Suriya kelajagi G’arb siyosatchilarini dahshatga solmoqda

405
0

crocker

Amerikaning sobiq Suriya elchisi Rayan Kroker Asadning Islomiy guruhdan afzal ekanligini va Amerikaning Asad rejimi bilan muzokaralar boshlashi zarurligini ta’kidladi.

Suriyadan tashqari Iroq va Afg’onistonda AQSh elchisi lavozimida ishlagan Rayan Kroker Nyu-York Tayms uyushtirgan dasturda “Suriyaning Asadni o’z ichiga olgan kelajagi haqida bosh qotirishimiz zarur. Bu qanchalar yomon bo’lsa-bo’lsin, bundan boshqasi yana ham dahshatliroqdir”, dedi.

“Bashar Asad bu urushga tayyor. O’zi ham, otasi ham 30 yildan buyon buning uchun tayyor edi. Taxminimcha, u iqtidorini davom ettira oladi. Avval boshdan bu borada xato tasavvurga ega edik. Suriya muxolifati AQShning mo”tadil qarashga ega do’sti bo’lmasligi, ayni paytda ko’rib turganimizdek, radikal Al-Qoida kabi bo’lishi aniq edi”, deya ta’kidladi Sobiq diplomat.

Ba’zi siyosatchilarning “AQSh Suriya masalasiga ertaroq aralashganda edi, vaziyat mo”tadil muxolifat foydasiga hal bo’lardi”, degan tanqidlariga javob bergan sobiq elchi “agar ertaroq va ko’proq dastak berganimizda, Al-Qoida yanada ko’proq qurol yaroqqa ega bo’lardi. Chunki Suriyaning shimolidagi Suriya ozod armiyasi omborlarida yuz bergani kabi, biz bergan qurol yaroqlar hozir ularning qo’lida bo’lardi”, deya ogohlantirdi.

Kroker AQShning Suriya qo’zg’oloni boshlanishidayoq – nomiga bo’lsada – Asadga qarshi pozitsiyani egallab, haqiqatlarning farqiga bormaganligini va oqibatda uning siyosati ish bermaganligini tanqid ostiga olar ekan, yaqinlashib kelayotgan Jeneva konferentsiyasida AQSh Asad vakillari bilan muzokara boshlashi lozimligini ta’kidladi.

Bundan avval Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Asadning Islomiylardan ko’ra xatari kamligini G’arb tushuna boshlaganligini bildirgan edi.

Lavrov Rus axborot agentliklariga “G’arb diplomatlari Asadning hokimiyatda qolishi Islomiylarning hukumat boshiga kelishidan ko’ra afzalroq ekanligini tinimsiz ta’kidlashmoqda”, dedi.

“Islomiy jangchilar Suriya jang maydonida qo’lga kiritayotgan o’ljalar G’arbning Asad borasidagi pozitsiyalarini o’zgartirishga sabab bo’lmoqda”, deya qo’shimcha qildi u.

Lavrov Suriyadagi vaziyatni baholar ekan, “u erda Islomiylar va mujohidlarning nufuzlari tezlik bilan ortib bormoqda, ko’p erlarga hukmronligini o’rnatib, darhol Islomiy shariatni joriy etishyapti”, deya ta’kidladi.

Undan so’ng “Rusiyalyavm” telekanaliga “Rossiyaning G’arbdagi hamkorlari Bashar Asadning mansabdan ketishi Suriya masalasini hal qilish yo’li emasligini, balki bu qisqa vaqtda hokimiyatni Islomiy ekstrimistlar qo’lga olishiga sabab bo’lishini tushuna boshladi”, deya urg’uladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.