2023 yilgi Sudan budjeti loyihasi haqida

100
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

2023 yilgi Sudan budjeti loyihasi haqida

Ustoz Nosir Rizo (Abu Rizo)

Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi

markaziy aloqalar qo‘mitasi raisi

Budjet loyihasi – bu davlat tomonidan kelgusi yilda uning daromad va xarajatlari bo‘yicha taqdim etiluvchi taklifdir. Budjet esa yil oxirida taqdim etiladi hamda daromad va xarajatlarning haqiqiy raqami hisoblanadi. Budjet loyihasi yil boshlanmasdan turib taqdim etiladi va tasavvur qilingan, hali amalga oshirilmagan kutilayotgan daromad va xarajatlarni anglatadi. 2022 yil 3 oktabrda Sudan moliya vaziri Jibril Ibrohim ayni sohaning texnik mutaxassislari qo‘mitasi bilan uchrashdi. Biz ushbu budjet loyihasini o‘rgansak, budjetning o‘zi Inqoz hukumatining so‘nggi ikki yil ichidagi qilmishlarini tasdiqlab turganiga guvoh bo‘lamiz.

Sudan hukumati o‘z ishlarini Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Bankiga to‘liq topshirgach, 2018 yil uchun budjet belgiladi. 2018 yil yurt ahli boshdan kechirgan eng qora yil edi, chunki o‘shanda narx-navo aql bovar qilmas darajada ko‘tarildi va Inqoz hukumatining yiqilishini tezlatib berdi. O‘tish davri hukumati kelgach, hukumat mustamlakachilarning yana o‘sha malaylari – sobiq bosh vazir Abdulloh Hamduk va moliya vaziri Ibrohim Badaviylar – tomonidan boshqarildi. Bu ikki kimsaning avtobiografiyasi ularning o‘nlab yillar Xalqaro Valyuta Fondining qo‘g‘irchoqlari sifatida mustamlakachilik xizmatkorlari bo‘lishganini, aytib turibdi. O‘tish davri hukumati Sudan valyutasi kursini erkinlashtirish bilan ayni jinoyatga jinoyat qo‘shdi. Uning qiymati keskin suratda tushib ketib, inflyatsiyaning ikki barobarga oshishiga va narx-navoning ko‘tarilishiga olib keldi. Ibrohim Badaviyning oylik maoshni 600 %ga oshirishi va bu katta miqdorda naqd pulni talab qilishi esa, dard ustiga chipqon bo‘ldi.

2023 yil uchun taklif qilingan budjetni ko‘rib chiqib, quyidagilarni aniqladik:

Taklif etilayotgan budjet loyihasining umumiy yo‘nalishlaridagi birinchi band: Valyuta kursini barqarorlashtirish va inflyatsiya sur’atini pasaytirish orqali mustahkam iqtisodiy barqarorlikka erishish. Bu hukumating g‘irt yolg‘on va uydirma iddaosidir. Chunki u ko‘p miqdorda naqd pul to‘kib, ming junayh miqdorida nominal naqd valyuta chop etar emish. Axir, bu qadam valyutaning qadrsizlanishi, kursning osmono‘par darajaga chiqib ketishi, demakdir va bu iqtisodiyotda hammaga yaqqol ma’lum narsadir!

Umumiy direktivalarga kelsak, ular yalpi ichki mahsulotlardagi fiskal va soliq harakatlari stavkalarini mintaqaviy darajada ko‘tarishni aytishadi. Albatta, bu kapitalistik tuzum jinoyatlaridan biri. Chunki kapitalistlar davlatning yalpi ichki mahsulotdan oluvchi soliq stavkasi kamida 15 % bo‘lishi kerak, degan qarorga kelganlar. Sudan moliya vaziri va soliq inspeksiyasi direktori yurtda yalpi ichki mahsulotning soliq stavkasi 7 %dan oshmasligini da’vo qilyapti. Demak, bu Sudan ahlini soliqlar yukini yana ikki barobarga oshirish, narxlarni ko‘tarish, inflyatsiya darajasini oshirish va valyuta kursini pasaytirish kabi ishlar kutib turganini anglatadi.

Uchinchi bandda tang ahvoldagi hukumat bo‘linmalari haqida qarorlar qabul qilingani aytilgan. Bu esa, davlat manfaatlari va davlat bo‘linmalarining yanada ko‘proq xususiy sektor foydasiga xususiylashtirilayotganiga, shu tariqa subyektlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish o‘rniga ularning manfaatini foyda ko‘rish jarayoniga aylantirilayotganiga dalolat qiladi.

Hukumatning mustamlakachilik manfaatiga malaylik qilayotganiga yana bir dalil: Umumiy direktivalar haqidagi bandda xorijiy sarmoyani rag‘batlantirish va barcha sohalarda qonunchilikdagi protsessual to‘siqlarni olib tashlash aytilgan… Bu mustamlakachilarning Sudan boyliklari va resurslarini o‘g‘irlashlariga ochiqdan-ochiq yo‘l qo‘yib berish demakdir.

Budjet loyihasining ikkinchi bandidagi «resurslarni ko‘paytirish uchun yangi real daromad manbalarini ishlab chiqish», degan joyi uning eng katta qoralanadigan joyi bo‘ldi. Bu loyiha bo‘yicha yangi-yangi vositalar o‘ylab topilib, shu orqali davlat kirimlarini ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘linadi, deganni anglatadi. Misol uchun, iflos kapitalistik mentalitetning o‘ylab topgan kashfiyotlaridan biri shu bo‘ldiki, Sudan hukumati yurtdagi tilanchilarga qarshi hibsga olish kampaniyasi o‘tkazdi va har bir tilanchiga kuniga 2000 junayh to‘lov belgiladi.

Ikkinchi bandga ko‘ra, shuningdek, davlat mahalliy neft mahsulotlaridan olinadigan daromadni ko‘paytirmoqda va buning uchun neft narxiga qo‘shimcha soliq va yig‘imlar belgilamoqda… odamlarga yetkazib berish bepul bo‘lishi o‘rniga yig‘imlar odamlar bo‘yniga tushyapti va bu bilan davlat mollarni o‘g‘irlayapti.

Shuningdek, yettinchi va sakkizinchi bandlarda davlat organlari uchun ma’muriy to‘lovlarning va xizmatlar uchun to‘lovlarning turlari haqida gap ketadi. Shu bilan birga, davlat muassasalariga bojxona va ishlab chiqarish yig‘imlari va boshqalarni yuklaydi. Vaholanki, aslida hukumat muassasalari foyda keltiradigan emas, xizmat ko‘rsatadigan muassasalardir. Taklif qilingan ushbu budjetda «davlatga qarashli kompaniyalar shug‘ullanadigan bizneslar uchun bojxona to‘lovlari daromad tijorati asosida solinadi, xizmat ko‘rsatish asosida emas», deyilgan. Bu esa odamlar qiyinchiligini yana oshiradi va narxlarni yanada ko‘taradi. Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

«مَنْ دَخَلَ فِي شَيْءٍ مِنْ أَسْعَارِ الْمُسْلِمِينَ لِيُغْلِيَهُ عَلَيْهِمْ فَإِنَّ حَقّاً عَلَى اللَّهِ تَبَارَكَ وَتَعَالَى أَنْ يُقْعِدَهُ بِعُظْمٍ مِنْ النَّارِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ»

«Kimda-kim musulmonlarning narxlariga aralashib, qimmatlashtirsa, Alloh Taboraka va Taolo qiyomat kuni uni do‘zax oloviga o‘tqazishga haqqi bor».

Shuningdek, birinchi bandda yoqilg‘i, elektr energiyasi, suv, kanalizatsiya va boshqalar uchun narxlar tovarlarni yetkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarning taklifiga muvofiq belgilanishi aytilgan. Bu banddan davlatning odamlar hayotining eng muhim masalalarida ishlarini g‘axo‘rlik bilan boshqarishdan ochiqdan-ochiq bo‘yin tovlayotgani, o‘z navbatida, bu ularning yaralariga tuz sepib, azob-uqubatlariga qo‘shimcha bo‘layotgani ko‘rinib turibdi. Rosululloh ﷺ

«يَسِّرُوا وَلاَ تُعَسِّرُوا»

«Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar», deya marhamat qilganlar. Oisha roziyallohu anho rivoyat qilgan hadisda

«اللَّهُمَّ مَنْ وَلِيَ مِنْ أَمْرِ أُمَّتِي شَيْئاً فَشَقَّ عَلَيْهِمْ فَاشْقُقْ عَلَيْهِ وَمَنْ وَلِيَ مِنْ أَمْرِ أُمَّتِي شَيْئاً فَرَفَقَ بِهِمْ فَارْفُقْ بِهِ»

«Allohim, kim Ummatim ishiga boshliq bo‘lib, ularga mashaqqat qilsa, Sen ham ularga mashaqqat qil, kim Ummatim ishiga boshliq bo‘lib, ularga yengillik qilsa, Sen ham ularga yengillik qil», deganlar.

Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, musulmon yurtlaridagi hukumatlar tatbiq qilayotgan kapitalistlik tuzum budjeti Ummatning boylik va resurslarni o‘g‘irlash va tugatishdan boshqa narsa emas, bunga xoin va malaylardan boshqasi qo‘l urmaydi. Ular haqida Jeykob Rotshild bundan deya to‘g‘ri aytgan: «Ular tepasiga shunday hukmdorlarni qo‘yyapmizki, o‘zlari o‘z xalqlari boyliklarini talab, ularni AQSH va G‘arblarga joylashyapti… Qachon xalqlari ularga qarshi chiqishsa, o‘zlarining mollaridan o‘zlariga kreditlar beryapmiz. Buning uchun biz oralaridan bizga xizmat qiladigan odamlarimizni moliya vaziri qilib qo‘ysak-kifoya. Keyin ular bizdan olgan kreditlarni sudxo‘rlik foizlari bilan bir necha barobar qilib qaytarishadi». Kofirlar mollarimizni bir necha barobar qilib olishyapti va tinimsiz bizni talashmoqda. Bunday halokatli vaziyatdan chiqmoqning birdan-bir yo‘li bugungi xoin malay rejimlarini ag‘darib, Nabiy ﷺ bashorat qilgan va vaqti kelib qolgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasida islomiy boshqaruvni barpo etmoqdan iboratdir.

Roya gazetasining 2022 yil 2 noyabr chorshanba kungi 415-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.