Rossiyada Islom taqiqlandi

862
0

01

Hizbut Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular fosiqlardir» [Nur 55]

Matbuot bayonoti

Alloh Subhanahu va Taolo deydi:

«Agar Alloh odamlarning ayrimlarini ayrimlari bilan daf qilib turmaanida, shubhasiz Alloh nomi ko’p zikr qilinadigan (rohiblarning) uzlatgohlari, (nasroniylarning) butxonalari, (yahudiylarning) ibodatxonalari va (musulmonlarning) masjidlari vayron qilingan bo’lar edi. Albatta Alloh O’ziga (ya’ni diniga) yordam beradigan zotlarni g’olib qiladi. Shubhasiz Alloh kuchli, qudratlidir» [Haj 40]

2013 yil 27 sentyabr juma kuni Hizbut Tahrir yigitlari Rossiyaning turli mintaqalari bo’ylab «Rossiyada Islom taqiqlandi» degan nom ostida norozilik namoyishlari kampaniyasini uyushtirdilar. Bunga rus ma’murlarining xatti-harakatlari sabab bo’ldi. Bu xatti-harakatlar Rossiyaning Islomga aloqasi bor har bir narsani man qilish niyatida ekanini ko’rsatib turibdi. Masalan, Novorossiysk sudining Qur’onni ekstremizm deb baholash haqidagi qarori, Hizbut Tahrir a’zosi Gappaev Abdullohning xavfsizlik kuchlari tomonidan o’ldirilgani, maktablarda hijobning taqiqlangani, Alloh bayti – Ixlos masjidining buzib tashlanib, uning imomi Rustam Safinning qamoqqa olingani, bularning barchasi Rossiyaning Islomga aloqasi bor har bir narsani man qilishga harakat qilayotgani aniq fakt ekanini ko’rsatib turibdi. Hizbut Tahrir yigitlari Moskva, Sankt-Peterburg, Ufa, Qozon, Tyumen va Rossiyaning boshqa yirik shaharlaridagi masjidlarda nutq so’zlab Ummatni Islom va musulmonlar manfaatlarini himoya qilish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdilar. Hizbut Tahrir – Rossiya nomidan imomlar va muftiylarga murojaatlar ham yo’llanib, ularni Islom va musulmonlarni himoya qilishga chaqirildi. Masjidlarda nashralar ham tarqatilib, Rossiyadagi musulmonlardan Hizbut Tahrirni qo’llab-quvvatlash talab qilindi va ularni Islomni himoya qilishga chaqirildi. Ko’priklarda va yo’l chorrahalarida «Musulmonlarni o’ldirishni to’xtating», «Rossiya Islomga qarshidir, 2013 yil 17 sentyabrda Qur’on taqiqlandi», deb yozilgan va boshqa ko’plab plakatlar ko’tarib chiqildi.

Musulmonlar ko’chalarda ham turib «Men Allohga bo’lgan imonim sababli o’ldirildim, Gappaev Abdulloh 16.09.2013», «Rossiyada Qur’on taqiqlandi, men bunga qarshiman», «Rossiyada masjidlar buzib tashlanmoqda, men bunga qarshiman» degan iboralar yozilgan plakatlarni odamlar e’tiborini mana shu faktlarga tortib, rus ma’murlari tomonidan Islomga qarshi olib borilayotgan dushmanlik siyosatiga ta’sir o’tkazish uchun ko’tarib chiqishdi va yana boshqa bir necha plakatlar yopishtirib chiqildi.

Bu kampaniya muvaffaqiyatli yakunlandi. Chunki u axborot vositalari e’tiborini tortdi hamda musulmonlar tomonidan qo’llab-quvvatlash bilan qarshi olindi.

Alloh Subhanahu va Taolo deydi:

«Agar Alloh odamlarning ayrimlarini ayrimlari bilan daf qilib turmaganida, shubhasiz, er fasodga duchor bo’lar edi» [Baqara 251]

Hizbut Tahrirning

Rossiyadagi matbuot bo’limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.