Uchinchi qonunchilik saylovlari Falastin masalasini yo‘q qilishga qaratilgan navbatdagi sahna o‘yinidir

265
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Uchinchi qonunchilik saylovlari Falastin masalasini yo‘q qilishga qaratilgan navbatdagi sahna o‘yinidir

Muborak Falastin zaminida faoliyat qilayotgan Hizb ut-Tahrir yurt saylovlarida bo‘lajak siyosiy voqelikka baho berar ekan, bu saylovlarda kim g‘olib chiqishidan qat’iy nazar, natijalari Islom dushmanlarining maqsadiga olib borajagini ta’kidladi. Hizbning 2021 yil 23 mart seshanba kuni nashr qilingan matbuot bayonotida ayni saylovlardagi figuralar haqida quyidagilar ta’kidlandi:

«Falastin ma’muriyati yahudiy vujudi bilan xavfsizlik masalalarini muvofiqlashtirishni muqaddas deb bilmoqda. Islomga dushman bo‘lgan regional davlatlar bu vujudga homiylik qilishmoqda. Harakatlar va tashkilotlar uning soyasi ostida harakat qilib, u to‘lagan iflos pullar evaziga tirikchilik qilmoqda…».

Bayonotda muborak zamin ahliga quyidagicha murojaat qilindi:

«Biz ushbu saylovlarga vakolat berish va ishonch bildirish jihatidan to‘xtalmaymiz. Zero, Alloh harom qilgan ishlarda vakolat berish U Zotning g‘azabini qo‘zg‘ovchi gunohdir. Ammo biz siyosiy jihatga to‘xtalamiz. Toki, yurtning siz kattayu kichik ahli shuni bilib qo‘yingki, bunday saylovlarda ishtirok etish gunohi azim bo‘lib, bu bilan Alloh va Rosulining dushmanlari olib borayotgan makr va xiyonat ishiga sherik bo‘linadi. Amerika Islom Ummati uning kishanlaridan butunlay qutulish arafasiga kelib qolganini bilyapti. Yirik davlatlardagi katta jinoyatchilar ham Xalifalik barpo bo‘lishi vaqt masalasiga aylanganini tamoman anglamoqdalar. Bizning Allohning nusratiga bo‘lgan ishonchimiz Uning o‘ziga bo‘lgan imonimizdan balqib chiqqan. Ushbu muborak zamin ahliga bo‘lgan ishonchimiz dinimizga bo‘lgan ishonchimizdan kelib chiqqan. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik Alloh Subhanahuning va’dasi va Rosuli ﷺning bashoratidir. Bas, Allohga ishoning, uning mustahkam arqonini mahkam ushlab, saylovlar va uning tepasida turganlarning jinoyat arqonini uzib tashlang.

Roya gazetasining 2021 yil 31 mart chorshanba kungi 332-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.