Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyatining ilmoniy rejim siyosatiga qarshi namoyishlari mustamlakachilar va ularning tobelarini qo‘rqitmoqda

87
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyatining ilmoniy rejim siyosatiga qarshi namoyishlari mustamlakachilar va ularning tobelarini qo‘rqitmoqda

Juma kuni Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati ilmoniy rejimning yurtga nisbatan bema’ni, absurd siyosatiga qarshi namoyishlar uyushtirdi. Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi nashr qilgan bayonotda bunday deyiladi:

«Hukmron rejim shahar maydonlarida namoyish o‘tkazishga ruxsat bermadi. Keyin Fath jome-masjidida o‘tkazilgan namoyishga odamlarning qo‘shilishini oldini olish uchun qator xavfsizlik xizmati mashinalarini yubordi. Ha, islomiy yurtlardagi mavjud rejimlar islomiy loyihaning jamoatchilikka etib borishini oldini olish uchun omadsizlarcha harakat qilib, bir vaqtning o‘zida G‘arb loyihalarini ko‘tarib chiqayotganlarga yurtning har erida namoyish va tadbirlar o‘tkazishga qo‘yib beryapti. Bu esa, ularning G‘arb davlatlari qarori bilangina hokimiyatda turganini aniq isbotlaydi. Zero, G‘arb ularga mamlakat va fuqarolarni o‘z hukmronligi ostida ushlab turishning kafolati deb qaraydi. Chunki ular o‘zlarining Islomga qarshi olib borayotgan urushlari hamda Islomni hokimiyat va qonunchilikdan uzoqlashtirishlari orqali ayni mana shu narsaga xizmat qilishmoqda».

Matbuot bayonotida Tunis ahliga bunday deyildi:

«Burqiba va Ibn Ali o‘nlab yil hukmronlik qildi. Ulardan keyin Tunis Qays Saidga qadar demokratik parlament boshqaruvi ostida yashadi. Qays Said demokratik boshqaruv tarafdorlarini ag‘darib, 25 iyul kuni yangi konstitutsiyaga muvofiq prezidentlik boshqaruvini qayta o‘rnatdi. Bu yangi konstitutsiya ham mustamlakachilarning Xalifalikni ag‘darib, Islomni boshqaruv va qonunchilikdan uzoqlashtirgandan so‘ng Islom Ummatiga zo‘rlab tiqishtirgan va inson tomonidan o‘ylab topilgan avvalgi konstitutsiyalardan farq qilmaydi… Qo‘zg‘olondan keyingi konstitutsiya qo‘zg‘olondan oldingi konstitutsiyadan farq qilmaydi. Zero, ularning boshqaruvlari sababli Ummatning erishgan narsasi baxtsizlik, musibat, xavfsizlik changali, siyosiy va iqtisodiy krizislar bo‘ldi, xolos. Shu bois, bugungi ahvolimizning yagona echimi qo‘zg‘olonning o‘zgarmas asoslarini aniq-tiniq ravishda qayta belgilab qo‘yishdan iborat. Darhaqiqat, qo‘zg‘olonning o‘zgarmas asoslari rejimni ildizi bilan ag‘darish, mustamlakachi G‘arb nufuzidan ozod bo‘lish, barchalarimiz Hizb ut-Tahrir taqdim etayotgan hamda Kitob va sunnatdan istinbot qilingan ochiq-oydin siyosiy loyiha, ya’ni, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish loyihasi atrofida birlashishimizdan iborat edi. Hozir ham xuddi shu tartibda belgilamoq lozim.

Roya gazetasining 2021 yil 27 oktyabr chorshanba kungi 362-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.