«Turkiyaning Hizb ut-Tahrirga qarshi adolatsiz adliyasiga to’xta de!»

366
0

01-11«Turkiyaning Hizb ut-Tahrirga qarshi adolatsiz adliyasiga to’xta de!»

Hizb ut-Tahrir-Turkiya viloyati matbuot konferentsiyasi

2014 yil 18 sentyabr payshanba kuni Hizb ut-Tahrir-Turkiya viloyati Istanbuldagi «Oq kun» mehmonxonasida matbuot konferentsiyasi o’tkazdi. Ushbu konferentsiya 18 sentyabrdan 30 sentyabrgacha o’tkazilayotgan «Turkiyaning Hizb ut-Tahrirga qarshi adolatsiz adliyasiga to’xta deng!», deb atalgan kampaniya doirasida uyushtirildi. Unda axborot vositalari vakillari va fuqaroviy jamiyat tashkilotlari vakillari qatnashdilar.

Hizb ut-Tahrir-Turkiya viloyati matbuot bo’limi raisi Mahmud Kar nutq so’zlab, unda Hizb ut-Tahrir a’zolari Turkiya adliyasi tomonidan qachondan buyon adolatsizliklarga duch kelayotgani haqida qisqacha so’z yuritdi hamda ularga qarshi chiqarilayotgan sud hukmlari qonunga zid repressiv siyosiy hukmlar ekanini bayon qildi, Turkiya hukumatiga, adliya tizimiga, fuqarolik jamiyati tashkilotlariga, axborot vositalariga va barcha musulmonlarga bunday adolatsizlikka nisbatan o’z javobgarliklarini eslatdi.

Chaqirig’imizga binoan matbuot konferentsiyasiga qatnashish va kampaniyani qo’llab-quvvatlashga rozi bo’lib, tashrif buyurganlar orasida quyidagilar bo’ldi:

10363628_1466648840277005_7345857738328804131_nZaifhollar jamiyatidan «To’g’ri xabar» ro’znomasi muxbiri Hasan Sabaz, advokat Hasan O’lcher, «Imkan-der» bosh raisi Murat O’zer, «Mazlum-der» bosh sekretari o’rinbosari advokat Kaya Kartal, advokat Nejib Kibar, «Fatih Akinjilar» jamiyati bosh raisi Mehmet Shaxin, Istanbuldagi Fikriy universitet rektori Mustafa Shotiro’g’lu, «Mazlum-der»ning Istanbul bo’limi raisi Guneyt Sariyashar. Ushbu qatnashchilar xususan Hizb ut-Tahrir a’zolari va ommatan boshqa islomiy tashkilotlarga qarshi turk adliyasi tomonidan sodir etilayotgan adolatsiz mahkamalar haqida bayonot berishdi.

Biz Hizb ut-Tahrir-Turkiya viloyati matbuot bo’limi a’zolari jamoatchilikka shuni bayon qilamizki, 18 sentyabrdan 30 sentyabrgacha davom etadigan ushbu kampaniyamiz faqat boshlanishi, xolos. Biz ayni kampaniya doirasida siyosatchilar, siyosiy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va axborot vositalarini ziyorat qilamiz hamda to bunday adolatsizlikka chek qo’yilmas ekan, ushbu kampaniyamiz yangi-yangi ko’rinishda davom etajak.

Hizb ut-Tahrirning Turkiyadagi matbuot bo’limi

Elektron pochta: bilgi@hizb-turkiye.org

Veb sahifa: www.hizb-turkiye.org

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.