Musulmon oilani buzish dinni badnom qilishdir

49
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Musulmon oilani buzish dinni badnom qilishdir

Ustoz Said Karamiy

Oisha dan rivoyat qilinishicha, Rosululloh ﷺ

«إِذَا ظَهَرَ السُّوءُ فِي الْأَرْضِ أَنْزَلَ اللَّهُ بِأَهْلِ الْأَرْضِ بَأْسَهُ»

«Agar yer yuzida gunoh ishlar aniq ko‘rinib tursa, Alloh butun yer ahliga o‘z azobini tushiradi», dedilar. Oisha onamiz «ular orasidagi Alloh Azza va Jalaga itoat qilganlarga hammi?», deya so‘radilar. Ul zot

«نَعَمْ، ثُمَّ يَصِيرُونَ إِلَى رَحْمَةِ اللَّهِ تَعَالَى»

«Ha, keyin ular Alloh Taoloning rahmatiga qovushajaklar», dedilar. (Imom Ahmad rivoyati).

Musulmonlarning o‘g‘il-qizlari, oilalari, jamiyatlari, qadriyatlari va namunaviy axloqlariga qaratilgan shiddatli hujumlar ushbu masalada qo‘lga qalam olishga undadi. Siyosatchi va yetakchilar orasidagi ko‘zga ko‘ringan jinoyatchilar to‘dasi Islom va musulmonlarga, Islomdan balqib chiqqan iffat, poklik va or-nomusga qarshi jadal va ketma-ket dasturlar ishlab chiqish ustida ishlashyapti. Ularning maqsadi bizni buzuqlik va razolatga botirishdir.

﴿وَدُّواْ لَوْ تَكْفُرُونَ كَمَا كَفَرُواْ فَتَكُونُونَ سَوَاءً فَلَا تَتَّخِذُواْ مِنْهُمْ أَوْلِيَاءَ﴾

«Ular o‘zlari kofir bo‘lganlari kabi sizlarning ham kofir bo‘lib, ular bilan barobar bo‘lib qolishingizni istaydilar, bas, ulardan hech birini do‘st tutmang»         [Niso 86]

Madaniyat, hazorat va fuqarolik nomi ostida ishlab chiqilayotgan bunday dasturlar bevosita BMTga tegishli. Dastur ijrochilari esa, musulmon yurtlaridagi malay boshqaruv rejimlaridagi rahbar va hukmdorlardir. Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ ularni ruvaybizalar, ya’ni ommaning ishi to‘g‘risida gap sotadigan past-razil kimsalar, deb ataganlar. Ruvaybizalar osiy ishlar bilan g‘ururlanishadi, munkar qilmishlar bilan faxrlanib, ularni himoya qilishadi. Bu ularni xorlikka yetakladi. Xorlik qalblarida muhrlanib qoldi. Zero, har qanday dayuslikka olib boruvchi fahsh ishni targ‘ib qilib, ota va akani o‘z opa-sinlisini, erning o‘z xotinini rashk qilishdan nari qilishdi. Buning uchun ota va aka tomonidan keluvchi «oilaviy zo‘ravonlik», nomi ostida qonunlar ishlab chiqishdi… Shu bilan Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning Sunnatlari matniga ochiq qarshi chiqishdi. Hatto dinimizni zo‘ravonlik va terrorchilikda ayblab, shariat zamonga mos kelmaydi, G‘arb hazorati va yangizamon madaniyatiga javob bermaydi, deyishdi! Axir, Alloh Taolo

﴿وَاللَّاتِي تَخَافُونَ نُشُوزَهُنَّ فَعِظُوهُنَّ وَاهْجُرُوهُنَّ فِي الْمَضَاجِعِ وَاضْرِبُوهُنَّ فَإِنْ أَطَعْنَكُمْ فَلَا تَبْغُوا عَلَيْهِنَّ سَبِيلاً﴾

«Xotinlaringizning itoatsizligidan qo‘rqsangiz, avvalo ularga pand-nasihat qilinglar. So‘ng (ya’ni nasihatlaring kor qilmasa) ularni yotoqlarda tark qilingiz (ular bilan bir joyda yotmang, yaqinlashmang). So‘ngra (ya’ni shunda ham sizlarga bo‘ysunmasalar) uringlar. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar»              [Niso 34]

demoqda, Rosululloh ﷺ oilani ichkaridan himoya qilib,

«مُرُوا أَبْنَاءَكُمْ بِالصَّلَاةِ لِسَبْعٍ، وَاضْرِبُوهُمْ عَلَيْهَا لِعَشْرٍ، وَفَرِّقُوا بَيْنَهُمْ فِي المَضَاجِعِ»

«Farzandlaringizni yetti yoshda namozga buyuringlar. O‘n yoshda (uni ado etmasalar) ularni uringlar. Ularning yotoqlarini bir-birlaridan ajratib qo‘yinglar», deya marhamat qilmoqdalar.

Dayuslik bu siyosatchi va yetakchilarning mazhabiga, uyatsizlik va yarim-yalang‘ochlik  diniga aylanib qoldi… va shu bilan Alloh Taoloning jannatidan, hatto uning bo‘yidan ham mahrum bo‘lishdi. Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

«ثَلَاثٌ لَا يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ وَلَا يَنْظُرُ اللَّهُ إِلَيْهِمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ: الْعَاقُّ وَالِدَيْهِ، وَالْمَرْأَةُ الْمُتَرَجِّلَةُ الْمُتَشَبِّهَةُ بِالرِّجَالِ، وَالدَّيُّوثُ»

«Uch kimsa jannatga kirmaydi va Alloh qiyomat kuni ularga qaramaydi: ota-onasiga oq bo‘lgan kimsa, erkakka o‘xshab olgan ayol va dayus». (Imom Ahmad rivoyati). Rosululloh ﷺ yana marhamat qilganlar:

«إِنَّ اللَّهَ يَغَارُ، وَإِنَّ الْمُؤْمِنَ يَغَارُ، وَغَيْرَةُ اللَّهِ أَنْ يَأْتِيَ الْمُؤْمِنُ مَا حَرَّمَ عَلَيْهِ»

«Alloh rashk qiladi, mo‘min rashk qiladi. Alloh mo‘minning Alloh harom qilgan ishga qo‘l urishidan rashk qiladi». (Imom Muslim va imom Buxoriy rivoyati).

Ushbu ikki hadisga nazar tashlasak, ularning hujumlari Allohu Robbul olaminning vahiysiga qaratilganiga ochiq guvoh bo‘lamiz. Zotan, atrofga boqsak, bu kabi feministik tashkilotlar faollashib borayotganiga, ayollarning yozgi lagerlarga, ommaviy plyajlarga borishayotganiga, mahramsiz safarlarga chiqishayotganiga, yasan-tusan qilgan, yarim yalang‘och, erkaksifat, jilovsiz va hadsiz ayollar tobora ko‘payayotganiga, xotin-qizlarning otalik, akalik, erlik qadriyatlarini mensimay, itoatsiz bo‘lib qolishganiga, aksincha, ularni buzishga urinayotgan (tashkilot va muassasa)larga itoatgo‘y bo‘lib qolishganiga guvoh bo‘lyapmiz… Yigitlarning yirtilgan shimlar kiyib, bo‘yinlariga, quloqlariga, hatto burunlariga oltin va kumush taqinchoqlar taqib olishganini ko‘ryapmiz… Bularning barchasi aytib, sanab, tugatib bo‘lmaydigan qilmishlar bo‘lib, Robbul olaminning diniga hujum va suiqasddir. Chunki bu Allohning ehtiromli narsalarini oyoq-osti qilish, ahkomlarini bekor qilib, erkinlik, madaniyat va demokratiya da’vosi bilan ularni yo‘q qilishdan o‘zga narsa emas! Olam Robbisi Alloh bunday ziynat va lazzatlar haqida shunday deydi:

﴿وَإِنْ كُلُّ ذَلِكَ لَمَّا مَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَالْآخِرَةُ عِنْدَ رَبِّكَ لِلْمُتَّقِينَ * وَمَنْ يَعْشُ عَنْ ذِكْرِ الرَّحْمَنِ نُقَيِّضْ لَهُ شَيْطَاناً فَهُوَ لَهُ قَرِينٌ * وَإِنَّهُمْ لَيَصُدُّونَهُمْ عَنِ السَّبِيلِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ مُهْتَدُونَ﴾

«Zero bularning barchasi faqat hayoti dunyo matolaridir. Oxirat esa Robbingiz nazdida taqvodor zotlar uchundir. Kim Rahmonning eslatmasidan ko‘r bo‘lib olsa-yuz o‘girsa, Biz unga shaytonni yaqin qilib qo‘yurmiz, bas u o‘sha (kofirga doimiy) hamroh bo‘lur. Shak-shubhasiz (shaytonlar, kofirlarni To‘g‘ri) yo‘ldan to‘surlar, (ammo kofirlar) o‘zlarini hidoyat topguvchilar, deb hisoblaydilar»

                [Zuxruf 35-37]

Qadrli o‘quvchi! Biz ularning shunday buzuqlik va buzg‘inchiliklariga qarshi turish uchun, shuningdek, dinimiz va Alloh Azza-Jallaning shariatini badnom qilishlariga, habibimiz Muhammad ﷺning sunnatlarini o‘chirishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun albatta reja va uslublarini fosh etmog‘imiz, ularga bevosita va ochiq qarshi chiqmog‘imiz lozim. Chunki endi ular bizga qarshi parda ortidan kurashmayaptilar, aksincha, ularning bizga qarshi kurashi dinimiz, kuch-qudratimiz, hurmat-izzatimiz, qadriyatlarimiz va oliyligimizga qaratildi. Alloh Taolo bizga bularning barchasiga qattiq amal qilishni buyurib, bunday dedi:

﴿فَاسْتَمْسِكْ بِالَّذِي أُوحِيَ إِلَيْكَ إِنَّكَ عَلَى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ * وَإِنَّهُ لَذِكْرٌ لَكَ وَلِقَوْمِكَ وَسَوْفَ تُسْأَلُونَ﴾

«Bas, siz o‘zingizga vahiy qilingan narsani Qur’onni mahkam ushlang! Albatta, siz to‘g‘ri yo‘ldadirsiz. Albatta u (Qur’on) siz uchun ham, qavmingiz-Ummatingiz uchun ham bir sharafdir va yaqinda (Qiyomat kunida bu ne’mati ilohiya xususida) so‘ralursizlar»   [Zuxruf 43-44]

Bizning imonimiz ziyoda bo‘lishi va biz haqiqiy mo‘minlik sifati bilan ajralib turishimiz uchun, Alloh bizni vahiyga amal qilishga, Alloh va Rosuliga itoat etishga hamda dinimizni yaxshi ko‘rib, qadrlashimizga va unga ehtirom bilan munosabatda bo‘lishimizga buyurmoqda. Alloh Taolo bunday dedi:

﴿وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ * إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ الَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ اللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَإِذَا تُلِيَتْ عَلَيْهِمْ آيَاتُهُ زَادَتْهُمْ إِيمَاناً وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ * الَّذِينَ يُقِيمُونَ الصَّلَاةَ وَمِمَّا رَزَقْنَاهُمْ يُنْفِقُونَ * أُولَئِكَ هُمُ الْمُؤْمِنُونَ حَقّاً لَهُمْ دَرَجَاتٌ عِنْدَ رَبِّهِمْ وَمَغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ﴾

«Agar mo‘min bo‘lsangizlar, Alloh va Rosuliga itoat qilingiz! Faqat Alloh (nomi) zikr qilinganida qalblariga qo‘rqinch tushadigan, Uning oyatlari tilovat qilinganda iymonlari ziyoda bo‘ladigan va Robbilarigagina suyanadigan kishilar (haqiqiy) mo‘minlardir. Ular namozni barpo qiladilar va Biz ularni bahramand qilgan narsalardan infoq-ehson etadilar. Ana o‘shalar haqiqiy mo‘minlar bo‘lib, ular uchun Robbilari huzurida (ya’ni jannatda, yuksak) darajalar, mag‘firat va ulug‘ rizq bordir»                [Anfol 1-4]

Dinga qarshi bunday hujumni amalga oshirayotganlar Alloh haqida o‘zlari bilmagan narsalarni gapirayotgan va dunyoni vayron etish uchun o‘zlarini unga iloh qilib olgan kimsalardir. Sahihi Muslimda Jobir dan Rosululloh ﷺning bunday deganlari rivoyat qilingan:

«إِنَّ إِبْلِيسَ يَضَعُ عَرْشَهُ عَلَى الْمَاءِ ثُمَّ يَبْعَثُ سَرَايَاهُ، فَأَدْنَاهُمْ مِنْهُ مَنْزِلَةً أَعْظَمُهُمْ فِتْنَةً، يَجِيءُ أَحَدُهُمْ فَيَقُولُ: فَعَلْتُ كَذَا وَكَذَا، فَيَقُولُ: مَا صَنَعْتَ شَيْئاً! قَالَ: ثُمَّ يَجِيءُ أَحَدُهُمْ فَيَقُولُ: مَا تَرَكْتُهُ حَتَّى فَرَّقْتُ بَيْنَهُ وَبَيْنَ امْرَأَتِهِ. قَالَ: فَيُدْنِيهِ مِنْهُ وَيَقُولُ: نِعْمَ أَنْتَ»

«Iblis arshini dengiz ustiga o‘rnatib, askarlarini (fitna tarqatgani) yuborib turadi. Askarlaridan Iblisga eng yaqini-hurmatlisi eng ko‘p fitna chiqaruvchisidir. Ulardan biri kelib, men falon-piston ishlarni qildim, deydi. Iblis – sen hech narsa qilmabsan, deya javob beradi! Keyin boshqa biri kelib, men insonni hech qo‘ymay-qo‘ymay oxiri xotini bilan ajrashtirib yubordim, deydi va bu bilan Iblisga yaqin bo‘ladi. Iblis unga – juda yaxshi ish qilibsan, deydi».

Musulmon birodarim, e’tibor bering, oilani buzish, er-xotinni ajrashtirish, farzandlarni boshpanasiz qoldirish, shuningdek, yuksak qadriyatlar, fazilat, iffat va poklikni yemirish eng yomon fitnadir.

Ey musulmonlar!

Bu shiddatli kurashlarga yetarlicha qarshi turishga Xalifalik davlati va uning Islom da’vatini yetkazgan va daxlsizliklarini himoya qilgan qo‘shinlaridan boshqasi qodir emas. Har bir musulmon

«كُلُّكُمْ رَاعٍ وَكُلُّكُمْ مَسْئُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ…»

«Har biringiz boshqaruvchidir va har biringiz qo‘l ostidagilariga javobgardir», deyilgani kabi, o‘z javobgarligiga qayg‘urmog‘i, zimmasidagi Islom yuklagan omonatga rioya qilmog‘i va dinimizni badnom qilib, uni vayron etishga qaratilgan mazkur dasturga qarshi kurashmog‘i darkor. Ushbu kurash erkagu ayol barcha Ummatga farzdir. Hammadan bu ruvaybiza hukmdorlarga qarshi chiqish talab qilingan. Chunki ular na dinni hurmat qilishni biladilar, na or-nomusni qadrlaydilar. Ya’ni turgan-bitganlari yomonlik bo‘lib, haqiqiy xavf-xatar ana shulardir. Agar ularga qarshi turmasak, Alloh Taoloning azobi bizga ham yetadi. Rosululloh ﷺ bunday deganlar:

«مَا مِنْ قَوْمٍ يُعْمَلُ فِيهِمْ بِالْمَعَاصِي هُمْ أَعَزُّ مِنْهُمْ وَأَمْنَعُ لَا يُغَيِّرُونَ إِلَّا عَمَّهُمْ اللَّهُ بِعِقَابٍ»

«Biror xalq orasida osiyliklar sodir bo‘layotgan bo‘lsa, ular qodir va kuchli bo‘la turib, ularni o‘zgartirmasalar, Allohning azobi barchalariga barobar yetishi muqarrardir». (Ibn Moja).

Roya gazetasining 2022 yil 2 noyabr chorshanba kungi 415-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.