Bangladesh inqilobining haqiqati

117
0

Bangladesh inqilobining haqiqati

Bangladeshda bir necha kun davom etgan tartibsizliklardan so‘ng Bosh vazir Shayxa Hasina o‘z taxtini tashlab, mamlakatdan qochib ketdi. OAV uning harbiy samolyotda Hindistonga yo‘l olgani haqida xabar tarqatdi. 5 avgust kuni Bangladesh armiyasi bosh qo‘mondoni Vaqaruz Zamon Hasinaning iste’foga chiqqanligini va muvaqqat hukumatga Muhammad Yunus boshchilik qilishini rasman e’lon qildi.

Hasina – Bangladeshni Pokistondan ajratib olishga xizmat ko‘rsatgan Mujibur Rahmonning qizidir. U 2009 yildan beri Bangladesh hukumatini boshqarib kelayotgan edi. 3 iyul kuni Bangladeshda hukumatga qarshi namoyishlar boshlandi. Namoyishchilar va politsiya xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 400ga yaqin odam halok bo‘ldi. Yuzlagan odamlar yaralanib, o‘n mingdan ortiq namoyishchi hibsga olindi. Bu namoyishlarga, Bangladeshni Pokistondan ajratib olish jangida qatnashgan faxriylarning yaqinlariga davlat mansablarining 30 foizini ajratish sabab bo‘ldi.

Izoh:

Bangladesh Umaviylar davrida Hindistonni fath qilinishi bilan birga Islom diyoriga aylangan mintaqadir. U 1576 yilgacha Islom bilan boshqarildi. Keyinchalik inglizlarning siyosiy manevrlari va mustamlakachilarning bosqinchiligi tufayli mintaqada bo‘linishlar kuchaya boshladi. Nihoyat, 1971 yilda “Bangladesh” davlati tuzilib, Pokistondan ajratib olindi. Bangladesh xalqining 90 foizi musulmonlar, 8 foizi hindular, qolganlari xristianlar, buddistlar va boshqa din vakillaridan iboratdir. 1971 yildan buyon mamlakatda 20 marta harbiy to‘ntarish sodir etildi. Avval Britaniyaning, keyin esa Amerikaning nufuzi ostida qolgan Bangladesh hukumati butparast hindlar hukumatiga tayanib ish yuritadi. 76 yoshli Hasina 2009 yildan buyon terrorizmga qarshi kurash bahonasida, musulmonlarni zulm ostida boshqarib keldi. Amerika Xitoyning mintaqadagi ta’siri kuchayib borayotganidan xavotirlanib, Hindistonni dastaklashga e’tibor qaratib keladi. Shuning uchun Hasina rejimi Hindiston manfaati uchun portlar qurdi, tranzit yo‘llarini ochdi va xavfsizlik sohasida bir kancha shartnomalar tuzdi. Bangladesh Pokistondan ajralib chiqqanidan beri davlat rasmiylari G‘arb va Hindiston bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Musulmonlarga nisbatan tazyiqlar shu kungacha hech to‘xtamadi. Xalqning qashshoqlik botqog‘iga botishiga ko‘z yumildi. Natijada 18 milliondan ortiq kishi ishsiz qoldi. Bugunga kelib, Hasina rejimining “davlat mansablarining 30 foizini Bangladeshni Pokistondan ajratib olishga hissa qo‘shgan tor doiraga berish” to‘g‘risidagi qarori xalqning sabr kosasini to‘ldirdi. Biroq, Bangladesh kabi malay davlatlarda harbiy yetakchilarning roli muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham xalqning g‘azabini bostirish maqsadida harbiylar Muhammad Yunusning muvaqqat hukumat boshqaruviga rozi bo‘lishdi. Chunki u bir necha o‘n yillar oldin kambag‘allarga biznes kreditlari berish borasidagi islohotlari bilan tanilgan edi.

Xulosa qilib aytganda, Bangladeshda yuzaga kelgan navbatdagi inqilob hukumat zulmiga qarshi xalq ovoziga aylandi. Biroq mafkuraviy yetakchilik yo‘qligi sababli sobiq tuzum yana o‘z hokimiyatini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Misol uchun, Hasinaning o‘g‘li Sajib Vazed, agar muvaqqat hukumat navbatdagi saylovlar o‘tkazilishini e’lon qilsa, onasining “Avomi Liga” partiyasi saylovlarda ishtirok etishini bildirdi.

Shunday ekan, musulmonlar o‘tmishdan ibrat olishlari lozim. Bir sotqin ortidan kelgan xoinning Ummat vaqtini o‘g‘irlashiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Inqilobda Allohning tavhid bayrog‘ini ko‘targan xolis musulmonlar Allohning nusratiga, Islom shariatini o‘rnatishga harakat qilishlari va shu yo‘lda Mulla Abdulqodirning pozitsiyasini mahkam tutishlari lozim. Bangladeshning taniqli olimi Shayx Abdulqodir 91 yoshida dorga osilishidan oldin shunday degan edi: “Mening jinoyatim Allohdan boshqasiga qullik qilmaslikdir. Bizga qul bo‘l, deyishdi. Men esa, undan ko‘ra dorga osinglar, dedim. Shahidlik hayotimdagi eng oliy yutuqdir. Mening qonim Islomiy harakatni oyoqqa turg‘izadi va zolimlarning umrini qisqartiradi. Mening shahidligimdan Bangladeshda Islomiy davlat qurish uchun foydalaning!”

Nurdin Asanaliyev

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.