Obama Pokistonni «ekstremist»larga qarshi kurashga chaqirmoqda

396
0

Amerika prezidenti Barak Obama Pokistonni yurtdagi ekstremistik tarmoqlarga qarshi kurashda «jiddiylik» ko’rsatishga chaqirdi. U talabalar nishonga olingan yaqindagi hujum qat’iy harakat qilish zarurligiga bo’lgan bir ta’kid ekanini bildirdi.

Obama o’tgan yakshanba kuni chop etilgan «Press trast of Indiya» axborot agentligiga bergan intervyusida Pokiston xavfsizlik kuchlarining yaqinda olib borgan qamoqqa olishlarini olqishlar ekan, Islomobodning bu amaliyotda yanada ko’proq hissa qo’shmog’i lozimligini ta’kidladi.

U bunday dedi: «Pokiston oldida terroristik tarmoqlardan qonuniylikni tortib olishga va ularni parchalab tashlashga qodirligini namoyon etish imkoniyati turibdi».

Keyin «Ushbu mintaqada va butun dunyoda bunday (tarmoqlar) o’chog’iga engil qarab bo’lmasligini, balki terroristlarni supurib tashlash zarurligini» qo’shimcha qildi (Arabiyya net).

Roya gazetasi sharhi:

Pokiston hukmdorlarining Islom va musulmonlarga qarshi shuncha kurashib kelishganiga va Kashmir musulmonlariga qarshi hatto Hindiston bilan ham til biriktirishganiga qaramay, Obama ulardan ayni kurashda yanada jiddiylik ko’rsatishni talab qilmoqda. U ayni kurashda pokistonlik hukmdorlarning naqadar jiddiyligini biladi. Biroq shunga qaramay, ulardan Amerikaning Islom va musulmonlarga qarshi urushida yanada jonbozlik ko’rsatishlarini talab qilmoqda.

Roya gazetasining 2016 yil 27 yanvar chorshanba kungi 62-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.