Frantsiyaning Islom va musulmonlar to‘g‘risidagi navbatdagi qarorlari G‘arb hazoratining «aqldan ozgani»ni ochiq ko‘rsatmoqda

350
0

Frantsiyaning Islom va musulmonlar to‘g‘risidagi navbatdagi qarorlari G‘arb hazoratining «aqldan ozgani»ni ochiq ko‘rsatmoqda

2020 yil 2 oktyabr juma kuni Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron bergan matbuot konferentsiyasi tarqatildi. Unda Makron quyidagilarni ta’kidladi:

«Bugungi uchrashuvimizdan ikki maqsad ko‘zlangan: Birinchi, muammolarimizning asl mohiyatini, shuningdek, bugungi jamiyatimizda respublikamizga va birdamlikda hayot kechirishimizga nima tahdid solayotganini hech bir taqiqlarsiz, biroq engil ham sanamasdan aniqlash. Ikkinchi: Sizga o‘tgan uch yilcha vaqt mobaynida qabul qilganimiz va yaqin haftalar ichida uni hukumat bilan birga tamomlaganimiz qarorlarning muvaffaqiyatli samara berganini ma’lum qilmoq».

Keyin Makron Frantsiyada yashovchi musulmonlarning xatti-harakatlari haqida uzoq gapirib, musulmonlarning eyish, ichish, kiyinish va farzandlariga ta’lim berishda sodir etayotgan ishlari «separatist islom» hisoblanadi, bu frantsuz xalqiga tahdid tug‘dirmoqda, dedi. Frantsiya davlatining musulmonlarning bunday xatti-harakatlari bilan alohida shug‘ullanish maqsadida shu yil oxirida qonun chiqarishni rejalashtirayotganini qo‘shimcha qildi.

G‘arb ongida Frantsiya zamonaviy hazoratning boshlanish markazi hisoblanadi. Frantsiya davlatining ushbu qarori G‘arb hazorati aqidasining o‘lganini hamda bu hazorat aqldan ozganligini e’lon qilish kabidir. Darhaqiqat, ilmoniy aqida g‘arblik xalqlarni bitta xalqqa aylantirishga ojizlik qildi. Mana, yurtdagi irqchilikka qarshi namoyishlar va o‘ng qanot partiyalarning repressiv siyosiy harakatlari G‘arb poytaxtlarini o‘z domiga tortmoqda, G‘arb jamiyatlari sinflari o‘rtasida keskin bo‘linishlar namoyon qilib, G‘arbning o‘z jamiyatlaridagi qatlamlarga nisbatan qanchalar irqchi munosabatda bo‘lishini fosh etmoqda. Ilmoniylikning musulmon yurtlaridagi ahvoli ham bundan yaxshi emas. Chunki uni mana shu halok bo‘layotgan g‘arbcha hazoratning omadsiz tarafdorlari idora qilishyapti.

G‘arb aqidasining o‘lishi orqali uning hazorati ham aqldan ozganligiga dalil talaygina. Ulardan birginasi, Frantsiya davlatining mashhur «1995 yilgi qonun»ni qayta talqin qilishga urinayotgani va o‘tgan o‘nlab yillardan buyon bunga hech muvaffaq bo‘lolmaganidir. Ya’ni, bu qonunni asosan musulmonlarni qatag‘on qilishga moslashtira olmayapti… Vaholanki, ilmoniylikning Frantsiyada eng muqaddas timsoli mana shu qonun hisoblanadi. Bunday masxarabozlikning jirkanch ko‘rinishlaridan biri shuki, G‘arbdagi ilmoniy mufakkirlarning o‘zlari bo‘linib ketgan, birlasholmaydi va bu Frantsiyaning naqadar munofiqligini ko‘rsatmoqda. Qarangki, bugun ular yangi qonun chiqarish kerakligini o‘zlari tan olib, o‘z ishlariga o‘zlari teskari chiqib, shu orqali «erkinlik, tenglik, qardoshlik» kabi ikkiyuzlamachi shiorlarini oqlashga urinishyapti. Bu bilan G‘arb hazoratining insoniyatni bitta doshqozonda toblashga-birlashtirishga muvaffaq bo‘lolmaganini o‘zlari ochib berishyapti.

Frantsiyaning Islom va uning ramzlariga nisbatan dushmanlik pozitsiyasini egallayotgani shubhasiz, G‘arbning Islom va musulmonlarga qanchalar hasad o‘tida yonayotganini ko‘rsatmoqda. Chunki ko‘pgina g‘arblik ilmoniy mufakkirlar musulmonlardagi oliy xislatlarga mensimay-masxaraomuz nazarda qarashadi, vaholanki, bunday qarash sog‘lom insoniy tabiatga ziddir. Bu qarashlarini faqat bir narsa bilan izohlash mumkin, u ham bo‘lsa, g‘arbliklarning salibchi ajdodlari qoldirgan nafratni qayta ko‘r-ko‘rona qabul qilishayotganidir.

G‘arb davlatlarini ziyorat qilgan kishi shuni anglab etadiki, u erda ayniqsa, muhojirlarning ikkinchi va uchinchi avlodi chiqqandan keyin, musulmonlar soni borgan sari ko‘payib bormoqda, bundan tashqari, g‘arbliklarning o‘zlari ham Islomni qabul qilmoqdalar. G‘arb poytaxtlarida, xususan, yirik davlatlar poytaxtlaridagi manzarada Islom va musulmonlarning hayo-iffatlariga chulg‘anayotgani inkor etib bo‘lmas darajada ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Bugun G‘arb xalqlari musulmonlardagi ulug‘ xislatlarni yaqindan ko‘rib, bevosita his etishyapti. Masalan, ular musulmonlarning ayollaridagi hayoni, erkaklaridagi haybatni, yoshlaridagi iffatni, nomuslarini naqadar qizg‘anishlarini, oilalari jipsligini naqadar qattiq saqlashlarini, oliy qadriyatlar naqadar pok bo‘lib, ushbu qadriyatlarni himoya qilish yo‘lida molu jonlarini qurbon etishga tayyorliklarini ko‘rishyapti. Mast qiluvchi ichimlik va buzuqlikdan naqadar jirkanishlarini, Robbilari uchun naqadar taqvo bilan namoz qilishlarini, jamoat namozlarida jipslashish-birlashishlarini, har yili ulardan juda ko‘pchiligi haj qilishga shoshilishlarini, yomon vaziyatga qaramay Alloh buyurgan libosga rioya etishni naqadar ulug‘ sanashlarini, Payg‘ambarlari ﷺni qanchalar sevishlarini va ul zotning siratu sharaflarini himoya qilishda o‘limdan ham qo‘rqmasliklarini… hamma-hamma ulug‘ sifatlarga G‘arb xalqi guvoh bo‘lyapti.

Shuning uchun Islom va musulmonlarni ko‘r-ko‘rona yomon ko‘ruvchi g‘arbliklar asablari taranglashib, tirishib-burishyapti va musulmonlarni dinlaridan fitnalashga bor kuchlarini sarflashyapti. Hatto buning uchun haqiqatni buzib ko‘rsatishga, poklikni haqorat deyishga, hayoni noqonuniy, deyishga to‘g‘ri kelsa ham shunday qilishyapti, bundan boshqa chora topisholmayapti!

Alloh Taolo bunday degan:

فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِ إِلاَّ أَن قَالُوا أَخْرِجُوا آلَ لُوطٍ مِّن قَرْيَتِكُمْ إِنَّهُمْ أُنَاسٌ يَتَطَهَّرُونَ

«Qavmning «Lutga ergashganlarni shahar-qishlog‘ingizdan chiqarib yuborlaring, chunki ular haddan ortiq pokiza odamlar ekan!», deyishdan boshqa javobi bo‘lmadi» [Anfol 82]

Makronning hozirda Islom butun dunyoga muammo bo‘lyapti, degan gapiga kelsak, bu Islom Ummatini badnom qilib ko‘rsatishga urinishdir. Chunki bugungi kunda Ummat tortib olingan o‘z hokimiyatini qayta qo‘lga kiritish uchun kuchli to‘lg‘anmoqda. Zotan, uning hokimiyatini tortib olganlardan biri Frantsiyadir, bunga u mash’um Sayks-Piko kelishuvi orqali muvaffaq bo‘lgan. Shu sababdan Makron matbuot konferentsiyasi chog‘ida Frantsiyaning yaqinda Shom yurtlari va Sohil mintaqasi (Afrika)da Xalifalikning qayta barpo bo‘lishini oldini olgani haqida gapirdi va bu bilan o‘z yurtining Xalifalik davlatiga bo‘lgan gina-adovatini ifodalashni unutmadi. Holbuki, Makron juda yaxshi biladiki, u erlarda frantsuz armiyasi Xalifalikni e’lon qilgan bir tashkilotni bostirgan, xolos, u tashkilot haqiqiy Xalifalik bo‘lmagan. Shuningdek, qachon haqiqiy Xalifalik barpo bo‘lsa, unga butun er yuzidagi Islomiy Ummatning qalbi talpinadi va u butun dunyo xalqlari boshdan kechirayotgan tang-baxtsiz ahvolga hazoriy alьternativ bo‘ladi.

Ey G‘arb yurtlarida keng yoyilgan musulmonlar!

Buyuk Islomingizda sobit turing va «frantsuzcha islom», degan narsaga aslo rozi bo‘lmang, chunki Alloh haqqi, unga rozi bo‘lish halokatdir. Gap shundaki, bu ilmoniylarning sizni qattiq yomon ko‘rishayotganining sababi sizning Islomni mahkam ushlayotganingiz va ularning buzuq hazoratiga qorishib ketmaganingizdir, ularni faqat shu sifatingiz qattiq g‘azablantirmoqda. Chunki Islomning kuch-qudrati, Alloh izni ila, albatta qayta tiklanadi, bas, shunday ekan, faqat Allohga tafakkur qiling va diningizda barqaror turing. Alloh Taolo bunday dedi:

وَمَا لَنَا أَلاَّ نَتَوَكَّلَ عَلَى اللَّهِ وَقَدْ هَدَانَا سُبُلَنَا وَلَنَصْبِرَنَّ عَلَى مَا آذَيْتُمُونَا وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُتَوَكِّلُونَ

«Bizni (to‘g‘ri) yo‘limizga hidoyat qilgan Allohga nechun tavakkal qilmaylik, axir, biz sizlar etkazgan ozorlarga albatta sabr qilurmiz. Tavakkal qilguvchilar yolg‘iz Allohga tavakkal qilsinlar» [Ibrohim 12]

Ey musulmonlar!

Frantsiya davlati frantsuz xalqi istagini yurti ichkarisiga ham, tashqarisiga ham zo‘rlab o‘tkaza olayotganini ko‘rmayapsizmi?! Agar frantsuzlarning davlati bo‘lmaganida shunday qila olisharmidi?! Bas, shu bois biz sizni Xalifalik davlatini qayta barpo etishga chaqiryapmiz. Zotan, davlat Alloh ummatlar uchun belgilagan bir qonun bo‘lib, ummatlar shu davlatlar orqali o‘zlarini saqlab qoladi va o‘z hazoratini olamga yoyishga muvaffaq bo‘ladi. Shuning uchun biz sizni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun birgalikda harakat qilishga da’vat qilamiz.

Ubay ibn Ka’b Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«بَشِّرْ أُمَّتِي بِالسَّنَاءِ وَالرِّفْعَةِ وَالتَّمْكِينِ فِي الْبِلَادِ…»

«Ummatga ushbu xushxabarni etkazing: u albatta yuksaklikka, oliylikka va er yuzida g‘oliblikka etishajak».

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.