Murobaha bitimining hukmiga oid savolga javob

737
0

images (9)

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Muhamad Abdallahning murobaha bitimining hukmiga oid savoliga javob

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Hurmatli amirimiz va shayximiz Ato ibn Xalil Abu Roshta, mening savolim quyidagicha: Murobaha bitimining hukmi nima: joizmi yo fosidmi yoki botilmi? Birodarlarimiz murobaha bitimini tuzishgan edi. Biroz vaqt o’tganidan keyin bu bitimning joiz emasligini bilishdi. Dastmoya bergan birinchi taraf dastmoyani bir yarim barobar qilib oldi. Hozir esa bu bitimning joiz emasligini bilganidan keyin foydaning qolganini ham talab qilmoqda.

Halol va haromlik jihatidan bu bitimning tabiati qanday? U olgan mol halolmi yoki harommi? U dastmoyasini ortig’i bilan olganidan keyin qolgan foydani talib qilishga haqlimi? Holbuki bu birodarlar «Amallardagi asl shar’iy hukm bilan cheklanishdir» qoidasini bilishadi.

Bizga shuni tushuntirib bering. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin. Abu Suhayl – Berlin

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Savolingizda kelishicha, siz molning egasi molini ikkinchi tarafga u bilan tijorat yoki boshqa ish qilishi uchun berishini va bu hamkor mol egasiga belgilangan foydani berishini murobaha deb atagansiz. Bu Islomda joiz emas. Islom ruxsat bergan narsa shuki, mol egasi molini ikkinchi tarafga tijorat uchun beradi va ular foydaning muayyan nisbatiga kelishishadi, agar foyda bo’lsa har ikki taraf kelishilgan nisbatni oladi. Agar foyda bo’lmasa ularning hech biri biror narsa olmaydi. Agar ziyon bo’lsa ziyonni mol egasi ko’taradi. Mehnat qilgan ikkinchi taraf esa mehnatiga kuyadi. Ya’ni bu bitimda mol egasiga muayyan miqdordagi foyda belgilanmaydi.

Mana shu Islomdagi muzorabaning voqei.

Muzoraba shirkatning bir turidir. Chunki bunda mol va badan sheriklik qiladi. Shirkat – shariat ruxsat bergan muomalalardandir. Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda Nabiy A dedilar:

«إِنَّ اللَّهَ يَقُولُ: أَنَا ثَالِثُ الشَّرِيكَيْنِ، مَا لَمْ يَخُنْ أَحَدُهُمَا صَاحِبَهُ، فَإِذَا خَانَهُ خَرَجْتُ مِنْ بَيْنِهِمَا»

«Alloh Taolo aytadi: Modomiki ikki sherik bir-biriga xiyonat qilmas ekan, Men ularning uchinchisiman. Agar ulardan biri sherigiga xiyonat qilsa Men ularning orasidan chiqaman». Abu Dovud rivoyati. Sahobalar y muzorabaning joizligiga ijmo qilganlar. Ibn Abu Shaybaning Musannafida kelishicha Umar G etimning molini muzorabaga bergan. Muzorabadagi foydaga kelsak, u ikki ikki sherikning kelishgan shartiga muvofiq bo’ladi. Ziyon esa molning zimmasiga tushadi. Abdurrazzoq San’oniy o’zining Musannafida Ali G.dan muzoraba haqidagi: «Ziyon molga tushadi, foyda esa sheriklarning shartiga muvofiq bo’ladi» degan so’zini rivoyat qilgan.

Ma’lumot uchun, shariatdagi murobaha termini sotish va sotib olishda qo’llanadi va ish (mehnat) bitimlarida qo’llanmaydi. Uni ish bitimlarida ham qo’llayotganlar uni o’zining shar’iy o’rnidan boshqa o’rinda qo’llashadi. Chunki murobaha lug’atda foydani qo’lga kiritishni anglatadi, ya’ni «molni murobahaga (foydaga) sotdim» yoki «uni murobahaga sotib oldim» deyiladi.

Istilohda sotuvchi o’z molni o’zi sotib olgan miqdorga ma’lum foydani qo’shib taklif qilishiga (masalan: buni 100 so’mga oldim, ustiga 20 so’m qo’shib ber deyishi) murobaha deyiladi. U omonat (ishonch) savdosi jumlasiga kiradi, chunki bunda sotuvchining molni o’zi sotib olgan narxini aytishida uning rostgo’yligiga tayaniladi.

Murobaha shar’an joizdir. Chunki u molni sotib olingan narxning foydasiga sotishdir. Agar sotuvchi men sizga bu molni o’zim sotib olgan narxdan falon foyda evaziga sotaman deb xaridorga narxni ma’lum qilsa va xaridor buni qabul qilsa bu joizdir. Chunki bu ma’lum bay’dir.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

19 rajab 1434h 29 may 2013m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.