«Ishg‘ol ostidagi Kashmir va ishg‘ol ostidagi Falastin, yechim nima?!» nomli konferensiya qatnashchilariga!

10
0

Matbuot bayonoti

«Ishg‘ol ostidagi Kashmir va ishg‘ol ostidagi Falastin, yechim nima?!» nomli konferensiya qatnashchilariga!

Kashmir va Falastin masalalari uchun shariat tomonidan belgilangan aniq va ravshan yechimni hikmat, manfaatlar va «ochiq ko‘rinib turgan haqiqatlar» kabi bahonalar bilan kechiktirish hech qachon qabul qilinmasligi kerak

Kashmir masalasi bo‘ladimi, Falastin masalasimi, farqsiz, buning yechimi batamom aniq. Ushbu ikki islomiy zamin ishg‘ol ostida. Demak ularning yechimi bitta, ya’ni musulmonlar ularni ozod etish sari jihod qiladilar. Bu ish Islom Ummatining to‘liq qo‘llab-quvvatlovi bilan bo‘ladi. Chunki bosqinchilarni ildizi bilan yo‘q qilishga faqat Ummat qodir. Xususan, Ummatning ulamolari, islomiy siyosiy hizblar, yetakchilar va nufuzli shaxslar armiyalardan ushbu mas’uliyatni amalga oshirishni talab qilmoqlari va ularni shunga targ‘ib etib, buni ularning zimmalariga yuklamoqlari darkor. Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

﴿وَٱقۡتُلُوهُمۡ حَيۡثُ ثَقِفۡتُمُوهُمۡ وَأَخۡرِجُوهُم مِّنۡ حَيۡثُ أَخۡرَجُوكُمۡ﴾

«(Ey mo‘minlar) ularni topgan joyingizda o‘ldiring va sizlarni (quvib) chiqargan joydan ularni ham quvib chiqaring!»                            [Baqara 191]

Yana bunday deydi:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ حَرِّضِ ٱلۡمُؤۡمِنِينَ عَلَى ٱلۡقِتَالِ﴾

«Ey (Muhammad) Payg‘ambar, mo‘minlarni jangga targ‘ib eting»    [Anfol 65]

Bizga ma’lumki, «Rosululloh ﷺga qilingan xitob Ummatiga qilingan xitobdir», degan shar’iy qoida bor.

Kashmir masalasida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga murojaat qilish shar’an harom. Chunki BMT shar’an tog‘utdir (ya’ni Alloh nozil qilgan narsalarga asoslanmagan hokimiyatdir). Shu bois unga murojaat qilish ushbu oyatdagi

﴿أَلَمۡ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يَزۡعُمُونَ أَنَّهُمۡ ءَامَنُواْ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيۡكَ وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبۡلِكَ يُرِيدُونَ أَن يَتَحَاكَمُوٓاْ إِلَى ٱلطَّٰغُوتِ وَقَدۡ أُمِرُوٓاْ أَن يَكۡفُرُواْ بِهِۦۖ وَيُرِيدُ ٱلشَّيۡطَٰنُ أَن يُضِلَّهُمۡ ضَلَٰلَۢا بَعِيدٗا﴾

«(Ey Muhammad), o‘zlarini sizga nozil qilingan narsaga va sizdan ilgari nozil qilingan narsalarga iymon keltirgan deb hisoblaydigan (ayrim) kimsalarning tog‘utga hukm so‘rab borishni istayotganlarini ko‘rmadingizmi? Holbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi, (chunki) shayton ularni butunlay yo‘ldan ozdirishni istaydi»                    [Niso 60]

kalomni aytgan Alloh Taoloni g‘azablantiradi. Shuning uchun hikmat yoki manfaat yoxud ochiq ko‘rinib turgan haqiqatlar kabi iddaolar bilan Kashmir xususida BMT rezolyutsiyalariga murojaat qilish hech qachon qabul qilinmasligi kerak.

Ey islomiy hizblar, musulmon yetakchilar, nufuzli kishilar va ulamolar!

Bu hukmdorlar Kashmir masalasiga xiyonat qilishdi. Ular muborak Falastin zaminining aksar yerini «ikki davlat yechimi»ga muvofiq yahudiylarga qo‘sh-qo‘llab topshirishga tayyor turishibdi. Bu ishda ular Allohning g‘azabidan qochish uchun BMT, xalqaro qonun va tog‘ut kuchlar ortiga yashirinishmoqda. Shuning uchun ushbu konferensiyada shar’an qanday pozitsiyani egallash kerakligini Ummatga ochiq bayon eting va unga shar’iy yechimni hech o‘ramasdan-ochiq tushuntiring. Chunki musulmonlar BMT rezolyutsiyalarini qo‘llab-quvvatlasalar, aslida, bu bilan malay hukmdorlarni qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘ladilar. Ulamolar haqni «ochiq ko‘rinib turgan haqiqatlar» niqobi ostida botil bilan aralashtirmasdan, o‘z holicha bayon etmoqlari darkor. Chunki bu Ummatning parokanda bo‘lishiga, hukmdorlardan hisob so‘rash uchun birlasha olmasligiga olib kelmoqda. Bugungi kunda Ummatning har qachongidan ham ongi o‘sib ketdi. Uning ogohligi Afg‘oniston, Bangladesh va Suriyada hukmdorlarning ag‘darilishiga olib keldi va Ummat o‘z taqdirini o‘zi belgilay boshladi. Siz esa, ey Allohning marhamati ila jamiyatdagi nufuz sohibi bo‘lganlar, xoin hukmdorlardan hisob so‘rash uchun haqni ochiq ko‘rsatmog‘ingiz, Ummatga haqni botildan ajratib bermog‘ingiz darkor. Hukmdorlar va ularning tarafdorlari sizni haqni yashirishga undashlaridan ehtiyot bo‘ling:

﴿وَدُّواْ لَوۡ تُدۡهِنُ فَيُدۡهِنُونَ﴾

«Ular sizning (o‘zlariga) ko‘ngilchanlik-murosa qilishingizni istarlar, shunda ular ham (sizga) ko‘ngilchanlik qilurlar»                               [Qalam 9]

Alloh Subhanahuning shariati tatbiq etilishini istaydigan musulmonlarning birlashgan pozitsiyasi hukmdorlarni tiz cho‘kib, orqaga chekinishga majbur qiladi. Yahudiy va G‘arb tovarlarini boykot qilish, G‘azoga musulmon armiyalarni yuborish kabi qo‘shimcha qadamlar hukmdorlarning obro‘sini yo‘qqa chiqaradi. Kashmir masalasida ham xuddi shunday pozitsiyani egallash bu hukmdorlar va ularning rejimlarining zavoli bo‘ladi.

Hizb ut-Tahrir sizni ushbu mazmunli konferensiyani uyushtirganingiz bilan tabriklaydi va unda Kashmir va Falastin musulmonlari bilan birdamlik va hamjihatlikka chaqiruvchi yakuniy deklaratsiya e’lon qilinishiga umid qilib qoladi.

﴿وَمَا عَلَيۡنَآ إِلَّا ٱلۡبَلَٰغُ ٱلۡمُبِينُ﴾

«Bizning zimmamizda ochiq-ravshan yetkazmoq bor»                          [Yasin 17]

Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.