Neftь narxlari urushi ortida Amerika turibdi

431
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Neftь narxlari urushi ortida Amerika turibdi

2016 yil Saudiya bilan Rossiya o‘rtasida neftь qazib olish bo‘yicha kelishuv imzolangandan beri neftь narxi etmish dollar atrofida barqaror holda turdi. Ushbu kelishuv bo‘yicha ishlab chiqarish qarib 1.8 million barrelga kamaytirildi. 1.8 million barrelning 1.2 millionini OPEKka a’zo davlatlar, qolganini esa Rossiya kamaytiradigan bo‘ldi.

Ushbu kelishuv amalga oshirilgach, neftь narxi 2020 yil mart oyi boshiga qadar nisbatan barqaror turdi. Shundan so‘ng neftь narxi pasayib ketdi va bunga bozorlarda neftь ko‘payib ketganligi hamda OPEKdan tashqarida yangi neftь ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi va nihoyat Koronavirus sabab bo‘ldi. Natijada, OPEKdan vakil bo‘lgan Saudiya bilan neftь ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egallagan Rossiya o‘rtasida yangi kelishuv kerak bo‘lib qoldi.

Ya’ni, Saudiya qo‘pollik bilan va hech qanday ogohlantirish yoki muzokarasiz Rossiyadan neftь ishlab chiqarishini kuniga bir million barrelga kamaytirishini talab qildi. Bunday kutilmagan talab Rossiyaga yoqmadi va uni rad etdi. Chunki u Saudiya talabini o‘ziga nisbatan buyruq o‘laroq tushundi. Shunda Saudiya Rossiyaning ushbu e’tirozini o‘ziga tayyor bahona qilib olib, ruslar bilan hech qanday kelishuvga erisha olmaydigan haddan ziyod yuqori darajada neftь ishlab chiqarishni boshlab yubordi va bu bilan 2016 yilda ular bilan erishilgan kelishuv bekor bo‘ldi. Keyin Saudiya bu bilan ham kifoyalanmay, o‘zining neftь eksporti narxlarini ham pasaytirib yubordi, shu darajadaki, bir barrel narxini Osiyo bozorlariga to‘rt dollarga, AQSh bozorlariga etti dollarga va Evropa bozorlariga o‘n dollarga tushirdi. Shu orqali bozorning eng katta ulushini, ya’ni kuniga taqriban o‘n uch million barrel ulushni tortib oldi.

Saudiyaning hech bir izoh va sababsiz bunday qadami, bir barrel neftь narxi o‘ttiz dollardan pastlab ketishiga olib keldi. Bu o‘ttiz yildan beri yuz bermagan hol bo‘ldi.

Natijada, hamma ziyon ko‘rdi. Masalan, Saudiya fond indekslari 15 % yo‘qotdi va Aramko akstsiyalari pastlab ketdi. Ziyon dunyoning barcha neftь eksport qiluvchi davlatlariga etib bordi, Rossiya, Eron, Iroq, Jazoir, Liviya, Nigeriya, Uganda va boshqalar kabi. Shuningdek, neftь birjalari ham o‘z qiymatlarining 50 %dan 40 %gacha yo‘qotdi. Shu bilan birga, neftь xizmatlari kompaniyalarining ham investitsiyalari ozayib ketdi.

Rossiya Saudiyaning bunday qadamiga itoatsizlik va o‘jarlik bilan javob qildi. Rossiya prezidenti Putin «Biz bunday narxlar bilan muomala qila olamiz, hatto o‘n yilgacha bir barreli 30 dollar bo‘lib tursa ham», dedi.

Rossiyada rublning qiymati 20 %ga pastladi va Rossiyadagi bir barrel neftь ishlab chiqarish qiymati Saudiyadagi narxga yaqinlashib, bir barrel uchun 2.5 dollarni tashkil qildi. Rossiyaning bunday kurash olib borayotgani shuni ko‘rsatmoqdaki, bu davlat neftь narxlarini belgilash va ishlab chiqarish jarayonida hamkorlik qiluvchi davlatlar safidagi o‘z faolligini saqlab qolishga qattiq harakat qilmoqda.

Biroq, aslida, Rossiyaning bunday kurashi Saudiyaga emas, AQShga qarshi qaratilgan. Bu gaplar – Rossiya neftь dunyosiga ta’sir o‘tkaza oladigan davlatligini hamisha saqlab qoladi va o‘zining chetga chiqarib qo‘yishlariga aslo yo‘l qo‘ymaydi, degan ma’noni anglatadi.

Hamma dalil va ishoralar Saudiyaning bu ishi ortida, ya’ni, neftь narxini kutilmaganda qasddan pasaytirish va ilgari kuzatilmagan darajada uning ishlab chiqarilishini oshirish ishi ortida Amerika turganini ko‘rsatmoqda. Bu dalillardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz:

1 –   AQSh energetika vaziri o‘z bayonotida – AQSh-Saudiya neftь alyansining tashkil etilishi ayni damda AQSh siyosatini belgilaydiganlar tomonidan ilgari surilayotganini ta’kidladi. Bu bayonotni tasdiqlayotgan yana bir narsa shuki, hozirda AQSh kongressi a’zolaridan bosim qiluvchi siyosiy guruh tuzilgan, ular neftь ishlab chiqarish va unga narx belgilash rejasini tuzishda Saudiyadan AQSh bilan hamkorlikda ish olib borishini talab qilishyapti.

2 –   Hozirda AQSh Energetika vazirligi Saudiyaga vakil tayyorlamoqda, uning Saudiyada kamida bir oy turib, neftga oid ikki davlat o‘rtasidagi siyosatlarni batafsil kelishib olishi aytilmoqda.

3 –   AQSh prezidenti – men qulay payt kelganda xalqaro neftь nizosiga albatta aralashaman, hozirda Saudiya bilan Rossiya o‘rtasidagi neftь kurashi Rossiyani mag‘lubiyatga uchratadi, chunki uning iqtisodiyoti neftga asoslangan, shu bilan birga Saudiyaga ham yomon bo‘ladi, dedi.

Demak, Amerika ushbu neftь kurashida Rossiyani o‘yindan chiqarib yubormoqchi va neftь ishlab chiqarish, unga narx belgilash va bozorga etkazib berish ishiga yolg‘iz o‘zi Saudiya orqali egalik qilmoqchi. Bu kuzatuvchi odam uchun sir emas. Chunki qirol Salmon va o‘g‘li Muhammad davrida bu mamlakat Amerikaga tayyor minadigan ulovga aylanib qoldi, o‘zining tashqi siyosati va neftga oid siyosatlarida Amerika qayoqni ko‘rsatsa o‘sha yoqqa yurmoqda. Yaqin vaqt ichida mamlakatdagi barcha vazirlarni va neftь vazirlari komandasini ishdan olib, o‘rniga Amerikaning rejalarini hech e’tirozsiz bajarishga tayyor komandani olib keldi. Misol uchun, Amerika o‘zining strategik neftь zaxirasini to‘ldirish uchun bu mamlakatdan 77 million barrel neftni arzon narxda sotib olganini e’lon qildi. Ko‘rinib turibdiki, hozirda neftь narxini tushirish sabablaridan yana biri mana shu bo‘lgan va kelajakda ko‘p o‘tmay yana o‘zining baland narxiga chiqib oladi.

Bugungi kunda saudiyalik hukmdorlar Ummat boyliklarini mutlaqo mas’uliyatsizlik bilan sovurishyapti, ular uchun Amerika manfaati bo‘lsa, shuni o‘zi etarli. Ular o‘zlari peshona teri bilan topmagan pullarni unga ayashmay berishyapti… amerikalik ochko‘z mustamlakachilar rejalarini shu orqali tatbiq qilishyapti.

Roya gazetasining 2020 yil 1 aprel chorshanba kungi 280-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.