AQSh “Kirg’iztransavia” kompaniyasiga sanktsiya joriy qildi

393
0

0_67366_d7bec044_XL

AQSh hukumati “Kirg’iztransavia” va uning prezidenti Lidiya Kim terrorizmga ko’maklashgan deya iddao qildi.

AQSh tashqi ishlar departamenti Eronning “Maxan Eyr” xususiy aviakompaniyasi Bashar Asad rejimiga ta’qiqlangan yuklarni etkazib berishda va Erondan borayotgan askarlar hamda qurol aslahalarni Hizbulloh partiyasiga etkazishda “Kirg’iztransavia” kompaniyasining samalyotlaridan foydalangan degan iddao bilan Qirg’iziston kompaniyasiga sanktsiya joriy qildi.

AQSh 2011 yilda “Maxan Eyr” kompaniyasini “Terrorizmda yordam ko’rsatgan”, degan da’vo bilan qora ro’yxatga kirgizib, boshqa kompaniyalarni u bilan hamkorlik qilishni to’xtatishga chaqirgan edi. AQSh tashqi ishlar departamentining hisobotida “Maxan Eyr” kompaniyasi “Kirg’iztransavia”dan sakkizta samalyot sotib olgani keltiradi.

Joriy qilingan sanktsiyaga ko’ra, “Kirg’iztransavia” kompaniyasi va uning prezidendi Lidiya Kimga tegishli AQShdagi barcha mol-mulklar qamoqqa olinadi hamda Amerika korxonalari va fuqarolariga bular bilan hamkorlik qilish ta’qiqlanadi.

Qirg’iziston aviatsiya agennligining ma’lum qilishicha 2005 yilda Bishkekda ro’yxatga olingan “Kirg’iztransavia” kompaniyasi AirBus 310, AirBus 300 va Buyer rusumdagi samalyotlarni Eronning “Maxan Eyr” xususiy aviakompaniyasiga ijaraga bergan. Samalyotlar hajga yo’l olgan hojilarni manziliga etkazib qo’yishi orqali foyda ko’radi.

Agentlikning uchishga yaroqlilikni ta’minlash bo’limining boshlig’i Shokir Uzbekovning so’ziga ko’ra, “Kirg’iztransavia” kompaniyasi bir yilda ikki marta tekshiruvdan o’tkaziladi. Ammo shu vaqtgacha qonun buzarlik aniqlangan emas.

“Kirg’iztransavia” kompaniyasi yo’lovchilarni tashuvchi korxona sifatida ish olib boradi. Bu qurollar va boshqa ta’qiqlangan yuklarni tashishga mo’ljallangan yuk tashuvchi korxona emasku – deydi Shokir Uzbekov.

Turkiston:

Qirg’iziston xukumatining bugungi xolati “enangning o’ynashi dunyo qozisi bo’lsa, qaerga borasan da’voga” xalq maqolini eslatadi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.