Afg‘oniston: AQSh qo‘shinlari 11 sentyabrgacha qoladi

471
0

Afg‘oniston: AQSh qo‘shinlari 11 sentyabrgacha qoladi

Amerika prezidenti Jo Bayden AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan 11 sentabrgacha olib chiqadigan bo‘ldi. Bu haqida AQSh axborot vositalari xabar tarqatdi. 14 aprel kuni Jo Bayden o‘z tvitter sahifasida “Bugun kechqurun Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlanganini e’lon qilaman” deya yozdi.  Ayni paytda, Tolibon vakili, agar xorijiy kuchlar chiqib ketmasa, toliblar Turkiyadagi muzokaralarda ishtirok etmasligini bildirdi.

20 yil davom etgan Afg‘oniston urushida Tolibon ko‘plab mintaqalarda o‘z ta’sirini saqlab qoldi, AQSh qurol kuchi bilan g‘alaba qozona olmadi. NATOning bayonoti ham AQShning ushbu muvaffaqiyatsizligini tasdiqlab turibdi. “Afg‘onistonda harbiy yo‘l bilan echiladigan masala qolmadi” deyiladi bayonotda. Shuning uchun AQSh o‘zining mag‘lubiyatini muvaffaqiyatga aylantirish uchun siyosiy hiyla bilan Toliblarni xalqaro hamjamiyatga va muzokaralarga jalb qilmoqda. Aytib o‘tish lozimki, 2020 yil fevral oyida AQSh va Tolibon o‘rtasida erishilgan kelishuvga binoan barcha xorijiy qo‘shinlar 2021 yilning 1 mayigacha Afg‘onistonni tark etishi shart edi. Biroq, bugungi kunda Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni 11 sentyabrgacha uzaytirayotgani aniq bo‘ldi. Bu nimadan darak beradi, Amerika istagan vaqtda o‘z manfaatlariga ko‘ra turli bahonalar bilan shartnomalarni buzishi mumkin. Shuningdek bu, AQSh o‘z kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqishni ataylab kechiktirayotganidan dalolat beradi.

Shunga ko‘ra aytish mumkinki, AQSh Tolibon bilan shartnoma imzolash orqali Afg‘onistonni tark etish niyatida emas. Aksincha, bu kelishuv va muzokaralar orqali Tolibonni hamkorlikka jalb qilishga intilmoqda. AQSh Tolibonni xalqaro hamjamiyatga jalb qilish va uni AQShning siyosiy qarorlariga yo‘naltirishga intilmoqda. Shunday qilib, AQSh Afg‘onistonda mag‘lub bo‘ldi, ammo mag‘lubiyatini g‘alabaga aylantirish uchun jon jahdi bilan harakat qilmoqda.

Horun Abdulhak

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.