AQSh Afg’onistondan chiqqanidan keyin O’zbekiston yana ODKB tarkibiga qaytishi mumkin

493
0

Markaziy Osiyodagi salmoqli davlat-O’zbekkiston Rossiya enagaligi ostidagi ODKB tarkidan bir tomonlama chiqqanini ma’lum qilgach, bundan Moskvaning fig’oni falakka etdi. Chunki, bunday hodisadan keyin Karimov o’zini Rossiyaning azaliy raqibi-Amerikaning quchog’iga otishi aniq edi.

Shundan so’ng, Rossiya Qirg’izistondagi Gidro Elektr tarmog’i qurilishlarini rivojlantirishga kirishdi. Oldinroq Rossiya bu tarmoqning 75% aktsisini talab qilib turgan edi. O’zbekiston bosgan qadamdan keyin esa, u 50ga 50 foydaga rozi bo’ldi. Bundan ayrim Atambaev tarafdorlari “Mana bizning azamat prezident Putinni ham o’zining gapiga ko’ndirdi”, deb bir xursand bo’lib olishdi. Putinning dardi esa, Karimovni jilovlash edi.

20 sentyabr kuni Putinning Bishkekka kelishi oldidan Karimov Astanaga-Moskvaning sodiq quli Nazarboev oldiga borib, Rossiyaga qarata suv mojarosi bo’yicha mintaqada urush chiqishi mumkinligidan jar soldi. 2010-yilgi O’sh voqealaridan keyin

Karimov ham qirg’iz ekan, deb yurgan qirg’izistonliklarning parlamentida bu savol ko’tarildi. Karimovning do’q-po’pisasiga qaramay Bishkekda GESlarning qurilishi xaqida ikki tomonlama shartnomalar imzolandi. Bu qurilish loixalari bir necha mlrd.dollarni tashkil etadi. Demak, bu qurilishlar amalga oshsa va Tojikistondagi “Rogun” GESi ham qurib bitkazilsa, O’zbekistonning paxta maydonlari cho’lu biyobonga aylanadi. Bu O’zbekistonga Rossiyaning javobi edi.

O’zbekistonning Moskvadan uzoqlashishiga yana bir omil rasmiy Toshkent mintaqada nufuzi ortib borayotgan Xitoy bilan gaz masalasida iqtisodiy xamkorlik shartomalarini tuzgan. Biroq, so’ngi voqealardan xulosa chiqarish mumkinki, Xitoy harbiy-siyosiy sohada ham, iqtisodiy soxada ham yaqin xamkorlarini himoya qilmaydi. Shuning uchun bu holat O’zbekistonni ODKB masalasida yana bir bor o’ylanib ko’rishga undaydi. Xitoyning O’zbekistonni dastaklashi ham, uning xavfsizligini ta’minlashga xech qanaqa kafolat bera olmaydi. Qolaversa, Xitoy bilan O’zbekiston orasida ODKB kabi harbiy hamkorlik shartnomalari ham yo’q.

Amerika ham 30 yil eshshakday xizmatini qilgan Xusni Muborakni va 40 yil tovonini yalagan Qaddofiyni ham andisha qilmay, itdek xor qildi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Rossiya O’zbekiston uchun asosiy tayanch bo’lishi mumkin. Ayrim kuzatuvchilar AQSh va NATO kuchlari Afg’onistondan chiqqanidan keyin ODKB mintaqadagi eng katta himoya markaziga aylanishi mumkin, degan ishonch bildirmoqdalar. Amerika Afg’onistonni butunlay tark etishni va Bishkekdagi “Gansi” aviabazasini qo’ldan boy berishni istamaganidek, Rossiya ham garchi O’zbekiston bilan teskari bo’lib turgan Qirg’iziston armiyasini qayta qurollantirish uchun 1.1 mlrd. dollarlik qurol aslaxa berishni ko’zda tutayotgan bo’lsa ham va qirg’iz davlati byudjetining yirtig’ini 25 mln.dollar bilan yamamoqchi bo’lib turgan bo’lsa ham, hamda “Rog’un” masalasi bo’yicha O’zbekiston bilan yovlashib kelayotgan Tojikistonga 200 mln. dollarlik va boshqa turdagi yordam qo’lini cho’zmoqchi bo’layotgan bo’lsa ham, biroq, Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasidagi zalvorli davlat –O’zbekistonni qo’ldan berishni aslo xoxlamaydi. Chunki, O’zbekiston Rossiya uchun muhim ahamiyatga molikdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.