G‘arb hazorati «samara»laridan: Frantsiya Ruandadagi genotsidning ulkan javobgarligini bo‘yniga olmoqda

282
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

G‘arb hazorati «samara»laridan: Frantsiya Ruandadagi genotsidning ulkan javobgarligini bo‘yniga olmoqda

Al-Jazira net sayti (hijriy 1442 yil 13 sha’bon, milodiy 2021 yil 26 mart juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Bir rasmiy hisobot xulosasiga ko‘ra, Frantsiya Ruandadagi 1994 yilgi Tutsi etnik ozchiligiga qarshi sodir etilgan genotsid jinoyati javobgarligini xutu hokimiyati bilan ittifoq qilish orqali o‘z bo‘yniga olmoqda.

Tarixchilar komissiyasi tomonidan prezident Emmanuelь Makronga taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, Frantsiya Ruandaning o‘sha paytdagi prezidenti Jyuvenalь Xabiarimanaga – uning Tutsi ozchiligiga qarshi jinoyatlar sodir etilishini rag‘batlantiruvchi irqchilik siyosatiga qaramay – qasddan davomli tarzda harbiy yordam ko‘rsatib kelgan.

Hisobotda «Tutsi ozchiligiga qarshi genotsidga sabab bo‘lgan hodisalarda asosiy va katta javobgarlik Ruandaga keskin aralashgan Frantsiya zimmasiga tushadi», deyiladi. Hisobot xulosalarida «Frantsiyaning Ruandadagi kamchiligi» haqida so‘z yuritilib, uning genotsidga «sherikligini isbotlovchi hech narsa yo‘q»ligi bidiriladi.

Biroq hisobot Frantsiyani ayni jinoyatlar sodir etilishiga ko‘z yumganlikda aybladi. BMT tomonidan chiqarilgan hisobotga ko‘ra, mazkur qatli omda 800 mingdan ziyod inson nobud bo‘lgan.

Komissiya Frantsiyaning 1990-1994 yillarda sotsialist prezident Frantsua Mitteran qudratda bo‘lgan davrdagi muvaffaqiyatsizliklarga ishora qilar ekan, «Frantsiya o‘sha paytda Ruanda hukumatiga moslashib olgan va o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmagan, o‘zgartirganda esa kech bo‘lgan», dedi».

Roya:

Bu salibchi Frantsiya va kapitalistik hazoratining insoniyatga qarshi sodir etgan jinoyatlari shu qadar hisobsizki, hisobotda aytilgan bu jinoyatlari dengizdan bir tomchi, xolos. Zotan, uning asrlar davomida sodir etgan vahshiy jinoyatlari musulmonlardan oshib, hatto g‘ayrimusulmonlargacha etib borgan. Buning mustamlakachilik qilish va xalqlar qonini ichishdan boshqa sabablari yo‘q. Shuncha jinoyatlardan keyin, Frantsiya va G‘arb rahbarlari qarshimizga chiqib, inson huquqlari va erkinliklar haqida og‘iz ko‘pirtirishmoqda. Bas, ularga ham, ularning insoniyatga xonavayronlik, buzg‘unchilik va buzuqlikdan o‘zga narsa keltirmagan hazoratlariga ham la’nat bo‘lsin.

Roya gazetasining 2021 yil 31 mart chorshanba kungi 332-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.