Hizb ut-Tahrir tomonidan butun Islomiy Ummatga, xususan Ummat orasidagi kuch va qudrat ahliga yo’llangan oxirgidan oldingi nido

580
0

Allohga hamd bo’lsin, Rosululloh Aga, u zotning oilalariga, sahobalariga va ul zot bilan birga do’st bo’lganlarga salotu salomlar yog’ilsin…

Hurmatli birodarlar, Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Sizlarga bu nidoni muborak ramazon oyi, fazilatli ro’za oyi muhitida yo’llamoqdamiz. Alloh Subhanahu va Taolo bu oy haqida shunday dedi:

 ﴿شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ﴾

«Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat bo’lib, hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari bo’lib, Qur’on nozil qilingan» [Baqara 185] Rosululloh A ham bu oy sha’ni haqida Hadisi Qudsiyda quyidagilarni aytdilar: Abu Hurayra Gdan rivoyat qilinishicha Rosululloh A bunday dedilar:

«قَالَ اللهُ: كُلُّ عَمَلِ ابْنِ آدَمَ لَهُ، إِلاَّ الصِّيَامَ، فَإِنَّهُ لِي وَأَنَا أَجْزِي بِهِ…»

«Alloh dedi: odam farzandining har bir amali o’zi uchundir, faqat ro’za bundan mustasno. Chunki u Men uchundir va uning mukofotini Men O’zim beraman…». Bu hadisni Buxoriy chiqardi. Abu Hurayra Gdan yana rivoyat qilinishicha Rosululloh A bunday dedilar:

«إِذَا جَاءَ رَمَضَانُ فُتِّحَتْ أَبْوَابُ الْجَنَّةِ، وَغُلِّقَتْ أَبْوَابُ النَّارِ، وَصُفِّدَتِ الشَّيَاطِينُ»

«Ramazon kelsa jannat eshiklari ochilib, do’zax eshiklari yopiladi va shaytonlar zanjirband qilinadi». Bu hadisni Muslim ishlab chiqdi… Biz har narsadan oliy va har ishga qodir Alloh Subhanahudan qalblaringiz bizga ochiq bo’lishini, quloqlaringiz bizni tinglashini, natijada biz aytayotgan narsalarni qabul qilib Alloh Taolo:

 ﴿الَّذِينَ يَسْتَمِعُونَ الْقَوْلَ فَيَتَّبِعُونَ أَحْسَنَهُ أُولَئِكَ الَّذِينَ هَدَاهُمُ اللَّهُ وَأُولَئِكَ هُمْ أُولُو الْأَلْبَاب﴾

«Ular so’zga quloq tutib, uning eng go’zaliga (ya’ni najotga eltguvchi rost So’zga) ergashadilar! Ana o’shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Va ana o’shalargina aql egalaridir» [Zumar 18] deb aytgan kishilar jumlasidan bo’lishingizni albatta so’rab qolamiz.

Ey hurmatli birodarlar, sizlar hech shubhasiz boshimizga tushgan va tushayotgan hodisalarni eshitib, ko’rib turibsiz… Haqiqatda, mustamlakachi kofir davlatlar hammasi bir bo’lib ustimizga itdek tashlandi. Yurtlarimiz har bir ochko’z ko’z olaytiradigan bir o’ljaga, har bir izg’uvchi bemalol izg’iydigan bir yaylovga aylanib qoldi, bu yurtlar tarqoqligiga barham berib ularni birlashtiradigan biron birlashtiruvchi bo’lmadi… Qonlarimiz daryo qilib oqizildi, boyliklarimiz talandi, erlarimiz chor atrofidan, balki qoq yuragidan qisqartirildi. Chunki yahudiylar muborak Falastin erini, Isro va Me’roj maskanini, ikki qiblaning birinchisi bo’lgan zaminni bosib olib u erda o’zlarining davlatini qurishdi, quturib izg’ib fasod tarqatishdi… Bu muborak zamin ahlini quvg’in qilib, o’z diyorlaridan haydab chiqarishdi, nomuslarni oyoq osti qilishdi, o’ldirishdi, qonlarni daryo qilib oqizishdi va hamon u erni fasodga to’lg’azishmoqda va fasod tarqatishmoqda… Amerika ham qonlarni daryo qilib oqizdi, Iroq va Afg’oniston kabi yurtlarni parchalab tashladi, hamma joyda bizga qarshi til biriktirdi, Sudanni bo’lib tashladi, Sharqiy Timorni Indoneziyadan ajratdi, Gretsiyaga Kiprning katta qismiga hukmron bo’lib olishiga imkon berdi… Britaniya ham har bir fasodda Amerikaga sherik bo’ldi, agar bir o’zi qirg’in qilolsa va qon to’kolsa bu jinoyatlarni o’zi qildi, bir o’zi qilolmasa jinoyatda Amerikaga sherik bo’ldi, u bilan baravar yoki uning ortidan shu jinoyatlarni qildi. Britaniya Iroq, Afg’oniston, Liviya…dagi qirg’inlarda Amerikaga sherik bo’ldi… Frantsiya ham bu mustamlakachilarga ular amalga oshirgan qirg’inlarda ergashdi, bu qirg’inlarning ba’zilarida ularga sherik bo’ldi, ba’zilarini esa bir o’zi mustaqil ravishda amalga oshirdi. U Markaziy Afrikada qirg’inni bir o’zi amalga oshirdi… Rossiya esa Qrim, Kavkaz, Checheniston, Tatariston…da qirg’inlarni amalga oshirdi… Xitoy ham Turkistonda shunday qirg’inlarni amalga oshirdi, Xitoyning Islomga qarshi qilayotgan dushmanlik ishlarini ko’rib turibmiz… Hindiston ham Kashmirda qirg’inlarni amalga oshirdi. Chunki Kashmir ahli musulmonlardir, hindlar ularni qirg’inlar va jinoyatlar bilan boshqarishmoqda… Hatto mayda davlatchalar ham musulmonlarni qirg’in qilishda ishtirok etdi! Masalan, Birma musulmonlarni qirg’in qilmoqda, ularning or-nomuslarini poymol qilmoqda, budparastlar musulmonlarga zo’ravonlik qilmoqda… Yana bulardan boshqa jinoyatlar ham ko’p.

Bu qonlarni faqat mustamlakachi kofirlargina to’kib qolmasdan balki ularning oramizdan chiqqan malaylari va yugurdaklari ham bir-birlariga qarshi jang qilishmoqda, qon to’kishmoqda, Musulmonlar orasidagi ongsiz kishilar bu ishda ularga sherik bo’lishmoqda, chunki ular bu malaylarni yaxshi ish qilishyapti deb o’ylashmoqda. Natijada Suriyada bir-birlariga qarshi xuddi eng ashaddiy dushmanlardek jang qilishmoqda, Iroqda ham ular go’yo ilk johiliyat davrida yashayotganlaridek bir-birlariga qarshi urushishmoqda… Liviyada ham bir-birlariga qarshi quturib jang qilishmoqda, Yamanda ham bir-birlariga qarshi zo’ravonlarcha, qattiq jang olib borishmoqda, Misr va Tunisda ham bir-birlariga qarshi qaysidir darajada jang qilishmoqda. Bularning barchasi ilgari musulmonlar tomonidan sodir etilmagan, misli ko’rilmagan, bir-birini o’ldirish jinoyatlaridir… Yana bulardan boshqa jinoyatlar ham ko’p.

Bu erda malay hukmdorlar va mustamlakachilar qo’lida musulmonlarning jasadlari burdalanib, ularning faqat qonigina to’kilib qolmadi. Balki, jasadga shikast etkazmay aqlni va qalbni vayron qiluvchi ishlar ham yuz berdi. Chunki mustamlakachi kofir Xalifalik da’vatiga qarshi imkoniyatidagi barcha chalg’ituvchi vositalarni ishga soldi, uni tiklash uchun harakat qiluvchilarga qarshi hiyla-nayranglarni va turli yovuzliklarni qo’lladi. Bu ishlar gohida bevosita mustamlakachining qo’li bilan, gohida malay hukmdorlarning qo’li bilan amalga oshirildi. Mustamlakachilar Xalifalikka harakat qiluvchilarga zarba berishda hamda Xalifalik farzligidan musulmonlarni burib yuborishda muvaffaqiyatsizlikka uchrab turgan bir paytda bir guruh musulmonlar mustamlakachilar qila olmagan ishni amalga oshirib berishdi. Chunki ular ketma-ket konferentsiyalar o’tkazib bu konferentsiyalarda so’zlarni buzib talqin qildilar va «Xalifalik bir tarixiy hodisa va u Islomda vojib bo’lgan shar’iy hukm emas» dedilar. Bulardan boshqa yana bir guruh musulmonlar kelib Xalifalikka qarshi kurashishda bundan ham ko’proq jinoyatlarni amalga oshirishdi. Ular Xalifalikni uning nomidan yomonotliq qilishdi, uning nomi ostida qirg’inlarni va jinoyatlarni amalga oshirishdi. Chunki ular Xalifalik yo’lida bo’lmagan narsani Xalifalik deb hisoblab, uning nomidan inson xayoliga kelmagan ishlarni amalga oshirishdi. Buning natijasida mustamlakachi kofirlar ular amalga oshirgan jinoyatlardan foydalanib qolishlari hamda Xalifalik go’yoki jinoyatlarga to’la maskan bo’lishini ko’rsatishlari uchun Islom dushmanlari uchun yo’l hozirlashdi. Dushmanning bundan ko’zlagan maqsadi odamlarga Xalifalikni yomon ko’rsatib ularni undan uzoqlashtirish hamda ularning zehnida Xalifalik haqida buyuk porloq tasavvurga butunlay teskari bo’lgan zulmatli, tuban tasavvurni o’rnatish edi. Bugun musulmonlar qorong’u zulmatli kunlarda qoldi. Bu zulmatli kunlar faqat mustamlakachi kofirlar qo’li bilangina vujudga keltirilib qolmadi, balki bunda ularga o’zini Islomga mansub deb hisoblab Islomga yomonlik qilayotganlar ham sherik bo’ldi va qolaversa bunda ularning mustamlakachi kofirnikidan ham o’tib ketdi. Chunki ular Islomga qarshi shiorni ko’tarib chiqib ham yoki Islom nomi bilan Islom shiorini ko’tarib chiqib ham Islomga yomonlik etkazdilar!!

Ey musulmonlar… Ey kuch va qudrat ahli…

Bugungi ahvolimiz bizga johiliyat asrini eslatmoqda, johiliyat asrida arablar bitta tuyani deb bir-birlariga qarshi qirq yil jang qilishgan, qiz chaqaloqlarni tiriklayin ko’mishgan, tosh va yog’ochdan o’z qo’llari bilan but-sanamlarni yasab unga ibodat qilishgan, balki gohida xurmodan ham but-sanam yasab, och qolishsa uni eb qo’yishgan! Ular sahroda butun olam uchun u yoqda tursin, hatto o’zlarining ahllari foydasi uchun yoki tevaraklaridagi odamlar foydasi uchun biron muhim masalani ko’tarib chiqmasdan behuda kezib, ko’chmanchi bo’lib izg’ib yurishar edi… Ulardan ko’chmanchi bo’lmay o’troq bo’lib qolganlari esa o’sha davrdagi yirik davlatlarga qaram bo’lishgan edi. Masalan, Iroqdagi Hiro podshohligi forslarga qaram bo’lgan bo’lsa, Shomdagi G’assoniylar rumliklarga qaram edi. Shuning uchun rumliklar forslardan bezovta bo’lsa yoki forslar rumliklardan bezovta bo’lsa G’assoniylar bilan Hirolilar (Banu Laxm) bir-biri bilan urushishardi! O’sha vaqtda arablar – sahroyi arablar ham, shaharlarda o’rnashib o’troq bo’lib qolgan arablar ham – ana shunday ahvolda edi. Faqat Makka bundan mustasno edi, chunki Alloh Makkani – uning chor atrofidan o’rab olgan, yil kunlarining sanog’icha but-sanamlar borligiga qaramay – O’z hifzu himoyasida tinch asragan!

Johiliyatda sahroyi arablar ana shunday ahvolda bo’lishgan, bir-birlarining qonlarini to’kishgan, arzimagan narsa uchun, jirkanch irqchilik uchun o’zaro bir-birlari bilan urushishgan… Ulardan o’troq bo’lib qolganlari esa ko’p hollarda o’sha davrdagi yirik davlatlar manfaati uchun bir-biri bilan urushishgan, natijada parchalangan, bo’lib tashlangan holda qolib ketishgan, ularni birlashtiradigan va halokatli oqibatlardan qaytaradigan biron kishi bo’lmagan. Demak ularning ahvoli bizning bugungi ahvolimizga o’xshash bo’lgan yoki bizning bugungi ahvolimiz ularning kechagi ahvoliga o’xshab qolyapti. Shunga qaramay ularning hokimlarida yoki boshliqlarida qaysidir darajada muruvvat-mardlik, haqiqiy erkaklik mavjud bo’lgan, hayo bo’lgan. Bu ikki xislat bugun musulmonlar yurtlaridagi hokimlarda yoki etakchilarda yo’q. Bunga (ya’ni o’sha davrdagi arablar hokimlari va boshliqlarida shu ikki xislat mavjud bo’lganiga) dalil qirq kishi qilgan ishdir. Rosululloh Ani o’ldirish uchun yuborilgan mushriklar kechasi Rosululloh A uyiga borib uyning berk ekanini ko’rishdi. Shuning uchun uy atrofida Rosul Aning uyni ochishini kutib turishdi, Payg’ambarimiz uyni ochsa u kishini o’ldirmoqchi bo’lishdi. Chunki muruvvat-mardlik ularni uyga zo’ravonlik bilan bostirib kirishdan tiydi, hayo ularni uy ahli uxlab yotgan uyga bostirib kirishdan qaytardi. Bugungi hokimlar va ularning josuslari esa hurmatlarni oyoq osti qilib uylarga iznsiz, vahshiylarcha o’qrayib bostirib kirishmoqda, ayollarni va bolalarni qo’rqitishmoqda. Ayollar va bolalar uyqularidan cho’chib uyg’onishmoqda, ulardan qo’rqib titrab, qaltirashmoqda. Chunki bugungi hokimlar va ularning josuslari muruvvat-mardlikdan va hayodan mahrumdir, Rosululloh A Buxoriy rivoyat qilgan hadisda:

 «… إِذَا لَمْ تَسْتَحْيِ فَاصْنَعْ مَا شِئْتَ»

«… Uyalmasang, xohlagan ishingni qilaver» deb naqadar rost aytganlar. Ey musulmonlar… Ey kuch va qudrat ahli…

Rosululloh A Islom bilan yuborildilar, Payg’ambarimiz arablarni ana shu zulmatli johiliyatdan uyg’otdilar, tubanlikka ketgan arablarni uyg’otdilar, o’tirib qolgan arablarni oyoqqa turgizdilar, uxlab yotgan arablarni uyg’otdilar, natijada ular Alloh yo’lida jihod qiladigan bo’lishdi, qaerga borsa o’zlari bilan butun olamga yaxshilik va adolatni yoyadigan buyuk risolatni olib boradigan bo’lishdi… Rosululloh A imon keltirgan kishilardan Arqam ibn Arqam hovlisida yashirin tarzda uyushma tuzdilar, bir necha yildan keyin ularni e’lon qildilar, ular odamlar bilan muloqotga kirishib ularning yuzlariga tik boqib haqni baralla aytdilar, ana shu tarzda fikriy kurash va siyosiy olishuv olib bordilar, Alloh yo’lida hech bir malomatchining malomatidan qo’rqmadilar… ozorlarga sabr qildilar, qat’iyatlari susaymay va irodalari bukilmay qiyinchiliklarni engib o’tdilar… Oxiri mahzunlik, qayg’u yili deb atalgan yilda Alloh O’z rosulini ikki ish bilan ikrom ayladi. Ana shu yili Rosul Aning himoya qilib kelgan amakisi Abu Tolib vafot etgani uchun va Rosululloh Aning panohi bo’lib kelgan zavjasi Ummul mo’minin Xadicha I Rafiq A’lo huzuriga rehlat qilgani uchun qayg’u yili deb ataldi… O’sha qayg’u yilida Alloh O’z Rosulini dunyo va oxirat azizligi bo’lgan ikki ish bilan ikrom qildi. Bu payg’ambar etib yuborilishlarining o’ninchi yilida yuz berdi. Alloh Subhanahu u kishini Isro va Me’roj bilan ikrom ayladi, Alloh Subhanahu u kishini Masjidul Haromdan Masjidul Aqsoga tunda sayr qildirdi, oliy osmonlarga ko’tardi va O’z bandasiga vahiy qilgan-buyurgan narsani vahiy qildi… Ikkinchi ish esa Rosululloh Aga nusrat talab qilish haqida izn berilishi bo’ldi, talabi nusrat ikkinchi Aqaba bay’ati, nusrat bay’ati, boshqaruv bay’ati bilan yakunlandi. Bu payg’ambarlikning o’n uchinchi yili zul-hijja oyida bo’ldi, ana shundan keyin Rosul A hijratning birinchi yili, robiul-avvalda hijrat qildilar va davlatni qurdilar, Islom va musulmonlarni aziz qildilar, bu bir buyuk hodisa bo’ldi… Musulmonlar bir tarixni asos qilib olmoqchi bo’lishgan paytda Umar G ularni to’plab, bu ishni o’rganib chiqishdi, natijada ular hijrat va davlat tiklanishini islomiy tarix boshlanishi bo’lishga loyiq bo’lgan bir o’ta buyuk hodisa deb topishdi… Shunday qilib Islom davlati qurildi va Islom butun Arab Jazirasiga va uning tevarak atrofiga nur sochdi, keyinchalik roshid Xalifalik bo’ldi, undan keyin xalifalar bo’ldi, fath-g’alabalar keng tus oldi, yaxshilik olamning ko’p joylariga yoyildi, er yuzining mashriqidan tortib mag’ribigacha yoyildi, Sharqdagi Indoneziyadan tortib G’arbdagi okeangacha yoyildi. Agar o’sha davrda mujohidlar okean ortida yana bir er borligini bilishganida edi uni fath qilish uchun va u erga yaxshilikni yoyish uchun u erga albatta borishgan bo’lardi. Zero Uqba ibn Omir oti bilan Atlantik okean sohiliga kirib borar ekan: «Allohim, agar bu dengiz ortida biron er borligini bilsam unga etib borish uchun bu dengizga albatta sho’ng’ir edim» degan edi. Yana bir rivoyatda esa bunday deyilgan: u otini dengizga olib kirdi, hatto suv otning tomog’iga qadar etdi, shundan keyin u bunday dedi: «Allohim, men Seni guvoh qilamanki, biron o’tish yo’li yo’q, biron o’tish yo’lini topganimda albatta o’tgan bo’lardim».

Musulmonlarning holi azizlik uzra azizlik, oliylik uzra oliylikda davom etdi… Mustamlakachi kofirlar musulmonlarning azizligiga sabab ularni Xalifalik davlati soyasida, Uqob royasi: la ilaha illalloh Muhammadur Rosululloh royasi soyasida Islom bilan boshqarish ekanligini bilishdi. Shuning uchun ana shu davlatni qulatish maqsadida bor kuchlarini sarflashdi. O’sha paytda kufrning boshchisi Britaniya edi. Britaniya o’n sakkizinchi asrning boshidan boshlab shunga urindi, oxiri milodiy yigirmanchi asrning birinchi choragida Xalifalik davlatini qulatishga muvaffaq bo’ldi. Bundan oldin u arab va turk xoinlarini ishga soldi… Ana shundan keyin musulmonlar parchalab tashlandi, ularning yurtlarini Islomning har qanday dushmanlari, yirik davlatlar va hatto mayda davlatchalar ham toptaydigan bo’lib qoldi! Qur’on haqorat qilinsa musulmonlar tek turaveradigan bo’lishdi, Islom Rosuli A haqorat qilinsa musulmonlarning tomirlaridagi qon qaynamaydigan bo’lib qoldi, hurmatlar va muqaddas narsalar oyoq osti qilinsa musulmonlarning armiyalari o’z kazarmalarida ag’anab yotaveradigan bo’lib qoldi. Hokimlar bu armiyalarni faqat odamlarga qarshi harakatga keltirishmoqda, o’zlarini zaif, notavonlarga sher qilib ko’rsatishmoqda, holbuki bu hokimlar dushmanlar oldida butun vujudlari qo’rquvdan titrab qaltirab, bu dushmanlarning oyog’ini o’pishadi, oqibatda biz bugungi mana shu ahvolga etib keldik!!

Ey musulmonlar… Ey kuch va qudrat ahli… Bu ish uning avvali nima bilan isloh bo’lib o’nglangan bo’lsa o’sha bilan o’nglanadi, ya’ni ustida Uqob royasi, Rosululloh A royasi hilpiraydigan roshid Xalifalik davlatidagi Islom boshqaruvi bilan o’nglanadi. Rosululloh A Islom risolatini etkazishda tutgan tariqatning aynan o’zi bilan o’nglanadi, Islom asosidagi uyushmani vujudga keltirish bilan o’nglanadi, boshqa narsa bilan o’nglanmaydi. Ana shu uyushma Ummat bilan ish olib boradi, Ummat orasidagi quvvat ahlidan nusrat talab qiladi, bu uyushma to Alloh Subhanahu va Taolo unga yordam berib, u Islom boshqaruvini va Islom davlatini tiklamaguncha uyushma bunda davom etaveradi. Ishni o’nglaydigan narsa mana shudir, faqat u bilangina Ummat bu tubanlikdan yuksaladi, g’aflat uyqusidan uyg’onib oyoqqa turadi, o’zining o’tmishdagi buyuk siyratini, roshid Xalifalikni qayta tiklaydi, Xalifalik ichkarida Islomni tatbiq qiladi va Islomni olamga da’vat va jihod orqali olib chiqadi, natijada Aziz, Hakim Alloh bu davlatga nusrat-g’alabalarni ato etadi.

 ﴿إِنَّا لَنَنْصُرُ رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ الْأَشْهَادُ﴾

«Albatta Biz payg’ambarlarimizga va imon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir bo’lib) turadigan kunda (qiyomatda) ham yordam berurmiz» [G’ofir 51]

Shuning uchun Xalifalikni tiklashga harakat qilish zarurdir. Xalifalik voqe hayotda nusrat-g’alaba yo’li bo’lgani uchungina emas, balki eng avvalo bir buyuk farz bo’lgani uchun, farzlar onasi bo’lgani uchun, farzlar toji bo’lgani uchun ham uni tiklashga harakat qilish zarurdir. Chunki faqat Xalifalik bo’lsagina shar’iy hukmlar ado etiladi, hadlar ijro qilinadi. Xalifalik bo’lmasa odamlarga bu hukmlar tatbiq etilmaydi, ularning o’rtasida hadlar ijro etilmaydi. Vojib nima bilan tamomiga etsa o’sha narsa ham vojibdir… Xalifalikni tiklab bitta xalifani paydo qilish farzdir, farz bo’lganda ham farzlar tojidir. Shuning uchun kim qodir bo’la turib uni tiklashga harakat qilmasa uning gunohi juda ulkandir, u go’yo johiliyat o’limini topgandek bo’ladi, bu mazmun buning o’ta qattiq gunoh ekanligiga dalolat qiladi.

«… وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ، مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«… Kimki bo’ynida bay’at yo’q holda o’lsa johiliyat o’limi bilan o’libdi». Shuning uchun Xalifalikni tiklash va bitta xalifani vujudga keltirish farzdir, farz bo’lganda ham qanday ham buyuk farzdir. Shuning uchun ham musulmonlar Rosululloh Ani dafnga hozirlashga kirishishdan oldin Xalifalikni tiklashga kirishishdi, bu dafn marosimi ahamiyatli va buyuk ekanligiga qaramay ular shunga kirishishdi. Bularning barchasiga sabab Xalifalikning buyukligi va ahamiyati edi. Kibor sahobalar Xalifalikni tiklash bilan mashg’ul bo’lishni ana shu buyuk farzdan: Rosul Aning muborak jasadini dafnga tayyorlashdan ham ko’ra birlamchi masala deb bilishdi.

Qolaversa Xalifalik bo’lsagina xalifa-imom boshchiligida fathlar boshlanadi.

«… وَإِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ…»

«… Imom-xalifa bamisoli ortida turib jang qilinadigan va himoyalaniladigan bir qalqondir…». Demak xalifa va Xalifalik bir qalqondir, ya’ni himoya qiluvchidir. Kimning himoyachisi bo’lsa oxir-oqibat u Alloh izni ila g’olibdir, uning haq-huquqi ham, yurtlari ham zoe bo’lmaydi, dushmanlari uning yaqiniga yo’lashga ham jur’at qilolmaydi. Bu Xalifalik tarixi o’z tili bilan aytib turibdi. Masalan qani o’sha Vizantiya va uning episkoplari? Qani o’sha Madoin va kisrolar? Qolaversa agar Islom davlati, Islom qo’shini va Islom adolati bo’lmaganida okeandan okeangacha, butun er yuzi bo’ylab cho’zilib yotgan ana shu joylarda kim takbirni cho’zib, gulduros ayta olardi? Agar Xalifalik o’sha davrda Sharq va G’arbdagi ikki okean ortida yana bir er borligini bilganida albatta bu okeanga albatta sho’ng’ib Rahmon, Rohim, Aziz, Hakim Allohga da’vat qilgan bo’lardi.

Ey musulmonlar… Ey kuch-qudrat ahli…

Biz sizlarga bundan oldin ikki marta nido qilganmiz:

  • Birinchisi hijriy 1385 yil 20 robius-soniy, milodiy 1969 yil 17 avgustda bo’lgan edi, ya’ni bundan qariyb ellik yilcha oldin bo’lgan edi…

Ana shu nido musulmonlarda Islom fikrlari va ahkomlariga bo’lgan ishonch-e’tiqodga putur etkazish mavjudligidan ogohlantirib xatar bongini urishdan iborat bo’lgan edi. Chunki ana shu putur etkazishning kuchli ta’siri musulmonlar orasida sezilarli ravishda ko’zga tashlanib qolgan edi! Hizb o’z ahlini aslo aldamaydigan etakchi bo’lgani uchun Islom fikrlari va ahkomlariga bo’lgan ishonchni qayta tiklash uchun kuchi etgan barcha yo’llar bilan ana shu putur etkazishga qarshi kurashdi va bunda ham sezilarli muvaffaqiyatga erishdi. Buning uchun Alloh Robbul olaminga hamdlar bo’lsin.

  • Ikkinchi marta esa biz sizlarga hijriy 1426 yil 28 rajab, milodiy 2005 yil 2 sentyabrda nido qildik, ya’ni o’n yil oldin…

Ana shu nido qaynoq muhit-vaziyatlarda bo’lgan edi. Chunki G’arb va eng avvalo Amerika o’zlari musulmonlar o’rtasida uzoq yillar davomida paydo qilishga urinishgan putur etkazishni Hizb va boshqa xolis musulmonlar Ummat ommasidan yo’q qilishga muvaffaq bo’lganini va musulmonlarning Xalifalikni tiklash sari qadam tashlayotganlarini ko’rgach, mustamlakachilar buni ko’rishgach ularning Hizbga qarshi hujumlari yanada kuchaydi. Ular bu hujumni gohida bevosita o’zlari, gohida esa o’zlarining malaylari orqali qiladigan bo’lishdi. Bu hujumga ular urushlarni ham qo’shishdi. Bu urushlarni Iroq va Afg’onistonda salibchilik urushlari deb e’lon qilishdi, Islom va musulmonlarga bo’lgan kek-adovatlari sababli shunday qilishdi. Biz ikkinchi nidoimizda G’arbning va eng avvalo Amerikaning butun musulmonlarga, xususan Xalifalikka va uni tiklashga harakat qilayotganlarga adovatini hamda Islom dushmanlari musulmonlarning Xalifalik sari qadam tashlashlariga to’siq qo’ymoqchi bo’lishayotganini bayon qildik, so’ngra musulmonlarning – agar ular Islom ahkomlariga qattiq amal qilsalar, xolis Alloh uchun dinlarida mahkam tursalar va kuchli, Aziz Alloh Subhanahu panohiga qaytsalar – bu dushmanlarni mag’lub qilishga qodir ekanliklarini ham bayon qilgan edik.

  • Mana endi Xalifalik musulmonlar ommasida ra’yi omga aylangan bir vaqtda ushbu oxirgidan oldingi nidoni sizlarga yo’llamoqdamiz…

Zero Sa’d kabi Ansorlarning maydonga chiqishiga izn berishi qoldi, xolos… Xalifalik uchun harakat qilayotganlarga yordam berish bilan, Hizb ut-Tahrirga yordam berish bilan o’z dinlariga nusrat keltiradigan haqiqiy er kishilarga izn berishi qoldi, xolos. U shunday bir nusratki, u ikkinchi roshid Xalifalikni, Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni mana bu bizga zulm qilayotgan zo’ravon podshohlikdan keyin tiklaydi, bu esa Alloh Subhanahuning:

 ﴿وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ﴾

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga ularni ham er yuzida xalifa qilishni va’da berdi» [Nur 55] degan va’dasining va Rosululloh Aning shu zo’ravon podshohlikdan keyin Xalifalik bo’lishi haqidagi bashoratining ro’yobga chiqishi bo’ladi. Rosululloh A:

«…ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ نُبُوَّةٍ»

«… So’ngra zo’ravon podshohlik bo’ladi, u ham Alloh xohlagan vaqtgacha bo’ladi so’ngra Alloh uni ko’tarishni xohlagan paytda ko’taradi, so’ngra Payg’ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo’ladi» deb bashorat berganlar.

– Oxirgidan oldingi ushbu nidoni biz sizlarga yo’llar ekanmiz sizlarga yaxshilikni xohlaymiz, shuning uchun ey musulmonlar shoshilinglar. Ey quvvat ahli shoshilinglar, da’vat va nusratga qo’shilinglar, Hizb bilan birga Xalifalikni tiklashga shoshilinglar. Xalifalikning Hizb tomonidan tiklanishiga guvoh bo’lishnigina kutib o’tiravermang. Sizning shu saflarga bugun qo’shilib, yaxshilik va ajrga erishishingiz, ertaga qo’shilib yaxshilik va ajrga erishishingizga teng emas, undan bir muncha yuksakdir, garchi har birida yaxshilik bor bo’lsa ham.

«Sizlardan (Makka) fath bo’lishidan ilgari infoq-ehson qilgan va (rosululloh bilan birga kofirlarga qarshi) urushgan kishilar (Makka fathidan keyin infoq-ehson qilgan va urushgan kishilar bilan) barobar bo’lmas. Ular keyin infoq-ehson qilgan va urushgan kishilardan ulug’roq martabadadirlar. Barchalariga Alloh go’zal (oqibat-jannat) va’da qilgandir. Alloh kilayotgan amallaringizdan xabardordir» [Hadid 10]

– Biz oxirgidan oldingi ushbu nidoni sizga yo’llamoqdamiz, faqat Aziz, Jabbor Allohdangina qo’rqing, «agar sizlarga yordam beradigan bo’lsak Amerika va uning ortidan G’arb bizga qarshi turadi» demang. Chunki ularning qarshi turishi imon keltirgan, himoya va nusrat bergan kishilar qarshisida tezda qulaydi va ularning beli tezda sinadi.

 ﴿وَكَانَ حَقًّا عَلَيْنَا نَصْرُ الْمُؤْمِنِينَ﴾

«Imon keltirgan zotlarni g’olib qilish Bizning zimmamizdagi haq bo’lgan» [Rum 47]

– Oxirgidan oldingi ushbu nidoda biz sizlarga azizligingizni va dushmanlaringizning xorligini eslatamiz. Chunki sizlar musulmonsiz, Allohga Robbim deb, Islomga dinim deb, Muhammad Aga payg’ambarim deb imon keltirgan mo’minlarsiz, sizlar Robbingiz bilan kuchlisiz.

 ﴿لَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللَّهِ﴾

 «Bor kuch-quvvat yolg’iz Alloh bilandir» [Kahf 39]

Diningiz bilan azizsiz.

 ﴿وَلِلَّهِ الْعِزَّةُ وَلِرَسُولِهِ وَلِلْمُؤْمِنِينَ﴾

«Holbuki kuch-qudrat Allohniki, Uning payg’ambariniki va mo’minlarnikidir» [Munofiqun 8]

Sizlar roshid xalifalar nabiralarisiz, Andalusni fath qilib u erda islomiy hazoratni yoygan qahramonlarning nabiralarisiz… Bir rumlik zulm qilgan paytda oh Mo”tasim deb faryod qilgan ayolga yordam berish uchun qo’shinga shaxsan o’zi qo’mondonlik qilgan Mo”tasimning nabiralarisiz… Sizlar musulmonlar bilan tuzgan ahdini buzgani uchun rum podshohiga u eshitishidan oldin o’z ko’zi bilan ko’radigan qo’shin bilan javob qaytargan Horunar Roshid nabiralarisiz… Salibchilarni yanchib tashlab nusrat keltirgan Salohiddinning nabiralarisiz… Mo’g’ul-tatarlarni yanchib tashlagan Qutz va Beybarsning nabiralarisiz… Alloh Konstantinopolni fath qilish bilan sharaflagan yosh amir Muhammad Fotihning nabiralarisiz, Rosululloh A bu fath haqida

«… فَلَنِعْمَ الْأَمِيرُ أَمِيرُهَا، وَلَنِعْمَ الْجَيْشُ ذَلِكَ الْجَيْشُ»

«… Uning amiri qanday ham yaxshi amir, ana shu qo’shin qanday ham yaxshi qo’shin»deb aytgan edilar… Sizlar Frantsiya o’zining asirga tushgan qirolini qutqazish uchun yordam so’rab murojaat qilgan xalifa Sulaymon Qonuniyning nabiralarisiz… Xalifa Salim uchinchining nabiralarisiz, bu xalifa davrida AQSh Amerika kemalarining O’rta Yer dengizida tinch-omon o’tishiga ruxsat berilishi uchun xalifaning Jazoirdagi voliysiga har yili to’lov to’lab kelgan edi… Sizlar xalifa Abdulhamidning nabiralarisiz. Bu xalifa yahudiylar davlat xazinasiga to’kishni taklif qilgan millionlab oltinlarga aldanmagan edi va yahudiylar o’zlariga Falastinda vatan qilib olishlariga ruxsat berilishi uchun unga qarshi har tomondan uyushtirgan xalqaro bosimlar ham bu xalifani qo’rqitolmagan edi. O’shanda xalifa Abdulhamid rohimahulloh o’zining ushbu mashhur so’zlarini aytgan edi: «Jarrohlik pichog’ining badanimni tilka-pora qilishi menga Falastinni Xalifalik davlatidan ajratib tashlanganini ko’rishdan ko’ra engilroqdir… Shuning uchun yahudiylar o’zlarining millionlarini yonlarida saqlab qo’yaverishsin… Zero biron kun Xalifalik davlati parchalab tashlansa o’shanda yahudiylar Falastinni pulsiz olishga muvaffaq bo’lishadi». Chunki Abdulhamid rohimahulloh uzoqni ko’ruvchi edi. Shuning uchun bu haqiqatdan ham Xalifalik yo’q qilingandan keyin yuz berdi. Chunki malay hokimlar Falastinni zoe qilishdi va uni yahudiylarga qo’sh-qo’llab topshirishdi, topshiribgina qolmay balki uni yahudiylar uchun qo’riqlab kelishmoqda… Bu xalifaga va islomiy davlatga qarshi kofirlar qattiq til biriktirganiga qaramay o’sha davrda buyuk davlat bo’lgan Britaniya Usmoniy davlatning Londondagi elchisidan rasman uzr so’ragan edi, chunki ingliz fuqarolaridan biri o’n to’qqizinchi asrning oxirlarida (1890 yilda) Islomga dushmanlik hisoblangan bir narsani nashr qilgan edi. Bugun esa Robbul olamin kalomi bo’lmish Qur’oni Karim kofir G’arb va yahudiylar tomonidan tahqirlanyapti, lekin hech qanday uzr so’rash yo’q, balki uzr so’rashdan bir ozginasi ham yo’q, chunki Qur’onni dastur qilib oladigan va davlatni Qur’oni Karimga nisbatan bir ozgina bo’lsa hurmatsizlik ko’rsatgan kofirlarga qarshi harakatga keltiradigan musulmonlar xalifasi yo’q-da!

Xalifalik mana shunday bo’lgan, Xalifalik soyasida yashagan musulmonlar ana shunday bo’lganlar… ular – ey musulmonlar – sizlarning ajdodlaringizdir, ana shu ishlar ular qilgan ishlardir, sizlar ularning nabiralarisiz, shunday ekan ular ergashgan haqqa shoshiling, haqqa ergashing, ular bunyod qilgan azizlikka shoshiling, siz ham uni bunyod qiling.

Oxirgidan oldingi ushbu nidoda biz oldinroq aytib o’tgan sizlar dushmanlaringizni mag’lub qilishga Alloh izni ila qodirsiz degan so’zlarimizni sizlarga ta’kidlaymiz. Chunki mustamlakachi kofir davlatlarning tashqi ko’rinishigina ulkandir, lekin ich tomoni hilvirab qolgan. To’g’ri, ularda katta miqdorda qurol-aslahalar bor, lekin bu qurollar haqiqiy kibor erkaklar qo’lida emas, qurol ta’siri esa haqiqiy erkaklarsiz zaifdir, dushman qurolidan ko’ra pastroq darajadagi qurollar bilan qurollangan, lekin jangga dushmandan ko’ra zo’r kuch va shiddat bilan otiladigan kuchli imonli guruh qarshisida zaifdir… Bu Xalifalikning dushman kofirlarga qarshi qilgan urushlari o’z tili bilan aytib turgan bir haqiqatdir. Demak quroldagi moddiy ustunlikning bir o’zigina musulmonlar bilan bo’ladigan urushni hal qilmaydi, hatto musulmonlarning moddiy qurol-aslahalari kam bo’lsa ham. Chunki musulmonlarda tirik, chin aqida bor, bu aqida ularni jangovar qudrat bilan ta’minlaydi, buni bugun tog’utlar va ularning xo’jayini Amerika tushunib etmoqda… Lekin bu dushmanlar bu qudratni Xalifalik tongi Alloh izni bilan otgan paytda o’z ko’zlari bilan ko’rishadi, bu qudrat nusrat-g’alabadan yana bir g’alaba sari qadam tashlaydi, o’shanda tog’utlar o’z uyalariga berkinib olishadi, agar o’shanda uyalari qolsa.

 ﴿وَلَتَعْلَمُنَّ نَبَأَهُ بَعْدَ حِينٍ ﴾

«Albatta sizlar uning xabarni (ozgina) vaqtdan so’ng bilib olursizlar» [Sod 88]

Oxirgidan oldingi ushbu nidoni sizlarga yo’llar ekanmiz sizlarni yordamga chaqiramiz, bizga sizlardan oldin yordam bergan kishilar safiga qo’shiling, biz sizlarga qo’limizni uzatamiz, uni mahkam siqing va bizni himoya qiluvchi kuch-quvvat ahli safiga qo’shiling. Chunki karvonning harakatga kelib yurish qilishiga yaqin qoldi, shuning uchun bu yurishda bizga sherik bo’ling.

﴿وَيَقُولُونَ مَتَى هُوَ قُلْ عَسَى أَنْ يَكُونَ قَرِيبًا﴾

«Ular: «U (kun) qachon bo’lur?» deb (so’raydilar). «Shoyadki yaqin bo’lsa», deb ayting!» [Isro 51]

Biz Alloh nusrati kelishiga aminmiz.

 ﴿وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ﴾

«O’sha kunda mo’minlar Alloh g’olib qilgani sababli shodlanurlar. (Alloh) O’zi xohlagan kishini g’olib qilur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir» [Rum 4-5]

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Hizb ut-Tahrir

2 ramazon 1436h

19 iyun 2015m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.