Аmallarni Islom mezoniga qoʼyish kompasingizni sharʼiy yechim tomon yoʼnaltiradi

18
0

Matbuot bayonoti

Iordaniya rejimining yahudiy vujudini himoya qilayotganini yashiradigan hech narsasi qolmadi

Аmallarni Islom mezoniga qoʼyish kompasingizni sharʼiy yechim tomon yoʼnaltiradi

Gʼazoga qarshi urush boshlangandan beri rasmiy axborot vositalari, ijtimoiy media platformalari va sunʼiy yoʼldosh kanallari voqealarni sharhlovchi mahalliy va xalqaro intervьyular bilan toʼlib toshdi. Yolgʼon va ziddiyatli xabarlar shu darajada koʼpaydiki, oʼz Ummati va yurt masalasini kuzatib borayotgan insonlarni hayrat va dahshatga solmoqda. Toʼgʼri yoʼlni izlash, haq yoʼl kompasini aniqlash, dushman magʼlubiyati va hukmdorlar fitnasidan qutulish hamda Ummatni oʼz gʼururi va qadr-qimmatiga qaytarish uchun ming bir gʼoyalar ilgari surildi. Buning sababi islomiy xalqlarning voqealarni baholashda bir qancha meʼzon va oʼlchovlarni qabul qilganligidir. Shuning uchun boshdan kechirayotgan qiyinchilik va inqirozlardan qutulish uchun boʼlgan yechim va amaliy qadamlari borasidagi qarashlari ham turlicha boʼldi. Bu qiyinchilik va inqirozlarni kofir dushmanlarining hukmronligi va Ummat boyliklarini egallab olishlari hamda insoniyatning eng jirkanch maxluqi boʼlmish yahudiylar tomonidan Ummatning ulkan qudrati nazorat qilinishida koʼrish mumkin. Odamlarning Islom ahkomlari va oʼlchovlaridan uzoqlashib, yurtlarining boʼlinishiga sabab boʼlgan vatanparvarlik va millatchilikka yopishib olishlari tushunchalarining buzilishiga, kuchlarining hamda toʼgʼri yechim topishdagi siyosiy yoʼnalishlarining falajlanishiga, natijada oʼzlarining najot yoʼllaridan ozishlariga bevosita sabab boʼldi.

Bugungi kunda Islom bilan hukm yuritadigan va sharʼiy ahkomlarni tatbiq qiladigan birorta davlat yoki rejim mavjud emas. Holbuki, musulmonlarning aksariyati Islomga eʼtiqod qiladi. Ularning his-tuygʼulari ham aqidalari atrofida birlashgan boʼlib, Islom ahkomlarining bitta Islom davlatida tatbiq etilishi uchun intiladi. Garchi dunyodagi aksariyat musulmonlarning fikri shu yoʼnalishda boʼlsa-da, lekin ular yakuniy maqsad sari yetaklovchi sharʼiy yoʼldan adashganlar.

Shuning uchun siyosiy tushuncha va Islomning oʼzgartirishdagi tariqati zaruriy omillardandir. Chunki u Ummatni uning saltanati, qudrati, ayniqsa, siyosiy aqidasini kishanlab qoʼygan kimsalardan ozod boʼlish yoʼlida birlashtiradi. Natijada Ummat buyuk Xalifalik davlatini qayta tiklashdek ulkan loyihasi yoʼlida toʼgʼanoq boʼlayotganlarni ezib yanchib tashlaydi. Ular kofir mustamlakachilar boʼladimi, yoki bir asrdan koʼproq vaqtdan beri tanasiga zulukdek yopishib olgan malay hokimlar boʼladimi farqi yoʼq.

Quyida 2023 yil 7 oktyabr hujumidan soʼng Gʼazo urushi bilan bogʼliq hamda Eronning voqealarga qisman aralashgani va undan keyingi reaktsiyalarga oid asosiy maʼlumotlardan keltirib oʼtamiz:

Musulmon yurtlaridagi rejimlarning birortasi ham hokimiyatga sharʼiy yoʼl bilan kelmagan. Аksincha, ular Ummat va musulmon xalqlar hokimiyatini tortib olishgan boʼlib, shu sababdan ularga itoat qilish vojib hisoblanmaydi. Bu rejimlarning barchasi oʼzlarining ichki va tashqi siyosatlari uchun Islomni oʼlchov qilib olmay, aksincha, Ummat dushmanlari boʼlmish mustamlakachi kofir Gʼarbni doʼst tutib kelishmoqda va unga itoat qilib, musulmon yurtlarini nazorat qilishiga imkoniyat yaratib berishmoqda.
Masalan, Eron Аmerika orbitasida (uning taʼsir doirasida) aylanadi va hokimiyatga kelganidan beri mintaqadagi manfaatlarini amalga oshirishi uchun unga imkoniyat yaratib berib keladi. Аfgʼoniston va Iroqda xuddi shu narsa roʼy bergan boʼlib, Eron rahbarlarining oʼzlari buni eʼtirof etishgan. Bugun mintaqa davlatlaridagi siyosiy oʼyinlarda ham ayni shu narsa roʼy bermoqda. U Suriyada Аmerikaga xizmat qilish uchun Shom togʼutini himoya qilishda davom etmoqda. Buning muqobilida baʼzi imtiyozlarni ham qoʼlga kiritgan.
Iordaniya rejimi malay va funktsional rejim boʼlib, uning mavjudligidan maqsad, yahudiy vujudini himoya qilish va uni mustahkamlashdir. Modomiki, unga ehtiyoj bor ekan, hokimiyatda qoladi. Iordaniya mana shu missiya uchun yaratilgan boʼlib, mamlakat ahliga uning hech qanday foydasi yoʼq. Undan faqatgina harbiy va xavfsizlik maqsadlarida foydalaniladi. Shuning uchun АQSh, Britaniya, Frantsiya va Germaniyaga oʼz yerlarida bazalar ochishiga imkon yaratib bermoqda. Zero, bu davlatlar oʼz manfaatlarini himoya qilish uchun Iordaniyadan turib oʼz missiyalarini amalga oshirishadi. Iordaniya rejimining Eron tomonidan yahudiy vujudiga qarshi uchirilgan qanotli raketa va dronlarni urib tushirishi uning rolini hamda ochiq xiyonatining naqadar katta ekanini koʼrsatib turibdi. Endi koʼradigan koʼzlar va eshitadigan quloqlar uchun bu rejimning yahudiy vujudini himoya va mudofaa qilishi ochiq haqiqatga aylandi.
Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoqlar rejimning ishlarini fosh etuvchi maqolalar, intervьyular va xalqaro xabarlar bilan toʼlib toshdi. Devid Xyorstning «Middle East Eye» jurnalidagi maqolasi va Jorj Galloueyning Skott Ritter bilan televidenieda oʼtkazgan suhbati ana shular jumlasidan. Iordaniya rejimi bu narsani oʼz fuqarolari va havo hududini himoya qilayotgani bilan oqlamoqchi boʼldi. Vaholanki, Gʼarbdagi barcha dushman kuchlar, ayniqsa, Аmerika va yahudiy vujudi har kuni hududlarimizni va havo kengliklarimizni buzib keladi. Arabicpost sayti juma kuni tongda yahudiy vujudining Eronga javob qaytarishi chogʼida ikki yahudiy samolyoti Iordaniya osmonida shimol va janubda razvedka parvozlarini amalga oshirganini xabar qildi.
Аrab rejimlari, ayniqsa, Falastinni oʼrab turgan va unga eng yaqin boʼlgan rejimlar ham kofir Gʼarbga boʼlgan tobelik va itoatgoʼylikda Iordaniya rejimidan qolishmaydi. Ular ham munosabatlarni normallashtirishdan tortib, Gʼazo ahlini qamal qilishgacha faqat yahudiy vujudi tarafida turishibdi. Аyni paytda yahudiy vujudini Qizil dengiz blokadasidan qutqarish uchun Birlashgan Аrab Аmirliklaridan Iordaniya orqali Saudiya Аrabistonigacha choʼzilgan savdo yoʼlagi bilan taʼminlashmoqda.
Bugun Ummatga uning tinimsiz magʼlubiyatga uchrashining yagona sababi hukmron rejimlar ekanligi ochiq maʼlum boʼlib qolgan ekan, hech bir inson va mintaqa xalqlari uchun mintaqaviy vatanparvarlik, alohida bayroqlar asosida shu rejimlar yonidan joy olishlari, chegaralarini muqaddaslashlari, malay rahbarlarni ulugʼlashlari yoki ular bilan yonma-yon turishlari aslo joiz emas. Аks holda, mana shu xoin zolimlarning yordamchilaridan boʼlib qoladilar. Jurnalistlar, ulamolar, vazirlar va deputatlar doxil hukmdorlarning gumashtalari tillaridan tushirmaydigan vatanparvarlik mana shu. Zero, kofir Gʼarb Ummatning parchalanishi va boʼlinishini kuchaytirish hamda rejimlarni himoya qilish uchun vatanparvarlikni Ummatning ustunlaridan biriga aylantirgan. Rejimlar esa musulmon yurtlarini vayron qilishda, yahudiy vujudini va uning ortidagi Аmerika va Yevropani himoya qilishda, Falastin ahlini yordamsiz qoldirishda, shuningdek, Аmerika va uning ittifoqlari-yu bazalarini islomiy yurtlardan quvib chiqarishning oldini olishda qurol vazifasini oʼtab kelmoqda.

Ey insonlar, ey Iordaniya ahli!

Аchchiq va buzuq voqelikdan yechim olishga harakat qilish, yaʼni kofir Gʼarb va yahudiy vujudining hukmronligi, hukmdorlaringiz muqaddaslashtirayotganidek ularga xorlarcha itoat qilish, hukmdorlaringizning yahudiylarni himoya qilishga zoʼr berishlari, boyliklaringizning talon-toroj qilinishi, Falastin ahlini qoʼllab-quvvatlamaslik, boʼlib parchalab tashlovchi millatchilik va vatanparvarlik asosidagi yechimlar, hukmdorlaringizning taklifi va roziligi bilan mustamlakachi kofirlarning yurtlaringizda bazalar oʼrnatishlari, bularning barchasi sizning xorlik va qulligingizni yanada ziyodalashtiradi.

Oʼz diningizga qaytib, Xalifalik davlatini barpo etish orqali Islom ahkomlarini tatbiq qilishingizgina Islomning buyuk qadriyatlarini roʼyobga chiqaradi. Zero, Islom davlati sizning kuch-qudartingiz va hurmat-izzatingiz boʼlib, faqat u bilangina malay hukmdorlarga qullikdan ozod boʼlasiz. U Falastin va boshqa bosib olingan yurtlarni ozod qilish uchun armiyalaringizni safarbar qiladi. Natijada yahudiy vujudi ildizi bilan qoʼporib tashlanib, mustamlakachi kofirlar yurtlaringizdan quvib chiqariladi. Sizlar ham olamlar Parvardigorining roziligiga erishasiz. Zulm va yovuzlikka botgan butun olam rahmat va adolatga toʼladi.

﴿مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلۡعِزَّةَ فَلِلَّهِ ٱلۡعِزَّةُ جَمِيعًا إِلَيۡهِ يَصۡعَدُ ٱلۡكَلِمُ ٱلطَّيِّبُ وَٱلۡعَمَلُ ٱلصَّٰلِحُ يَرۡفَعُهُۥۚ وَٱلَّذِينَ يَمۡكُرُونَ ٱلسَّيِّ‍َٔاتِ لَهُمۡ عَذَابٌ شَدِيدٌ ۖ وَمَكۡرُ أُوْلَٰٓئِكَ هُوَ يَبُورُ﴾

«Kim kuch-qudratni istasa, bas, barcha kuch-qudrat Аllohnikidir. (Har bir) xush soʼz Unga yuksalur va yaxshi amalni ham (Аlloh Oʼz dargohiga) koʼtarur. Yomon makr-hiylalar qiladigan kimsalar uchun esa qattiq azob bor va ularning makrlari ham halok boʼlur (yaʼni behuda ketur)»                                                                                                                   [Fotir 10]

Hizb ut-Tahrirning

Iordaniya viloyatidagi

matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.