Suriya kurdlari mustaqil armiya tuza boshladi.

387
0

Suriya shimolining bir qator hududlari ustidan o’z nazoratini o’rnatgan suriyalik kurdlar mustaqil armiya tuzishga kirishishdi. Bu haqda Kurdiston Milliy Kengashi raisi Shirko Abbos ma’lum qildi.

“Biz tuzayotgan armiyaning asosiy vazifasi Kurdiston hududini har qanday harbiy aralashuvdan, u Asad qo’shini tarafidan bo’ladimi, Suriya ozod armiyasining bo’linmalari tarafidanmi yoki islomiy radikal guruhlar tarafidanmi, bundan qat’iy nazar, himoya qilishlik bo’ladi”, – bayon qildi Kengash raisi.

Suriya kurdlari etakchisining so’zlariga ko’ra, AQSh va G’arbiy Yevropa mamlakatlari mustaqil kurd armiyasini tuzishda harbiy va moliyaviy yordam ko’rsatishga rozi ekanliklarini bildirishdi. Ularning fikricha, bu armiya Suriyada radikal islomiylikning yoyilishiga to’siq bo’la olishligi mumkin. Kurd armiyasi, kurdlar qatori, Suriya kurdistonida istiqomat qiluvchi musulmon va nasroniy arablardan ham tarkib topgan bo’ladi, belgiladi Shirko Abbos.

Kurdlar 2.2 millionga yaqin Suriya axolisining 10% tashkil qiladi. Ko’p yillar mobaynida suriyalik kurdlar Damashqdan milliy mustaqillik talab qilib kelmoqda. Ular Damashqni milliy tahqirlash siyosatini olib borishlikda hamda kurd milliy harakatini bostirishlikda ayblashadi. Biroq, o’tgan yilning martidan boshlab davom etib kelayotgan muxolifatning Bashar Asad rejimi bilan qarama-qarshiligida kurdlar deyarli qatnashmayapti. Suriya armiyasi, Xassake va Kamishli yirik shaxarlaridan tashqari, mamlakatning shimoliy-sharqiy hududlarini tashlab chiqib ketgan. Bu hududning qolgan aholi punktlari kurdlar nazorati ostiga o’tgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.