Qirgʻizistondagi maktablarning birida bomba qoʻyilganligi xabar qilindi

766
0

Qirgʻizistondagi maktablarning birida bomba qoʻyilganligi xabar qilindi

Qirgʻizistonning Karakol shahridagi maktablarning birida bomba qoʻyilganligi aytilmoqda. Bu haqida Ozodlik radiosi qirgʻiz xizmati xabar tarqatdi. Xabarda aytilishicha, bomba qoʻyilganligi daʼvo qilinayotgan Karakol shahardagi №11 sonli gimnaziya maktabi militsiya xodimlari tarafidan qurshab olingan. Milliy xavfsizlik qoʻmitasining favqulodda holatlar vazirligiga qarashli mutaxassislar va militsiya xodimlari darhol tekshiruv ishlarini boshlab, portlovchi moddani izlashga kirishgan.

Maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilar darslarini toʻxtatib, sinflarini boʻshatib qoʻyganligi haqida xabar qildi ozodlikning voqea joyida hozir boʻlgan jurnalisti. Olingan xabarga koʻra, portlovchi moddani pol yuvuvchi ayol topib, muallimga topshirgan. Soʻngra tegishli joylarga xabar qilingan. (AsM)

Turkiston:

Qirgʻiziston MDXQ qoʻmitasi Rossiya maxsus kordinatorlari tomonidan yoʻnaltiriladi. Bu haqda sobiq muvaqqat hukumat vakili va sobik Issiq koʻl gubernatori Emilbek Kaptagayev bayonot berib, “MDXQning har bir tarmogʻida bittadan Rus mutaxacsisi koordinator boʻlib oʻtiribdi” degan edi.

Qirgʻiz MDXQ xodimlari oʻz mamlakati xavfsizligi va manfaati yoʻlida mustaqil ish koʻra olish qobiliyatiga ega emas. Uni uqituvchi, jurnalist va Akayevning rasmiy bayonotchisi boshqarib kelayotganini anglab olish qiyin emas. Demak barcha strotegik va taktik amaliyotlar rus koordinatorlari tomonidan ishlab chiqiladi.

Yuqoridagi, “oʻz fuqorolarini qoʻrquvda ushlab turish (terror)” maqsadida uyushtirilgan oʻquv mashgʻuloti ham, Putin asos solgan “oʻz xalqini portlatib yuborish va bu qoʻporuv amaliyotida musulmonlarni aybdor deb topib, xalqini oʻz atrofida unga suyanib yalinib yashashga majbur qilish” asosidagi maqsad sari yoʻnaltirilyapti. Yolgʻon bomba, granata va boshqa portlovchi moddalarni portlashidan avval topib olish amaliyoti fuqorolarni shunga tayorlash, ularni koʻniktirish va ishontirish maqsadida olib boriladi. Baʼzida, portlatib yuborish uchun sharoitlar toʻgʻri kelmay qolsa, portlovchi moddani oʻzlari topib, uni zararsizlantirib yoki oʻquv granatasi bilan almashtirib qoʻyib, xalqni halokatdan saqlab qolgan xaloskori sifatida koʻrinish bilan kifoyalana qolishadi. Bu vaqtincha albatta. Ularning bu oʻyinlari uzoq davom etmaydi. Jamoatchilik ularga ishonib, bolalarini soqolli odamlardan olib qocha boshlaganlarida, maxsus xodimlar rostakamiga portlata boshlashadi.

Chunki ular portlatishdan odamlarni oʻldirishni emas, ularni qalbaki Islomiy xavf xatarlar bor ekaniga va terrorchi kuchlar begunoh insonlarni portlatib yuborishga harakat qilayotganiga bizlarni ishontirishni xohlashmoqda. Ishonchimizni qoʻlga kiritgach, qator qoʻporuv ishlarini boshlab yuborishadi. Oʻzlari esa, biz tomonga oʻtib olib, musulmonlarga qarshi bor kuchi bilan harakat olib borayotgandek koʻrinishadi. Lekin mamlakatda hech qanday islomiy qoʻporuvchilar xavfi yoʻq ekanligini ular juda yaxshi bilishadi. Shuning uchun oʻz maqsadlarini belgilayotganlarida islomiy vahimani sunʼiy paydo qilish bilan mamlakatda avtoritar rejim oʻrnatib olishni va bunga toʻsiq boʻlib turgan kuchlarni sindira oladigan holatni paydo qilishni, shuningdek kuch tizimlariga va xavfsizlik masalasiga koʻproq mablagʻ ajratish va koʻproq eʼtibor qaratishni qasd qilishadi. Rossiyada ham xuddi shu uslub bilan Putinning rejimi bor quvvatini ishga solib harakat olib boryapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.