Yevropa og‘ir vaziyatni boshdan kechirayotgan bir paytda Fransiya Jazoirdan nima istaydi?!

158
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yevropa og‘ir vaziyatni boshdan kechirayotgan bir paytda Fransiya Jazoirdan nima istaydi?!

Ustoz Solih Abdurrohim – Jazoir

Ma’lumki, Fransiya butun Afrika qit’asida, xususan, besh Sohil davlatlari (G5 Sahel)da katta hayotiy manfaatlarga ega. G5 Sahel Nuakshotda 2014 yil 16 aprelda rivojlanish siyosati va xavfsizlik masalalarida mintaqaviy muvofiqlashish va hamkorlik maqsadida tuzilgan. Unga Mali, Niger, Burkina Faso, Chad va Mavritaniya davlatlari kiradi. Biroq Fransiya nufuzi bu zaif vujudlargagina cheklanmagan. Balki uning nufuzi ayni materikning markazi va g‘arbiy qismidagi ko‘pchilik hududlarni qamrab olgan. Bu yurtlardagi uning manfaatlari ham ko‘p va xilma-xil. Misol uchun Nigerga  haligacha hukmronlik qilib, uni og‘iz tishlari bilan tishlab kelmoqda. Zero, o‘zining yadroviy reaktorlariga ishlatiladigan uranning katta va muhim qismini shu davlatdan olib ketadi. Darhaqiqat, Fransiyadagi elektr energiyasining qariyb 75 foizini mana shu reaktorlar ta’minlaydi. Agar bu mintaqa barqarorligi izdan chiqsa, Fransiyaning siyosiy, xavfsizlik va iqtisodiy darajada, ayniqsa energetika sohasida qanday krizislarga duch kelishi hech kimga sir emas. Aniqki, Fransiya Shimoliy Afrikada, xususan, Jazoirda siyosiy, iqtisodiy, madaniy va xavfsizlik kabi barcha sohalarda katta nufuz va manfaatlarga ega. Bu narsa yangi global muammolarga qo‘shimcha, mintaqaviy krizislarga qarshi kurashish uchun kelishuv zaruratini talab qiladi. Mustamlakachi Britaniyaning ham Afrika qit’asining janubi va shimolida katta manfaat va ambitsiyalari borligini hisobga olsak, Shimoliy Afrika, ayniqsa, Jazoirda barqarorlikni ta’minlash va uning siyosiy, xususan, diplomatik miqyosdagi rolini faollashtirishi zarur bo‘lmoqda. Shu nuqtai nazardan, Falastin fraksiyalarini, Hamas va Fath guruhlarini «birlashtirish»ga hamda Arab davlatlari guruhi safidagi «buzilish»ni tuzatishga harakat qilish ishi yaqinda Jazoirga topshirildi. Jazoir, ayniqsa, 2022 yil 11 aprelda o‘zida bo‘lib o‘tajak sammitga hozirlik ko‘rish maqsadida Arab davlatlari Ligasi delegatsiyasini kutib olishga tayyorlanmoqda. Xo‘sh, Jazoir sammiti muvaffaqiyatli bo‘ladimi?! Damashqdagi qonxo‘r rejim ham qatnashadimi?! Shuning uchun ayni mintaqadagi beqarorlikka qarshi kurashish uchun harbiy va xavfsizlik jihatidan Jazoirdan foydalanish zarur bo‘ldi. Ayni maqsadda, yaqinda ikki kun (2022 yil 13-14 oktabr kunlari) to‘rt Sohil davlatlari armiya qo‘mondonlari Jazoirda uchrashishdi. Uchrashuvda qo‘shma shtab qo‘mitasining harbiy va xavfsizlik muvofiqlashtirish darajasini oshirish, mintaqada operativ hamkorlik va muvofiqlashtirish boshqarmasi rolini rivojlantirish muhokama qilindi. Demak, ushbu qit’a ustida mustamlakachilik tamalari va xalqaro mojarolar avj olgan bir paytda, eski mustamlakachi sheriklarning ayni qo‘shma manfaatlarni amalga oshirish va ichki-tashqi muammolarga qarshi kurashish maqsadida o‘zaro muvofiqlashishlari kerak bo‘lib qoldi. Ayniqsa, Yevropa davlatlarining og‘ir bir sharoitida hamda Ukraina urushi va uning siyosiy, xavfsizlik, halokatli iqtisodiy oqibatlari manzarasida ularga AQSH tomonidan bosimlar bo‘layotgan bir paytda muvofiqlashuvlari zarur bo‘lib qoldi. Xuddi shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Fransiya ushbu manfaat va foydalarni saqlab qolish uchun harakatga keldi. Masalan, 2022 yil 9 oktabr yakshanba kuni Fransiya bosh vazirasi Elizabet Born Jazoirga safar qildi. Bu rasmiy safar Fransiya-Jazoir munosabatlari tarixida hajmi va 16 nafar fransiyalik vazirlar delegatsiyasi tarkibi jihatidan birinchi marta bo‘lishi. Safarining ertasi kuni Born «qayta tiklanuvchi doimiy hamkorlik»ni faollashtirish maqsadida Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbun bilan uchrashdi. Ta’kidlash joizki, 2022 yil 25 avgustda Fransiya prezidenti Emmonuel Makron Jazoir rejimining mehmoni bo‘lgan. Ushbu uch kunlik safari chog‘ida Makron Jazoirda 2019 yil boshida boshlangan xalq harakati ortidan yurtdagi vaziyatning qayta tiklanishi va uning jadallashib, oqibatlarining susayishi manzarasida, Jazoir-Fransiya munosabatlarini yangilash zarurligini hamda keyingi davr mobaynida hamjihatlik va hamkorlik uchun yangi asosda kelishib olish lozimligini ta’kidladi.

Shunisi yaqqol ma’lumki, yurtdagi Britaniya va Fransiya malaylari o‘rtasida vaqtinchalik sulh bo‘lib ko‘ringan kelishuvda Jazoir ustidagi kurash Britaniya malaylari foydasiga hal bo‘ldi. Harbiy va xavfsizlik idoralarining norozilik to‘lqinini siquvga olib, jilovlashlari ortidan xalq harakati oqibatlari bartaraf etildi. Ushbu jilovlash ishida muxoliflar manfaati uchun siyosiy ishga har doim tayyor bo‘lgan «Nufambiriy-Badisiy» (mo‘’tadil islomiy va milliy oqim) oqimidan foydalanildi. Biroq Ukrainadagi shiddatli urush va uning oqibatlari… Amerikaning urushdan ko‘zlagan maqsadlari… Yevropaga Amerika tomonidan gaz va boshqa sohalarda, shuningdek, Fransiya tomoni uchun ahamiyatli bo‘lgan madaniy va iqtisodiy sohada Rossiya bilan aloqani uzishning yuklanishi fonida Fransiya va boshqa Yevropa davlatlarini Jazoir nefti va gazi bilan ta’minlash masalasi Fransiya delegatsiyasining kelishidan ko‘zlangan dolzarb masala emasligi aniq ko‘rinib turibdi. Darhaqiqat, Fransiyaning Afrikadagi, xususan, Afrika Sohili davlatlaridagi o‘z mustamlakalarida muammolarga duch kelayotganligi fransuz rasmiylarining asosiy xavotirlariga aylandi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan avgust oyida Fransiya prezidenti Jazoirga kelganida prezident Tebbun u bilan bir qator hujjatlarga, jumladan, «Jazoirning yangi hamkorlik deklaratsiyasi»ni faollashtirish zarurati to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekkan. Bu deklaratsiyada «ikki davlatning avvalgi keskinlashuvlardan farqli ravishda o‘zaro tushunish davrini boshlaganliklari, kelgusi loyihalar va yoshlarga e’tibor qaratuvchi aniq va konstruktiv yondashuvni amalga oshirishlari hamda a’lo darajadagi ushbu yangi hamkorlikning mintaqaviy va xalqaro keskinlashuv va taranglashuv talablaridan kelib chiqqanligi» aytilgan. Demak, Fransiya hukumati delegatsiyasining ayni safari mana shu narsalarga qaratilganligi shubhasiz.

Ammo shuni ta’kidlamoq lozimki, Jazoir harbiy va xavfsizlik darajasida o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida 2023 yil budjeti uchun «dastlabki» qonun loyihasini ishlab chiqib, ma’qullash uchun parlamentga yubordi. Unga ko‘ra, bu yurtning mudafaa buyudjeti uning tarixida eng katta summani, 23 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgidan deyarli uch barobar ko‘p. Ammo Jazoir hozirda AQSH ma’muriyatining bilvosita yirik siyosiy bosimiga uchramoqda. Tobora kuchayib borayotgan ushbu bosimga uning Afrikaning Janubiy Sahro davlatlaridagi roli bo‘lsa, yana bir sabab Ukraina urushiga nisbatan egallagan pozitsiyasi va Rossiya bilan xususan, qurol savdosi bitimi mavzusida bo‘lib kelgan tarixiy aloqalaridir. Amerika shuningdek, hozirgi sharoitda Yevropa davlatlari (xususan, Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniya)ning o‘z energiya manbalarini rivojlantirishlarini hamda Amerika istagidan va mojaro maqsadlaridan tashqarida rus gaziga muqobil yo‘l topishini istamayapti. Chunki Amerika Ukrainadagi urush orqali Yevropani o‘ziga bo‘ysundirib olishni, uni o‘zining soyasida va NATO mudofaasida ushlab turishni, Yevropaning xalqaro mustaqil raqobatchi qutbga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslikni rejalashtirgan. Shuningdek, Rossiyani moliyaviy va iqtisodiy blokada qilib, harbiy jihatdan holdan toydirmoqchi. Darvoqe, AQSH kongressida Jazoirning pozitsiyasiga keskin norozilik bildirilib, Rossiyadan qurol sotib olishni oshirish orqali Putinni pul bilan ta’minlagani uchun uni jazolash kerakligiga ishora qilish darajasiga yetgan ovozlar yangradi. Aftidan, bu bir siyosiy harakat bo‘lib, undan Jazoirning Yevropa bilan, xususan Fransiya bilan aloqasida muammolarni paydo qilib uni chalkashtirish hamda ayni sharoitda unga kuchli bosim o‘tkazish ko‘zlangan. Fransiya 2020 yilda Jazoirga qaytargan bir qator bosh suyaklarning kimlarga mansubligiga bilan bog‘liq 2022 yil 17 oktabrda Nyu-York Tayms gazetasida chop etilgan maqola shov-shuvli janjallarni keltirib chiqardi. Gazetaning yozishicha, bu bosh chanoqlarining hammasi ham mustamlakachilik davridagi jazoirlik inqilobchilar va mujohidlardan iborat xalq harakati askarlariga tegishli bo‘lmagan. 24ta bosh chanog‘idan 18tasini ikki davlat o‘rtasidagi «xotira ishi» bo‘yicha Fransiya bilan munosabatlarni qayta tiklash doirasida 2020 yil 26 iyun shartnoma asosida Jazoir Fransiyadan qaytarib olgan. Ammo, bu qoldiqlarning asli-shaxsi aniqlanmagani aytilsa-da, biroq, aslida, ular qamoqqa tashlangan o‘g‘rilarga hamda Fransiyaga yordam bergan va uning armiyasida xizmat qilgan jazoirlik piyoda askarlarga tegishli bo‘lgan.

Tabiiy savol tug‘iladi: mustamlakachi G‘arb davlatlari Jazoir va mintaqadagi boshqa davlatlardan, qolaversa, butun musulmon yurtlaridagi mavjud davlatchalardan o‘zlariga mute bo‘lgan rejimlar orqali o‘z manfaati  yo‘lida qachongacha foydalanadi?! Javob shuki, butun musulmonlarni o‘z bag‘riga olib, asrlar davomida ularni boshini bir qilib kelgan Xalifalik davlati ketgach, o‘shandan beri Islom Ummati o‘ziga yot vaziyatga tushib qoldi va bu bo‘linish, parchalanish, ixtilof va zaiflikda o‘z aksini topmoqda. Shuning uchun Ummat qaytadan Alloh Subhanahu va Taolo rozi bo‘ladigan Islomning aziz va kuch-qudrat qanoti ostiga, Islom davlati va shariati soyasiga kirmog‘i darkor. Bu loyiha Islom Ummatini o‘zining tabiiy o‘zaniga qaytarish uchun Hizb ut-Tahrir ko‘tarib chiqayotgan loyihadir.

Roya gazetasining 2022 yil 2 noyabr chorshanba kungi 415-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.