AQSh mahfiy holda Iroqqa o’zining 3 mingga yaqin qo’shinini olib kirdi va ularni harbiy bazalarga joylashtirdi, malum qiladi Eron ommaviy axborot vositalari.
Ma’lumotlarda aytilishicha, amerikalik harbiylar katta bo’lmagan qismlar holatida Quvaytdan olib kirilgan va bu operatsiya “Suriya va Erondagi vaziyat bilan aynan bog’liq” o’tkazilgan. Vaqti kelganda Iroqqa tashlash uchun, AQSh Quvaytda yana o’zining 17 ming harbiysini tayyorlab qo’ygan.
AQSh prezidenti Barak Obama o’zining birinchi saylovoldi kampaniyasi vaqtida qo’shinini Iroqdan olib chiqib ketishini va’da qilgan va 2011 yili o’z va’dasining ustidan chiqqan edi. Biroq, bu olib chiqilgan qo’shinning aksar qismi Quvaytda qolgan edi va endi asta-sekin Iroqqa qaytmoqda.