Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining Qusayr shaxrini qamal qilib turgan Suriya hukumat qo’shinlari hamda “Xizbulloh” guruhi jangarilarining harakatlaridan xavotirda ekanligini ifodalagan deklaratsiyasini to’sib qo’ydi.
Shaxar uchun janglar ikki xaftadan buyon davom etmoqda. BMT hamda Qizil Xoch tashkiloti ikki tarafni ham, tinch aholi shaxarni tark etib chiqib ketishliklari uchun, otishuvlarni to’xtatishni e’lon qilishliklariga chaqirgan. Shaxarda oziq-ovqat, suv va dori-darmonning tanqisligi o’ta kuchli.
Xavfsizlik Kengashi bayonotining matni Britaniya tarafidan tayyorlangan edi. Kengashning barcha bayonotlari bir ovozdan tasdiqlangan bo’lishligi shart. Rossiya bu bayonot matnini, “negadir bu singari bayonotni Xavfsizlik Kengashi shaxar muxolif jangarilar nazorati ostiga o’tgan vaqtda qabul qilmagan edi”, deb norozilik sifatida to’sib qo’ydi