Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi mudiri muhandis Usmon Baxxoshning Indoneziyada bo’lib o’tgan «Xalifalikni tiklashda ulamolarning roli» konferentsiyasida skayp orqali qilgan nutqi

427
0

01

Hizbut Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular fosiqlardir» [Nur 55]

Matbuot bayonoti

Hizbut Tahrirning markaziy matbuot bo’limi mudiri muhandis Usmon Baxxosh «Xalifalikni tiklashda ulamolarning roli» nomli konferentsiyada skayp orqali qilgan nutqi bilan ishtirok etdi. Konferentsiya hijriy 1434 yil 18 zul-qa’da, milodiy 2013 yil 24 sentyabrda Indoneziyaning Jakarta shahrida bo’lib o’tdi. Nutqning to’liq matni quyida beriladi: بسم الله الرحمن الرحيم O’zining muborak Kitobida:

«(Ey Ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi bo’ldingiz. Zero siz ma’rufga buyurasiz, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz» [Oli Imron 110] deb haq so’zni aytgan Allohga hamdlar bo’lsin. Mujohidlar etakchisi Rosulullohga salot va salomlar bo’lsin. U zot aytadi:

«لَتَأْمُرُنَّ بِالْمَعْرُوفِ، وَلَتَنْهَوُنَّ عَنِ الْمُنْكَرِ، وَلَتَأْخُذُنَّ عَلَى يَدِ الظَّالِمِ، وَلَتَأْطِرُنَّهُ عَلَى الْحَقِّ أَطْرًا، أَوْ لَيَضْرِبَنَّ اللَّهُ قُلُوبَ بَعْضِكُمْ عَلَى بَعْضٍ، وَلَيَلْعَنَنَّكُمْ كَمَا لَعَنَ بَنِي إِسْرَائِيلَ»

«Albatta ma’rufga buyurasizlar va munkardan qaytarasizlar, zolimning qo’lidan tutib uni haqqa egib qo’yasizlar. Aks holda Alloh ayrimlaringiz qalblarini ayrimlaringizga uradi va Bani Isroilni la’natlagandek sizlarni ham la’natlaydi»

(Abu Dovud va Termiziy rivoyati).

Ey, bu dinga yordam berish va Alloh kalimasini oliy qilish uchun Jakartada yig’ilgan hurmatli ulamolar, men sizlarga Islom salomini yo’llayman. Sizlarga Allohning salomi, rahmati va barakoti bo’lsin.

O’tgan rajab oyida sizlar o’tkazgan Xalifalik konferentsiyasida qatnashish orqali Alloh bizni siylaganidan keyin men sizlar bilan skayp orqali bo’lsa ham suhbatlashishim meni juda xursand qildi. Men bu konferentsiyaning yutug’i uchun tunni kunga ulagan hurmatli odamlarni o’z ko’zim bilan ko’rdim. Alloh ularni eng yaxshi mukofotlar bilan mukofotlasin.

Ey hurmatli ulamolar!

Odamlarga ilmni bayon qilish omonatini Rosululloh s.a.v sizlarga ishonib qoldirdilar. Sizlarni odamlarga dindagi ular bilmagan hukmlarni o’rgatishda merosxo’r qildilar. Termiziy rivoyat qilgan hadisda:

«… وَإِنَّ الْعُلَمَاءَ وَرَثَةُ الأَنْبِيَاءِ»

«Ulamolar payg’ambarlar merosxo’rlaridir» deb keladi.

Odamlar ulamolarsiz nodonlarga aylanadi. Bu nodonlarga insonu jin shaytonlari har tarafdan tashlanadi va ularni zalolat botqog’iga botiradi. Shuning uchun ulamolar er yuzidagi odamlarga Allohning bergan ne’mati hisoblanadi. Zero ular zulmatni yorituvchi chiroqlar, hidoyatga boshlovchi imomlardir hamda er yuzidagi Allohning hujjatidir. Ular orqali adashtiruvchi fikrlar o’chiriladi va qalblardagi shak-shubha g’uborlari tozalanadi. Rosululloh s.a.v ularni yulduzlarga o’xshatdilar:

«إِنَّ مَثَلَ الْعُلَمَاءِ فِي الأَرْضِ كَمَثَلِ النُّجُومِ يُهْتَدَى بِهَا فِي ظُلُمَاتِ الْبِرِّ وَالْبَحْرِ. فَإِذَا انْطَمَسَتِ النُّجُومُ أَوْشَكَتْ أَنْ تُضِلَّ الْهُدَاةَ»

«Yer yuzida ulamolarning misoli xuddi yulduzlar misoli kabidir. Quruqligu dengiz zulmatlarida bu yulduzlar orqali yo’l topiladi. Agar yulduzlar yorqin bo’lmasa yo’l boshlovchini ham adashtirishga yaqin qoladi» (Ahmad rivoyati).

Musulmonlarning porloq tarixi ulamolar egallagan mardonavor sahifalarga to’la. Musulmonlar ulamolari haqni ochiq aytganlar, ma’rufga buyurib, munkardan qaytarganlar va agar hokim zulm qilsa zulmga qarshi kurashganlar. Ular doim Ummatga rahbarlik va yo’lboshchilik qilganlar. Ummat balo va ofatlarda din ilmini olish uchun ularga murojaat qilgan. Muhim ishlarda va hokimlarning zulmiga barham berishda maslahat so’rab ularga yuzlanishgan. Ulamolar esa hokim va voliylarga Parvardigorlarini eslatganlar. Ulamolar gohida sultonlar tarafidan quvg’inga uchrasalar, gohida qamoqqa olinganlar, gohida esa mollari va jonlariga shikast etkazilgan hamda hurmatlari toptalgan. Biroq ular Alloh oldidagi ma’uliyatlarini taqdirlaganlari uchun bularning qarshisida matonat bilan turib Rosululloh s.a.v ning:

«سَيِّدُ الشُّهَدَاءِ حَمْزَةُ بْنُ عَبْدِ الْمُطَّلِبِ وَرَجُلٌ قَامَ إِلَى إِمَامٍ جَائِرٍ فَأَمَرَهُ وَنَهَاهُ فَقَتَلَهُ»

«Shahidlarning sayyidi Hamza va zolim imomga qarshi turib uni amr ma’ruf va nahiy munkar qilgan, imom uni shu sababli o’ldirgan kishidir» (Hokim rivoyati) deb aytgan so’zlarini o’z ishlariga asos qilib olganlar. Ha, o’tmishda ulamolarning odati shunday edi. So’ng avval Yevropa mustamlakachiligi, keyin Amerika mustamlakachiligi keldi. Kofirlar o’zlariga xizmat qiladigan bir qancha ulamolarni etishtirib chiqarish ustida ishladilar. Ular o’zlarini «ulamo» hisoblashadi, biroq mustamlakachilik shaytoni ularning ko’ngliga solgan narsaga qarab fatvo chiqarishadi. Bu fatvolar Alloh harom qilgan botilni muboh qiladi va Alloh vojib qilgan farzni harom qiladi. Ular fatvolarida odamlarga dinlarini buzib ko’rsatishadi va vustamlakachining istagiga muvofiq fatvolarni chiqarishadi. Mustamlakachining istagi esa Ummatni o’z hukmronligiga bo’ysundirish va o’zlarning vaz’iy qonunlarini hakam qilish.

Men ayrim faktlarni keltirish bilan kifoyalanaman:

1 – Ingliz mustamlakachilarining Misrdagi qo’g’irchog’i Muhammad Abduhning «Fatvo hindiya» nomli fatvolari shunday fatvolar jumlasidandir. Undan inglizlar qo’lida ishlovchi musulmon Alloh nozil qilmagan narsa bilan hukm yuritadigan ingliz qonunlaridan hukm olishi joizmi, deb so’ralganida, u uzundan-uzun javob berganidan keyin shunday xulosa qiladi: «Musulmonning Hindistondagi ingliz hukumatida ishlashni qabul qilishi va uning qonunlari bilan hukm qilishi ruxsatdir. Bu ruxsat «Ikki zararning engilini qilish» qoidasi bobiga kiradi». U bu bilangina kifoyalanib qolmay: «Agar bu Islomni quvvatlash va musulmonlar manfaatini himoya qilish ko’zlangan azima bo’lmasa, ruxsat» (ya’ni azima bo’lish ehtimoli kuchliroq) deb so’zini davom ettiradi. Subhanalloh, Allohga osiy bo’lish va mustamlakachi kofirga itoat qilish qanday qilib azima bo’lsin.

2 – 1990-1991 yilgi Ko’rfaz urushida Ibn Boz hamda Saudiya hukumati ulamolarining oliy hay’ati Iroq qo’shiniga qarshi jang qilish va Iroqni Quvaytdan chiqarish uchun kofir Amerikaning kuchlaridan yordam olish joizligiga fatvo berdi.

Holbuki bu fatvo Alloh Taoloning:

«Va Alloh hargiz kofirlar uchun mo’minlar ustiga yo’l bermagay» [Niso 141] deb aytgan so’ziga va Rosululloh s.a.v ning

«لاَ تَسْتَضِيئُوا بِنَارِ الْمُشْرِكِينَ»

«Mushriklar olovidan yorug’ olmanglar», deb aytgan so’ziga zid edi. Hatto bu Muhammad ibn Abdulvahhobning mazhabiga ham zid edi. Muhammad ibn Abdulvahhob musulmonlarga qarshi mushriklardan yordam olishni dinni buzuvchi ishlardan deb hisoblagan va bunga Alloh Taoloning ushbu qavlini dalil qilgan:

«Sizlardan kim ularga do’st bo’lsa, bas, u o’shalardandir. Albatta, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas» [Moida 51]

Ibn Boz va uning maslakdoshlari bu dalillardan ko’z yumishdi va «Qora uy»da ishlab chiqilgan va Vashingtonda pishirilgan fatvoga suyanishdi. Bu ulamolar Iroq musulmonlarining qoni to’kilganligi gunohi bilan qaytishdi.

3 – Azhar shayxi Ahmad Toyyib ham Muhammad Mursiyga qarshi inqilobda general Sisiy tomonida turdi. Muhammad Mursiy Islomni tatbiq etmadi, balki u ham kofir demokratiya printsiplariga vafodor edi. Shunga qaramay Azxar shayxi soqolli prezident etakchiligidagi soxta demokratiyaga chiday olmadi. Shuning uchun u Muhammad Mursiyni qulatilishini qonuniy hisoblab oqlash orqali Vashington siyosatchilariga vafodor bo’lishni afzal ko’rdi.

Ey hurmatli ulamolar!

1924 yil kofir G’arb davlatlari Xalifalik davlatini qulatganidan keyin Islom Ummatini majburan parchaladi va kufr hukmlarini tatbiq etadigan, odamlarni zulm bilan boshqaradigan malay hokimlarni o’rnatdi. So’ng Mustafo Kamol va uning izidan borgan hokimlar musulmonlarni majburan g’arblashtirish uchun ko’r-ko’rona hujum boshlashdi. Ular musulmonlarga kofir G’arbning moddiy hazorati zaharlarini totdirish uchun ularning orasida targ’ibot ishlarini olib borishdi, bu hazoratga rozi bo’lmaganlarni qo’rqitishdi. O’zlarining siyosatiga yurganlarga turli mansablarni berishdi hamda foniy dunyo lazzatlarini totdirishdi. Ularga qarshi chiqqan, haqni ochiq aytgan va botilga qarshi kurashganlar repressiyaga uchradi. Bunday odamlarning qanchalari qamaldi, qanchalari izsiz yo’qotildi va yana qanchalari o’ldirildi. Hatto ularning oilalari, izdoshlari va ularga yordam berganlar ham quvg’inga uchradi. Ularning oxirgisi shu oyda Rossiya, Iroq, Tojikiston va O’zbekistonda bir guruh Hizbut Tahrir yigitlari shahid bo’ldi. Alloh ulardan rozi bo’lsin. Butun dunyo, Alloh o’z Kitobida barakotli deb aytgan va Rosululloh s.a.v :

«عُقْرَ دَارِ الإِسْلامِ»

«Islom diyorining markazi» deb sifatlagan Shom Suriyasida hanuz qon to’kilayotganiga guvoh.

Kufr davlatlari va ularning rejasi bo’yicha yuradigan Eron, Ko’rfaz, Turkiya va Iordaniyadagi musulmonlar hokimlari Shomdagi musulmonlarga to kofir ilmoniylikni qabul qilmagunlaricha yo kimyoviy yoki portlovchi qurollar bilan o’ldirilishdan birini tanlashni taklif qilishmoqda.

Aytadigan bo’lsak gap ko’p…

Biroq men bu muborak yig’ilishga tabrik yo’llash va quyidagilarni aytish bilan kifoyalanaman. Ilm zimmangizda omonat, shuning uchun, Alloh haqqi, sizlarni odamlarga din farzlarini bayon qilishga chaqiraman. Bu farzlarning avvali Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilishdir. Musulmonlarning azizligi, shon-shavkati va Robbilari roziligi shu Xalifalikdadir.

Musulmon yurtlarning sharqu g’arbidagi bahs-munozaralar va tortishuvlarni kuzatgan odam sizlarning kufr fikrlarini parchalab tashlab, Islom fikrlarini yaqqol ko’rsatib berishingizga naqadar qattiq ehtiyoj borligini tushunib etadi, kufr davlatlari rejalariga qarshi turishda hamda musulmonlarni adashtirib, dushman rejalarini targ’ib qilayotgan malay siyosatchi va mufakkirlarning haqiqiy basharasini fosh qilishda odamlarga boshchilik qilishingizga naqadar ehtiyoj borligini ham tushunib etadi. Shuning uchun Ummatni quyidagilarga chaqirishda biz bilan birga qo’lni qo’lga berasiz deb umid qilamiz:

1 – Xalifalik davlatini tiklash orqali Islomiy hayotni qayta boshlash uchun da’vatni etkazish. Xalifalik musulmonlarning umumiy boshqaruvidir. U regional ham, milliy ham davlat emas. Balki Xalifalik Islom aqidasiga, ichkarida Islomni mukammal tatbiq etishga va odamlarni zulmatdan nurga olib chiqish uchun olamga Islom da’vatini yoyishga asoslanadi.

2 – Rosululloh s.a.v ning yo’lidan namuna olgan holda fikriy va siyosiy kurash orqali hokimiyatni olish uchun Ummatga etakchilik qilish.

3 – Hech bir holatda mavjud nizomlarga tilyog’lamalik qilmaslik, tslarning fitnalari va soxta siyosatlarini fosh qilish, adashtiruvchi shaxsiyatlarni parchalash.

4 – Bularning barchasida shiorimiz Rosululloh ning ushbu so’zlari bo’lishi:

«وَاللَّهِ لَوْ وَضَعُوا الشَّمْسَ فِي يَمِينِي وَالْقَمَرَ فِي يَسَارِي مَا تَرَكْتُ هَذَا الأَمْرَ حَتَّى يُظْهِرَهُ اللَّهُ أَوْ أُهْلِكُ دُونَهُ»

«Allohga qasamki, agar o’ng qo’limga quyoshni, chap qo’limga oyni qo’yib qo’yishsa ham bu ishni tark qilmayman. Yo Alloh bu dinni g’olib qiladi yo shu yo’lda o’lib ketaman».

Biz Allohning bizga bergan quyidagi va’dasini bajarishiga biror lahza ham shubha qilmaymiz:

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]

Alloh Subhanahu va Taolodan kechiktirmay, tezroq bizga dini orqali nusrat berishini va biz orqali dinga nusrat berishini so’rab qolamiz. Bu Uning qo’lidadir va U bunga qodirdir.

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Usmon Baxxosh

Hizbut Tahrirning markaziy

matbuot bo’limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.