AQSh va Tolibon. Kim yutdiyu kim boy berdi?!

413
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

AQSh va Tolibon

Kim yutdiyu kim boy berdi?!

Ustoz Mo‘’tazbillah Ashqar

Yaqinda Tolibon harakatining AQSh bilan imzolagan kelishuvi harakatning jon tomiriga qattiq zarba bo‘ldi, uning barqaror maqsadlariga putur etkazdi. Chunki Tolibon Amerika ziyoniga hech kimga yordam bermaslikka, Afg‘onistonda Amerikaga qarshi hech qanday harbiy operatsiya bo‘lmasligiga va’da berdi. Bu bilan Alloh Taoloning

وَإِنِ اسْتَنصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ

«Agar ular din yo‘lida sizlardan yordam so‘rasalar, yordam qilish zimmangizdadir» [Anfol 72]

degan kalomiga hamda Rosululloh ﷺning

«الْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ، لَا يَظْلِمُهُ، وَلَا يَخْذُلُهُ»

«Musulmon musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi, uni yordamsiz qoldirmaydi», degan so‘zlariga zid ish qildi.

Masalan, Pokiston ahli Amerika qo‘lida qatli omga uchrasa, ushbu kelishuvga ko‘ra, Tolibon ularga yordam bermaydi, balki qirg‘in qilinishiga qo‘yib beradi. Bu kelishuvdan so‘ng Tolibonning biror musulmonga nafaqat yordam berishi taqiqlandi, balki Tolibondan agar musulmon uning kelishuviga qarshi chiqsa, uni o‘ldirish ham talab qilindi!! Bu birinchidan.

Ikkinchidan, musulmon kofir bilan yarashishi va o‘rtalarida kofirga tinchlik, musulmon birodariga esa zarar keltiradigan shartnoma imzolanishi nojoizdir. Chunki musulmonlar boshqa kishilarsiz bir ummatdirlar, tinchliklari ham bir, urushlari ham. Oralaridan birortasi urush va tinchlikda alohida bo‘lib olishi hargiz mumkin emas. Bunday holni musulmonlarning ustidan bitta inson hukm yuritgan, urush va tinchlikni e’lon qilish faqat uning qo‘lida bo‘lgan zamonlarda hech kim tasavvur qilmagan edi.

Amerika musulmon yurtlarimizni bosib olgan kapitalistik mustamlakachi davlat, bunga aslo shubha yo‘q. U bilan faqat urush holatida muomala qilinadi. Amerikaliklar ham, Falastin bosqinchilari yahudiylar ham bab-barobar. Agar Tolibonning Amerikaga qarshi jang qilish qo‘lidan kelmasa, bu biz bilan Amerika o‘rtasida urush holati yo‘q ekanini anglatmaydi. Vaholanki, Tolibon Amerikani tupikka olib kirishga va musulmonlarga bo‘lgan adovatini to‘sib, burnini erga ishqashga o‘n to‘qqiz yil davomida qodir bo‘lib keldi. Amerika Tolibon bilan o‘zining tarixida eng uzoq vaqt kurashdi va minglab askarlari halok bo‘ldi va jarohatlandi. Buning ustiga, AQSh Afg‘oniston urushida yuz milliardlab dollar ziyon ko‘rdi. Amerika Obama zamonidan beri chiranib, Afg‘onistondan o‘z obro‘si bilan, hech bo‘lmasa haybatini saqlab chiqishga urindi va takabbur davlat bo‘lgani uchun mag‘lub ahvolda chiqishni istamadi.

Tolibonning bunday sharmandali imzosi cho‘kayotgan Amerika uchun qutqaruv chambaragi bo‘ldi. Chunki Amerika shu orqali butun yo‘qotgan e’tiborini tiklashga, sharmandalikdan qutulishga urinyapti. Agar Tolibon harakati siyosatga va Afg‘oniston ichkarisida odamlar ishlarini boshqarishga kirishadigan bo‘lsa, amerikaparast davlatlar sonini yana bittaga ko‘paytirgan bo‘ladi. Buning sababi siyosatga kirishishning xatoligidan emas, balki uning ishi siyosatdan iborat bo‘lmaganligi va a’zolarini siyosat bilan tarbiyalamaganidandir. Shuning uchun ham kuni kecha Tramp chiqib, «Amerika Afg‘onistonda o‘nlab yillar davomida politsiyaning ishini qildi», dedi va buning ajablanarli eri yo‘q. Ya’ni, u – bizdan boshqa politsiyachilik vazifasini qiladiganlar topilmagunicha Afg‘onistondan chiqib ketmaymiz, demoqchi.

Xo‘sh, politsiyachilik rolini kim qilishi mumkin, Tolibon harakatimi?!

Amerika musulmon yurtlarida raqobatchisiz yakkahokimlik siyosatini olib bormoqda va bu yangilik emas, hamma erda shuni qo‘llaydi. Hozirda u Tolibon kabi islomiy harakatlardagi Ummat farzandlariga nisbatan ham shunday qilaman, deb o‘ylayapti, biroq yanglishadi. Chunki ular tillaridan Qur’on tushmaydigan, yurtlari va tuproqlari uchun mustamlakachi kofirga qarshi jangu jihod qilib lazzatlanadigan farzandlarimizdir. Shu bois, karton davlatchalar qatoriga Amerikaga xizmat qiluvchi yana bir yangi davlatga aylantirish, aqlga ham to‘g‘ri kelmaydi, Islomga ham. Chunki aslida musulmon o‘lkalari bitta bo‘lib, musulmonlar urushi ham, tinchliklari ham barobardir. Shuncha yillar jihod qilib, jangohlarda pishib etilgan mohir mujohidlar, bitta kelishuv bilanoq hargiz jihodlarini to‘xtatib, o‘z birodarlarini yordamsiz tashlab qo‘ymaydilar. Chunki butun olam musulmonlar bilan ming bir o‘lchov bilan hisoblashmoqda. Bu musulmonlarning davlatlari yo‘q paytidagi hol, ertaga ularning o‘z davlat va vujudlari bo‘lsa, nima bo‘ladi, tasavvur qilavering! Hozirda butun dunyo, asosan Amerika ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan butunlay orqaga ketmoqda. Islom va uning davlati bugungi tuzumlarning amaliy merosxo‘ri bo‘lishini butun dunyo nomzod qilib ko‘rsatmoqda.

Shubhasiz, Tolibon harakati Amerika bilan kelishuv imzolash bilan asosiy yutqazuvchiga aylandi. Ehtimol Tolibon bu kelishuv bilan asirlarimizni Afg‘oniston qamoqlaridan ozod qilishga muvaffaq bo‘ldik, deb o‘ylayotgandir va ularga ayrim shar’iy ahkomlarni tatbiq etish ruxsat ham berilar balki. Biroq bu narsalar na Amerikaga zarar etkazsin va na G‘arbga. Bu amerikaparast malay davlatning tabiatini ham aslo o‘zgartirmaydi, balki bu ko‘zbo‘yamachilikdan o‘zga narsa emas. Biroq siyosiy kishi Tolibon harakatining yutqazishi uning Amerika bilan kelishuv imzolaganidir, deb biladi. Chunki bu harakat ham o‘zining printsipini yo‘qotdi, ham er yuzidagi eng kuchli bir davlatga qarshi qilgan jihodiy tarixini qo‘ldan boy berdi. Axir, Tolibon bu davlatning burnini erga ishqagandi va o‘zi bilan nusrat o‘rtasi juda yaqin qolib, faqat sabr qilsa kifoya edi. Tarixda mustamlakachi kofirni o‘z yurtidan chiqarib tashlashga muvaffaq bo‘lgan harakat, deya qayd etilgan bo‘lar edi. Biroq Tolibon ertaga Afg‘on konstitutsiyasini tuzishda – agar u haqida chiroyli gumon qilinganda – Ashraf G‘aniga sherik bo‘lishi va ichki siyosatda Islomning bir qismini tatbiq etishi, tashqi munosabatlar esa g‘ayriislomiy asosda qolib ketishi mumkin. Shunday bo‘lgach, buni qanday g‘alaba va yutuq deyish mumkin?!

Tolibon orasidagi aqliraso va xolis insonlar o‘z rahbarlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatmoqlari darkor. Tolibon tarixdan saboq olib, tushunib etmog‘i zarur, aks holda, Amerikaning tuzog‘iga ilinib, tayyor o‘ljasiga aylanadi. Amerika musulmon yurtlaridagi qurolli harakatlarning eng kuchligi bo‘lgan Tolibonni zararsizlantirdi va uni ham bir paytlar o‘ziga qarshi qurol ko‘targan ilgargi islomiy harakatlar qatoriga qo‘shdi. Tolibonning ayni kelishuv bilan Afg‘oniston ichkarisi va tashqarisidagi o‘z birodarlaridan voz kechgani, uning peshonasiga qiyomat kunidagi sharmandalik tamg‘asi qoladi. Kim biladi, Alloh saqlasin, ertaga bu Tolibon «terrorizm»ga qarshi kurash dastagi ostida o‘z birodarlariga qarshi qurol ko‘tarishi hamda Amerikaning vakili sifatida jang qiluvchi davlatga aylanishi ham mumkin, xuddi Liviya va Yamanda qurolli guruhlar shunday qilishayotgani kabi!!

Ha, Tolibon juda alamli qilmishga qo‘l urdi. Uning bu ishi yillab o‘zi to‘qigan narsasini pishiq-puxta bo‘lganidan keyin chuvab, buzib tashlagan xotinning ishiga o‘xshadi. Agar u xalqaro pozitsiya va muvozanatning o‘zgarayotganiga aqlini ishlatib ko‘rganda edi, quyidagilarga guvoh bo‘lgan bo‘lar edi: Bugun Amerika va G‘arbning omad yulduzi so‘na boshladi, halokat qirg‘og‘iga kelib qolishdi. Butun olam Amerika, G‘arb va uning aqidasi zamonidan boshqa bir zamonning kelishiga mushtoq bo‘lib turibdi. Hatto kapitalistik aqida, tuzum va uning qonunlari so‘nggi nafasini olmoqda, desak ham mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Yaqin orada, Allohning izni ila, olam yangi mabda barpo bo‘lganini va yangi aqida hukmronlik qilishiga guvoh bo‘ladi va bu Xalifalik davlatisiz aslo amalga oshmaydi. Kofirlar bugun Xalifalikning harflaridan va so‘zlaridan ham qo‘rqib-titrab qolishgan. Demakki, Tolibon harakati Alloh Subhanahuning quyidagi oyatlarini diqqat bilan o‘ylab ko‘rmog‘i darkor:

وَأَلَّوِ اسْتَقَامُوا عَلَى الطَّرِيقَةِ لَأَسْقَيْنَاهُم مَّاء غَدَقاً

«Agar ular (To‘g‘ri) yo‘lda ustuvor turganlarida edi, albatta Biz mo‘l yomg‘ir bilan sug‘organ bo‘lur edik» [Jin 16]

وَلاَ تَهِنُواْ فِي ابْتِغَاء الْقَوْمِ إِن تَكُونُواْ تَأْلَمُونَ فَإِنَّهُمْ يَأْلَمُونَ كَمَا تَأْلَمونَ وَتَرْجُونَ مِنَ اللّهِ مَا لاَ يَرْجُونَ وَكَانَ اللّهُ عَلِيمًا حَكِيماً

«Bu kofir qavmni quvishda sustkashlik qilmangiz! Agar qiynalayotgan bo‘lsangizlar, ular ham sizlar qiynalganingizdek qiynalmoqdalar. (Shu bilan birga) sizlar Alloh tomonidan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasizlar-ku?! Alloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir» [Niso 104]

Biz Alloh Subhanahudan Tolibon orasidagi xolis insonlarni rushdu hidoyatga etaklashini so‘rab qolamiz.

Roya gazetasining 2020 yil 1 aprel chorshanba kungi 280-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.