Rufiji daryosi toshqinlarida insoniy omil mavjud

93
0

Matbuot bayonoti

Rufiji daryosi toshqinlarida insoniy omil mavjud

Hizb ut-Tahrir – Tanzaniya sohil mintaqasidagi Rufiji va Kibiti viloyatlarida sodir boʼlgan suv toshqini qurbonlari oilalariga oʼzining samimiy va xolis hamdardligini bildiradi.

Ushbu halokatli suv toshqinlari tufayli 23 mingdan ortiq xonadon va 33,930,24 gektar ekin maydonlari zarar koʼrgan boʼlib, jami 88 ming kishi asosiy xizmatlarga muhtoj holatdalar. Shuningdek iqtisodiy va ijtimoiy faoliyat izdan chiqqan.

Hizb ut-Tahrir – Tanzaniya ushbulardan kelib chiqqan holda, quyidagilarni bayon qiladi:

a)   Bu suv toshqinlarida insoniy omil mavjud va bunga «Julius Nьerere» gidroelektrostantsiyasi va toʼgʼoni loyihasidagi nosozlik, shuningdek, siyosatchilarning eʼtiborsizligi va masʼuliyatsizligi sabab boʼldi. 2024 yil mart holatiga koʼra, toʼgʼon 164,8 kub metrga yetgan edi… Natijada suv omboriga oqib tushadigan suvni sigʼdira olmadi va shuning uchun Rufiji daryosining toshqiniga sabab boʼlgan suvni toʼkib tashlashga toʼgʼri keldi. Bu esa atrofdagi aholiga taʼsir qildi… Bu yerda beparvolik va masʼuliyatsizlik yaqqol koʼzga tashlanib turibdi. Chunki toʼgʼonning texnik guruhi hukumatni oldindan ogohlantirib, kutilayotgan vayronagarchilikni bashorat qilgan edi… Biroq siyosatchilar odamlarni himoya qilish va evakuatsiya qilish oʼrniga yordam xizmatlari koʼrsatishni kutishgan.

b)   Bu suv toshqinlari shundan darak beradiki, ushbu kapitalistik loyihalarda, xususan, mega loyihalarda xalq farovonligidan koʼra kapitalistlar va taʼmagir siyosatchilarning manfaati eʼtiborga olingan, xalqning dard va tashvishi inobatga olinmagan. Аjablanarlisi shundaki, ushbu loyiha boshqa loyihalar qatori odamlarga yordam koʼrsatishga qaratilgan «strategik loyihalar», deb baholanmoqda. Biroq bu suv ombori hali ishga tushmasdan oldin insonlar hayoti va mol-mulkini vayron qilib, qishloq xoʼjaligi faoliyatini yoʼq qildi.

v)   Rivojlanayotgan davlatlar mustaqillikka erishdik deb daʼvo qilishsa-da, ularning loyihalari hamon mustamlakachilik merosi namunasini olib bormoqda. Mustamlakachilik loyihalari mahalliy aholi va ularning atrofidagi hududlarga foyda keltirishdan koʼra, mustamlakachining iqtisodiy manfaatlarini koʼzlaydi.

g)   Toʼgʼri ideologik asosga ega boʼlmagan resurslar insonlar farovonligi boʼyicha real oʼzgarish olib kelmaydi. Masalan, Аfrika ijtimoiy-iqtisodiy hayotni ideal holatga oʼzgartirishi mumkin boʼlgan yirik resurslarga ega. Biroq u ideologik mustaqillikka ega boʼlmagani uchun bu resurslar ochkoʼz siyosatchilarning choʼntagini toʼldirib qoʼyadigan Gʼarb kapitalistlari tomonidan talon-toroj qilinmoqda. Mana, Rufiji daryosi 600 kilometrga choʼzilgan yirik suv resurslaridan biri boʼlib, unga qurilgan suv ombori Аfrikadagi uchinchi eng katta toʼgʼon hisoblanadi. Lekin hali ishga tushmasdanoq vayronagarchilik olib keldi!

Kapitalistik sistemaning muvaffaqiyatsizligi uning ildiz va tuzumlarida yashiringan. Uning asosiy tashvishi odamlarga qaygʼurish emas, balki manfaatdir. Yolgʼiz Islomgina Xalifalik davlati soyasida insonlar ishlariga xolislik bilan gʼamxoʼrlik qila oladi. Chunki u insonning barcha dunyoviy ishlarini oxiratga bogʼlashda ruhiy kuchga egadir.

Masʼud Musallim

Hizb ut-Tahrirning Tanzaniyadagi

matbuot boʼlimi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.