Qirg’izistonning O’sh viloyatida horijiy fuqaroning milliy nizoni yoquvchi faoliyati fosh qilindi.

405
0


O’sh shaxri turg’unlarining yozma arizasiga javoban, Milliy xavfsizlik hizmati tarafidan o’tkazilgan amaliyot natijasida Irlandiya fuqarosi Parsad Konorning, asosiy vazifasi jumlasiga kirmagan faoliyati fosh etildi, ma’lum qiladi Qirg’iziston Milliy xavfsizlik hizmati davlat qo’mitasining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqa bo’limi.

Konor Qirg’izistonga Inqirozni bartaraf qilish Xalqaro guruhi tarkibida kelgan. U, hukumatning mahalliy organlari hamda titul millat namoyondalari tarafidan aholining o’zbek millatiga mansub qismining huqulari qisilishligi haqida ma’lumot yig’gan. Mazkur amaliyotni u, o’zbek millatidagi fuqarolarni “faol fuqarolik pozitsiyasini” namoyon qilishga tashviqot qilish bilan birga olib borgan. O’sh shaxar sudi qaroriga asosan Konorning avtomashinasi tekshiruvdan o’tkazilgan. Tekshiruv natijasida hujjatli materiallar va elektron ma’lumot tashuvchi moslamalar topilgan.

Topilgan materiallar , filologik – siyosiy ekspertizadan o’tish uchun, O’sh davlat universitetiga jo’natildi. . Ekspert guruhining xulosasiga binoan, mazkur materiallar milliy nizoni yoquvchi, odamlarni millatlararo munosabatlar sababli ommaviy tartibsizliklarga fitnalantiruvchi ma’lumotlardan tarkib topgan, shuningdek, ular mamlakatning bir-butunligiga va barqarorligiga xavf tug’diradi Ayni vaqtda, horijiy fuqaroga nisbatan, Qirg’iziston qonunchiligiga va xalqaro normalarga binoan, tegishli choralar qo’llashlik masalasi . ko’rilmoqda, ma’lum qiladi Milliy xavfsizlik hizmati

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.