Adolat bo‘lsin

481
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Adolat bo‘lsin

Chunki, Alloh Taolo shunga buyurgan.

Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ ٱللَّهَ يَأۡمُرُ بِٱلۡعَدۡلِ وَٱلۡإِحۡسَٰنِ

«Albatta, Alloh adolatga va chiroyli amallar qilishga buyurur» [16:90]

Alloh Taolo yana aytadi:

إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلۡمُقۡسِطِينَ

«Albatta, Alloh adolat qilguvchilarni sevadi» [5:42]

Adolat to‘g‘risida yana ko‘plab boshqa oyatlar mavjud.

Rosululloh ﷺ dedilar:

«إِنَّ أَحَبَّ النَّاسِ إِلَى اللَّهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَأَدْنَاهُمْ مِنْهُ مَجْلِسًا إِمَامٌ عَادِلٌ، وَأَبْغَضَ النَّاسِ إِلَى اللَّهِ وَأَبْعَدَهُمْ مِنْهُ مَجْلِسًا إِمَامٌ جَائِرٌ»

«Qiyomat kunida Allohga insonlarning eng suyuklisi va Unga yaqini adolatli rahbar bo‘ladi. Allohga insonlarning eng yomoni va olisi zolim rahbar».

Adolat nima? Adolat bu – har bir insonning Alloh Taolo tomonidan belgilangan haq-huquqlarni olishi. Alloh Taolo buni farz qilgan. Fuqarolar bilan davlat o‘rtasidagi muomalada adolat qanday bo‘ladi? Davlat fuqarolar bilan davlat o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, ya’ni qonunlarga muvofiq hukumat fuqarolar haqqini o‘z o‘rniga qo‘ysa adolat qilgan bo‘ladi. Agar bunday qilmasa adolatsizlik qilgan bo‘ladi va bu zulm deb ataladi. Alloh Taolo buni harom qilgan.

Rosululloh ﷺ dedilar:

«مَنْ كَانَتْ عِنْدَهُ مَظْلِمَةٌ لأَخِيهِ فَلْيَتَحَلَّلْهُ مِنْهَا، فَإِنَّهُ لَيْسَ ثَمَّ دِينَارٌ وَلا دِرْهَمٌ مِنْ قَبْلِ أَنْ يُؤْخَذَ لأَخِيهِ مِنْ حَسَنَاتِهِ، فَإِنْ لَمْ يَكُنْ لَهُ حَسَنَاتٌ أُخِذَ مِنْ سَيِّئَاتِ أَخِيهِ فَطُرِحَتْ عَلَيْهِ»

«Kimning zimmasida bir birodariga nisbatan zulm bo‘lsa, dinor va dirham bo‘lmaydigan kun kelmasdan turib bugun undan qutulib olsin. (U kuni) hasanoti bo‘lsa hasanotidan olinadi, bo‘lmasa birodarining gunohlaridan olinib uning ustiga tashlanadi».

To‘g‘ri, Qirg‘iziston Islomiy davlat emas. Shariat g‘ayriislomiy davlatlarda yashovchi musulmonlar uchun ham maxsus hukmlarni belgilab qo‘ygan. Shu sababli biz, Qirg‘izistondagi Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi a’zolari ushbu hukmlarga muvofiq Qirg‘iziston davlati oldidagi majburiyatlarimizni bajarib kelyapmiz. Biroq, davlat bizning haqqimizni ado etish u yoqda tursin, hatto huquqlarimizni poymol etib kelmoqda. Masalan, Hizb da’vatchilari 1999 yildan buyon davlat tomonidan zulm ko‘rib kelishmoqda. Dastlab, garchi Hizb yigitlarining faoliyatlari hech qanday qonunga zid kelmasa ham ularga nisbatan boshqa moddalar bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, ta’qibga olinishdi. 2003 yil 20 avgustda oliy sud hech bir asossiz, boshqacha aytganda, mantiqsiz asoslar bilan hukm chiqarib, Hizb ut-Tahrir partiyasini ekstremistik tashkilot deb topdi va uning faoliyatini taqiqladi. Ana shundan beri Hizb ut-Tahrir da’vatchilari ekstremistlar sifatida ta’qibga olinib, sudlanib, qamoqlarga tashlab kelinmoqda.

Aslida Hizb ut-Tahrir hech qanday ekstremistik tashkilot emas. Masalan, dunyo bo‘yicha ekstremizmning aniq ta’rifi mavjud bo‘lmasa-da, ko‘plab davlatlar «ekstremizm bu – siyosatda haddan tashqari choralardan foydalanish», degan umumiy fikrga kelishgan. Haddan tashqari choralarga – beqarorlik keltirib chiqarish, terroristik hujumlar, davlat to‘ntarishlari va boshqalar kiradi. Hizb ut-Tahrir o‘z faoliyati davomida shu vaqtga qadar – nafaqat Qirg‘izistonda – butun dunyo bo‘yicha bunday ishlarni sodir etmagan. Ba’zi davlatlarda soxta ayblovlar qo‘yilgan bo‘lsa-da ular o‘z tasdiqini topmagan. Sababi, Hizb ut-Tahrir Payg‘ambar ﷺning yo‘lidan borib, haddan ortiq choralarga bormaydi va faqat fikriy-siyosiy kurash bilan shug‘ullanadi. Chunki Payg‘ambar ﷺ Madinada davlatni barpo etgunga qadar faqatgina fikriy-siyosiy kurash olib borganlar. Biroq, shunga qaramay Hizb da’vatchilariga «ekstremizm» bahonasi bilan zulm o‘tkazib kelinmoqda. Bu esa, davlat tomonidan bizga nisbatan adolatsizlik hisoblanadi.

Rosululloh ﷺ dedilar:

«إنَّمَا أهْلَكَ الَّذينَ قَبْلَكُمْ، أنَّهُمْ كَانُوا إذَا سَرَقَ فِيهِمْ الشَّرِيفُ تَرَكُوهُ، وَإذَا سَرَقَ فِيهِمْ الضَعِيفُ أقاموا عَلَيْهِ الْحَدَّ»

«Sizlardan avvalgilarni halok qilgan narsa shuki, qachon ichlarida obro‘li kishi o‘g‘rilik qilsa, uni tek qo‘yishar, agar zaifhollari o‘g‘rilik qilsa, unga hadd qo‘llashar edi». (Imom Buxoriy rivoyati).

Ha, hozir shunday davr bo‘lib qoldi. Xalqda «tovuq o‘g‘irlagan qamaladi, tog‘ni o‘g‘irlagan deputat bo‘ladi», degan naql paydo bo‘ldi. Butun davlat mulkini o‘zlashtirib olgan korruptsionerlar hokimiyat tepasida, mabodo birortasi qamaladigan bo‘lsa, qamoqda xonlardek hayot kechiradi. Bulardan farqli ravishda Hizb yigitlari tovuq ham o‘g‘irlashgani yo‘q-ku. Qanchadan-qancha odamlarning qoni to‘kilishiga sababchi bo‘lgan etakchilar qayta-qayta davlat to‘ntarishlarini amalga oshirib yurishibdi, davlat bilan kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘la ado etayotgan, odamlarga qarata hatto ovozini ko‘tarmaydigan Hizb yigit-qizlari esa, qamoqlarda yotishibdi. Ularning yagona aybi – sof Islomni o‘rganishgani va o‘rgatishganida.

Shu o‘rinda bir rivoyatni keltirib o‘tamiz. Avvallari, bir adolatsiz qozi aybdorga «Sen xudosizsan», deydi. Aybdor esa «Yo‘q, men musulmonman, ashhadu alla ilaha illalloh va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh», deb javob beradi. Shunda zolim qozi: «Men seni xudosizligingni bo‘yninga olmaguningcha savalayman» desa, ayblanuvchi: «Subhanalloh, Muhammad alayhis salom odamlar imon keltirmaguncha Alloh yo‘lida kurashsa, sen odamlarni kufr keltirmaguncha savalar ekansan-da», degan ekan.

Ey hokimiyat egalari, nima, sizlar bizni kufrga qaytgunimizcha qamoqda ushlamoqchimisiz?

Biz sizlarni musulmon deb bilganimiz sababli ushbu murojaatni yo‘llayapmiz.

Agar siz musulmon bo‘lmasangiz, tarixda kofirlar musulmonlarga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lishgan paytlar bo‘lgan. Bunga siyratdan misol keltiramiz.

Makkada da’vat kuchi barcha tashviqotlardan ustun kela boshlagach mushriklar musulmonlar bilan aloqalarni uzish qurolini ishga soldi. Ular Rosululloh ﷺning qarindoshlari va musulmonlar bilan munosabatlarni uzishga qaror qilishdi. Ahdlashuv xati bitilib, Ka’ba devoriga ilib qo‘yildi. Bunday holat, ya’ni musulmonlarni qamal qilish uch yilga cho‘zildi. Musulmonlar ocharchilik va o‘lim kabi ko‘p azob tortishdi. Bunday holat mushriklarning musulmonlarga nisbatan rahm-shafqatini uyg‘otdi. Ulardan ba’zilari Rosululloh ﷺning da’vatlariga ergashsa, ba’zilari yashirin tarzda musulmonlarga oziq-ovqat va suv yuborib turdi. Hishom ibn Amr tuyaga oziq-ovqat va bug‘doy yuklab, tun yarmida tog‘ orasiga kelib uni musulmonlar tomonga haydab yuborar edi. Musulmonlar tuyaga ortilgan oziq-ovqatlarni olib, tuyani o‘zini so‘yib eyishardi. Bunday holat uch yilga cho‘zildi. Ularga dunyo tor bo‘lib ketdi. Oxir-oqibat Alloh ularga ozodlik nasib etdi va qamalni ochib tashladi. Bu voqea shunday bo‘lgan edi. Quraysh yigitlaridan besh nafari yig‘ilib, ushbu bitimni bekor qiladigan va yozilgan sahifani yirtib tashlashga olib boradigan bir ish qilishga kelishib olishdi. Ertasi kuni Ka’baga borishdi. Zuhayr kelib Ka’bani etti marotaba tavof qildi va odamlarga: «Ey Makka ahli, hech kim savdo-sotiq qilmagani sababli Banu Hoshim o‘lib ketsa ham bizlar ovqat eb, kiyim kiyib yuraveramizmi?! Allohga qasamki, bu zolim, orani buzuvchi ushbu sahifa yirtib tashlanmaguncha o‘tirmayman», deb hayqirdi. Shu vaqtda Baytullohning turli tarafidan Zam’a, Abu Buxtariy, Mu’tim va Hishomlar baqirib, Abu Jahlni yolg‘onchiga chiqarishdi va Zuhayrni qo‘llab-quvvatlashdi. Abu Jahl bu ish kelishilgan ish ekanligini, jamiyatning shunga kelishib olganini, unga qarshi chiqish yomon oqibatlarga olib borishini tushunib etdi va qo‘rqib ortga chekindi. Mu’tim varaqni yirtib tashlash uchun o‘rnidan turdi… Shu bilan aloqalarni uzish bitimi bekor qilindi.

Ey hokimiyat egalari, sizlarga aytadigan so‘zimiz shuki, bizga nisbatan adolatli bo‘linglar!

Qirg‘iziston xalqiga esa bir hadisni eslatish bilan cheklanamiz. Payg‘ambarimiz ﷺ aytdilar:

«إِنَّهُ سَتَكُونُ بَعْدِي أُمَرَاءُ، مَنْ صَدَّقَهُمْ بِكَذِبِهِمْ وَأَعَانَهُمْ عَلَى ظُلْمِهِمْ فَلَيْسَ مِنِّي وَلَسْتُ مِنْهُ، وَلَيْسَ بِوَارِدٍ عَلَيَّ الْحَوْضِ»

«Mendan keyin mening hidoyatimga yurmaydigan va sunnatimni ushlamaydigan amirlar bo‘ladi, kimki ularning yolg‘onini tasdiqlasa, zulmiga yordam bersa, bas, ular mendan emas, men ulardan emasman va ular mening havzi kavsarimga tushmaydilar».

Shuningdek, biz zolimlarning zindonida azob chekayotgan birodarlarimizga ham murojaat qilamiz. Allohim sizlarga sabr bersin, zolimlar sizlarni qamash bilan xorlaymiz deb o‘ylashadi, biroq, Alloh shu orqali sizlarning martabangizni ko‘tardi. Ajr-savobini ziyoda qildi, dunyo va oxirat kengliklarini va’da qildi. Kim bu yo‘lda qurbon bo‘lsa unga shahidlik martabasini berdi.

Nabiy ﷺ:

«وَمَنْ قُتِلَ دُونَ مَظْلَمَتِهِ فَهُوَ شَهِيدٌ»

«Kim o‘ziga etgan adolatsizlik yo‘lida o‘lsa, u shahiddir», deganlar.

Rosul ﷺ yana shunday bashorat qilganlar:

«لا يلبث الجور بعدي إلا قليلاً حتى يطلع، فكلما طلع من الجور شيء ذهب من العدل مثله، حتى يولد في الجور من لا يعرف غيره، ثم يأتي الله بالعدل، فكلما جاء من العدل شيء، ذهب من الجور مثله، حتى يولد في العدل من لا يعرف غيره»

«Mendan keyin tez orada zo‘ravonlik paydo bo‘ladi. Zo‘ravonlik qancha ko‘paysa, shunchalik adolat yo‘qoladi. Shunda zo‘ravonlikdan boshqa narsani bilmaydigan odamlar dunyoga keladi. So‘ngra Alloh adolatni paydo qiladi va adolat qancha ko‘paysa, shuncha zo‘ravonlik yo‘qoladi. Keyin adolatdan boshqasini bilmaydigan odamlar dunyoga keladi».

Ey birodarlar, albatta Alloh sizlarga yordam beradi va sizlar sababli kelajakda adolatdan boshqasini bilmaydigan jamiyat keladi.

Hadisi sharifda aytiladi:

«ثَلاَثَةٌ لاَ تُرَدُّ دَعْوَتُهُمْ: الإِمَامُ الْعَادِلُ والصَّائِمُ حَتَّى يُفْطِرَ وَدَعْوَةُ الْمَظْلُومِ يَرْفَعُهَا اللَّهُ فَوْقَ الْغَمَامِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَتُفْتَحُ لَهَا أَبْوَابَ السَّمَاءِ، وَيَقُولُ: بِعِزَّتِي وَجَلاَلِى لأَنْصُرَنَّكَ وَلَوْ بَعْدَ حِينٍ»

«Uch toifa odamning duolari ortiga qaytarilmaydi: odil podshohning duosi; iftor onigacha ro‘zadorlarning duosi va mazlumning duosi. Alloh mazlumning duosini bulut ustiga ko‘taradi va unga osmon eshiklarini ochadi. So‘ngra Alloh: Izzatim ila qasamki, senga keyinroq bo‘lsa ham, albatta yordam berurman, deydi».

Hizb ut-Tahrir Qirg‘iziston

6 rabiulavval 1442h

23 oktyabr 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.