7 dekabr Toshkentda konstitutsiyaning 20 yilligiga bag’ishlangan yig’inda …

543
0

Turkiston:

7 dekabr Toshkentda konstitutsiyaning 20 yilligiga bag’ishlangan yig’inda I Karimov “O’zbekistonni xech kim qo’shni davlatlar bilan xarbiy to’qnashuvlarga tortishiga yo’l qo’ymayman” dedi.

Ilgariroq Qozog’istonda xarbiy taxdid bilan qo’shnilarini qo’rqitayotgan Karimov, oradan xech qancha o’tmay yana o’z fikrlariga teskari chiqayotgani nimadan bo’lishi mumkin?

Balki Rossiyani Qirg’iziston suv omborlariga sherik chiqib qolganidanmi.

Umuman olganda O’rta Osiyo davlatlari o’rtalaridagi borgan sari taranglashib borayotgan aloqalar, xalqaro siyosatdagi bir necha ta’sirli davlatlar o’rtasidagi strotegik axamiyatlar kasb etib borayotganiga bog’liq. Ular AQSh, Rossiya va Xitoy davlatlari bo’lib, ularning xar biri mintaqadagi vaziyatni o’z manfaatlariga qarab burishga urinadilar.

 

Buning uchun ular, xar biri o’zining qudratli tomonlaridan kelib, bu mayda davlatlarga xar xil bosimlar va siyosiy tuzoqlar uyushtirishadi. Bu kichik davlatlarning esa, ketayotgan jarayonlardagi tutgan o’rinlari, asosan shu katta davlatlarni qaysi biri bilan xarakatlanishni tanlashdan iborat xalos.

Bu ularning olib borayotgan siyosatlaridagi ko’zlanayotgan manfaatlaridan anglab olinadi.

O’zbekiston: Xozirda AQSh bilan tig’iz xamkorlik olib borishga majbur. Majburligi shundaki, O’zbekiston siyosati asosan Karimov rejimini saqlab turishga bog’liq bo’lib qolgan. Xozir O’zbekistonda davr surishi mumkin bo’lgan xar qanaqangi gurux, shu rejimga bog’langan klanlarning biriga bog’lanishga va ularga ma’lum miqdorda xizmat qilishga majbur.

Shuning uchun O’zbekistondagi etakchi guruxning deyarli xammasi, Karimovning rejimiga bog’liq, rejimni ketishi ularning xam ketishini anglatadi. Demak ular xatto yoqtirmasalar xam bu rejimga sabr qilish va ximoya qilishga majburlar. Asli xar qanaqangi diktatorning rejimi, shu asosda quriladi, ya’ni etakchi guruxni avval rozi qilish, keyinchalik rejimga bog’liq qilib olish.

Muammo tashqi xalqaro siyosatda. Xalqaro siyosat esa, deyarli AQShning qo’lida desa xam bo’laveradigan darajaga etib qolgan. Shuning uchun Karimov o’z rejimini saqlab qolish nuqtasidan turib, xatto xalqi tuban darajada qashshoqlashib borayotganini ko’rib turib xam, ularning uyg’onib ketishlari mumkinligidan xavotirlanayotgani yo’q. Balki AQShning manfaatlarini xar qanaqangi qiyinchiliklardan ustun qo’ymoqda.

Qirg’iziston: Rossiyaga xar tomonlama tobe’ bo’lib qolganligidan, asosan u tomondan qattiq bosimlarga uchrab keladi. Umuman olganda Qirg’izistonga qolgan davlatlar xam xar tomonlama bosim qila oladilar. Qirg’izistonni O’rta Osiyoga xar qanaqangi fitna olib kirish darvozasi desa xam bo’ladi. Bunga asosiy sabab, xokimiyatning o’ta zaifligi, iqtisodiy tanglik, mafkuraviy bo’shliq va to’lab bo’lmaydigan tashqi qarzlaridir.

Qirgiziston xukumati, xozirda siyosiy, iqtisodiy, giopolitik va tabiiy resurslar bo’yicha xar xil bosimlarga uchrab, o’ta qiyin axvolda qolmoqda.

Masalan: Rossiya, muxolifot tomonidan siyosiy bosim bera oladi. Qirg’iziston yagona milliy maxsuloti bo’lgan va qirg’iz somini qiymatini ushlab turishda asosiy quvvat bo’lgan asosan Rossiyadagi muxojirlardan davlatga keladigan pullarga bog’liq. Bundan tashqari Rossiya ilgari bergan pullarini xam Qirg’iziston xozir to’lay olmaydi.

AQSh esa, xalqaro bank orqali berilgan protsentlik pullarni qistash orqali iqtisodiy bosim bera oladi. Bundan tashqari, G’arb olami tomonidan Qirg’iz xukumatlari, demokratlashishni va’da berib, o’ylamay olib qo’ygan pullari ko’p. AQSh mana shu demokratik negizlardan foydalanib, o’zining inson xuquqlari ximoyasi institutlari niqobi ostida, davlatning xatto ichki ishlariga xam aralasha oladi.

Davlatning ichkarisi esa, xalqaro qonun qoidalariga mutlaqo zid boshqarilayotgani, korruptsiyaga botib bo’lgani bu yo’nalish bo’ylab oson ochib tashlanishi mumkin. E’tiboringlar uchun, xalqaro konunlarni qurol qilib jazolovchi xam AQShning o’zi ekanligidan, Qirg’iz xukumati boshi berk ko’chada qolmoqda.

Tojikiston: Buning xolati xam Qirg’izistonnikidan unchalik abzal emas. Lekin uni oldida bir necha tanlashi mumkin bo’lgan yo’llar qo’yilmoqda.

Rossiya tomonidan bojxona ittifoqi, AQSh tomonidan “ipak yo’li” loixasi va “VTO” xalqaro savdo uyiga a’zo bo’lish taklif qilinmoqda.

Demak bu davlatga bosim Qirgizistoncha emas.

Lekin uni O’zbekiston bilan o’ta keskin va tarang aloqasi, ba’zida iqtisodiy jiddiy muammolar keltirib chiqarmoqda. Rog’un GESiga aloqador bo’lgan bu kelishmovchiliklar, katta davlatlar o’rtalarida, bu davlatga bosim berishlari mumkin va uni o’zlariga tobe’ qilishlari mumkin bo’lib bormoqda. Negaki Rog’un GESi bo’yicha xalqaro komissiya talab qilayotgan O’zbekiston, xalqaro siyosatda AQShning ta’siridan foydalanishi aniq. Bu xolat Tojikistonni xam Rossiyaga bo’yin egmasdan Rog’unni qura olmasligidan dalolat beradi.

Turkmaniston: Bu davlatdagi diktatura darajasi juda baland va demakki demokratik ko’rinishlar oyog’ osti qilingan. Nega shunga qaramay, bu davlatga e’tibor qolganlariga nisbatan xozircha zaif.a

Karimovni tashvishlantirayotgan va ayta olmayotgan, lekin bu davlatlarni o’zaro urushga tortayotgan narsa, ana shu katta etakchi kufr davlatlarining, o’z aro manfaatlari yo’lidagi O’rta Osiyoda to’qnashib qolishganiga bog’liq.

2013yil AQShning Afg’onistondan chiqib ketish yili ekanligi, M Osiyo davlatlarini juda tashvishlantiruvchi yil bo’lishi kutilmoqda.

Abu Ali

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.