Qirg‘iz rejimi Islom va musulmonlarga qarshi kurashda o‘zbek rejimi bilan hamkorlik qilmoqda

360
0

Qirg‘iz rejimi Islom va musulmonlarga qarshi kurashda o‘zbek rejimi bilan hamkorlik qilmoqda

«Central Asia Media» veb-saytining 2020 yil 13 oktyabrdagi «Qirg‘iziston O‘zbekistonga yana bir musulmonni topshirdi» sarlavhali xabarida aytilishicha, qirg‘iz rejimi 2020 yil 25 sentyabrda Shuhratbek Karimov Tursunovich ismli musulmon yigitni o‘zbekistonlik zolim rejim qo‘liga topshirdi. 1967 yil 1 oktyabrda Andijon viloyatining Qirg‘iziston bilan chegaradosh rayonida tug‘ilgan bu yigitni qattiq qiynoqlar kutmoqda. Chunki O‘zbekiston rejimi qiynoqqa solish bilan mashhur.

O‘zbek rejimi bu birodarning 1964 yilda tug‘ilgan akasi Shavkatbek Karimov Tursunovichni ham 1999 yil fevralda diniy ayblov bilan qamoqqa tashlagan edi. Tergov chog‘ida uni qattiq qiynoqlarga tutgan. Shavkatbekning yaqinlari adolat talab qilib, inson huquqlari tashkilotlari va prokuraturaga, shuningdek, sudga murojaat qilishgan. Biroq urinishlari bekor ketgan… Shavkatbekka qo‘yilgan ayblov o‘z isbotini topmaganligiga qaramay, sud uni 9 yilga ozodlikdan mahrum qilgan! 2008 yil Shavkatbekning qamoqqa muddati tamomlangach esa, unga yana uch yil qo‘shib berishdi. Uch yil ham tugagandan keyin yana uch yil qo‘shib berishdi!

Shunday qilib, Shavkatbek O‘zbekiston qamoq lagerlarida azob-uqubatlar, vahshiyona qiynoqlar va qo‘shib berishlar bilan 13 yil o‘tkazganidan so‘ng 2012 yil shahid bo‘ldi va jasadi oilasiga qaytarildi. (Biz uni shahid bo‘ldi deb hisoblaymiz. Biroq, hech kimni Allohga gunohdan pok deb, ko‘rsatmaymiz)!

Ularning onasi Saodatxon Karimova esa, farzandidan ayrilishdek bunday og‘ir musibatdan so‘ng og‘ir kasallikka chalindi, keyin bunga yurak xuruji kasalligi ham qo‘shildi va o‘g‘ilning vafotidan olti oy o‘tib, onaizorning dardli yuragi urishdan to‘xtadi.

Shuhratbek Karimovga kelsak, akasidan so‘ng o‘zbek xavfsizlik xizmati tomonidan qattiq taqib ostiga tushdi. Shu sababdan 2003 yil O‘zbekistonni tark qilib, Qirg‘izistonga o‘tishga majbur bo‘ldi. O‘sha yili u Qirg‘izistonda Bo‘riboeva Rohatoy Abubakrsiddiq qiziga uylandi.

Shuhratbekka O‘zbekistonda qolgan oilasiga qaytish nasib qilmadi. O‘shanda qamoqdagi akasi unga yashirin maktub chiqarib, unga «O‘zbekistonga qaytma, qaytgudek bo‘lsang, bular seni ham qattiq qiynoqqa solishni rejalashtirishmoqda», deya tayinlagan edi.

2019 yil sentyabrda Shuhratbek Turkiyaga davolanish uchun ketayotganida Qirg‘iziston poytaxti Bishkek aeroportida qirg‘iz milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan hibsga olindi. Tergov qilinib, uning ishi sudga oshirildi. 2020 yil 3 iyunda uni sudьya Aybek Ernesolu 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish qarorini chiqarib, so‘ng umumiy amnistiya orqali uni «Pervomayskiy» sudi zalidan ozod qildi. Biroq Shuhratbek sud zalidan chiqib ulgurmasidan turib, uni qirg‘iz prokuraturasi talabi asosida yana hibsga olishdi. O‘zbekiston uning ekstraditsiya qilinishini talab qilyapti, Qirg‘iziston uni ekstraditsiya qilish yoki ekstraditsiya qilmaslik masalasini ko‘rib chiqmoqda, degan dastak asosida Shuhratbekni Bishkekdagi vaqtincha hibsda saqlash markazida ushlab turishdi.

2020 yil 7 sentyabrda Shuhratbekning sudi bo‘ldi. O‘zbek rejimining siyosiy mahbuslarga qanchalar vahshiyona munosabatda bo‘lishini butun dunyo bilishiga qaramay, qirg‘iz sudi uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bundan tashqari, Shavkatbekka nisbatan sudda ham ko‘p qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yildi. Masalan, uning o‘z advokati sudga etib kelmasidan turib, sud navbatchi advokatni olib keldi va o‘zining advokatisiz unga hukm chiqardi.

Qirg‘iz rejimi 7 sentyabrda chiqarilgan sud qarori hali kuchga kirmasidan oldin 2020 yil 15 sentyabrdayoq Shuhratbekni O‘zbekistonga o‘tkazib berdi.

Shuhratbekning ayoli Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jeenbekovga maktub yo‘llab, unda erining huquqlari poymol bo‘layotganini izohlab, masalani o‘z nazoratiga olishini va eriga Qirg‘iziston vatandoshligini berishni undan talab qildi. Xususan, Qirg‘izistonda vatandoshlik xorijdan kelgan shaxslarga ularning millati qirg‘iz bo‘lgan taqdirdagina beriladi, Shuhratbekning onasi esa, qirg‘iz edi… Shuhratbekning to‘rt farzandning onasi bo‘lgan ayoli musibatlarning birin-ketin kelishi hamda onasidan ayrilishi ortidan bugun yurak xuruji kasalligiga chalingan. Ammo Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukmdorlarining yuragi esa, toshdek, balki undan ham qattiqdir!

Mana shunday muvofiqlashgan holdagi zulmdan ochiq ko‘rib turibmizki, Qirg‘iziston rejimi O‘zbekiston rejimi bilan Islom va musulmonlarga qarshi urushda hamkorlik qilmoqda. Darvoqe, qirg‘iz hukumati bundan avval ham ko‘plab muhojir musulmonlarni zolim o‘zbek hukumati qo‘liga topshirgan edi.

Bu tog‘ut rejimlarning barchasi Allohning nurini o‘chirishga urinishyapti. Biroq Alloh – garchi kofirlar istashmasa-da – O‘z nurini har tarafga to‘liq yoyishni istaydi. Allohning izni ila, yaqinda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati barpo bo‘lgach, ertaga bu davlat ushbu mazlumlarimiz uchun zolim tog‘utlardan albatta qasos olajak. Ertangi kun uni kutayotgan kishilar uchun yaqindir.

Biz Hizb ut-Tahrir a’zolari esa, musulmonlar qalblariga, asosan, ular orasidagi qudrat ahli dillariga murojaat qilamiz: Ummatlari holiga bir boqsinlar va Alloh Subhanahu ulardan nima amallar qilganlari haqida albatta so‘raydigan va azobdan hech qochib-qutulolmaydigan ertangi og‘ir kunni eslasinlar. Shuning uchun biz bu qudrat va yordam ahlidan zolimlarni qo‘llab-quvvatlashni bas qilishlarini va qayta Islom Ummatining hokimiyati bo‘lmish va’da qilingan roshid Xalifalikni barpo etishlarini talab qilamiz. Bas, agar shunday qilmasalar, u holda, biz Islom Ummati qiyomat kuni ularning raqiblari bo‘lamiz… Alloh ularning o‘rniga ulardan yaxshiroq insonlarni chiqarib beradi. Biz Allohga tavakkal qilamiz. Zero, Alloh Taolo bunday degan:

وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْراً

«Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, (Allohning) O‘zi unga etarlidir. Albatta Alloh O‘zi (xohlagan) ishiga etguvchidir. Darhaqiqat Alloh barcha narsa uchun miqdor-o‘lchov qilib qo‘ygan» [Taloq 3]

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.