborishadi. Oʻzlari esa, biz tomonga oʻtib olib, musulmonlarga qarshi bor kuchi bilan harakat olib borayotgandek koʻrinishadi. Lekin mamlakatda hech qanday islomiy qoʻporuvchilar xavfi yoʻq ekanligini ular juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun oʻz maqsadlarini belgilayotganlarida islomiy vahimani sunʼiy paydo qilish bilan mamlakatda avtoritar rejim oʻrnatib olishni va bunga toʻsiq boʻlib turgan kuchlarni sindira oladigan holatni paydo qilishni, shuningdek kuch tizimlariga va xavfsizlik masalasiga koʻproq mablagʻ ajratish va koʻproq eʼtibor qaratishni qasd qilishadi. Rossiyada ham xuddi shu uslub bilan Putinning rejimi bor quvvatini ishga solib harakat olib boryapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.