Matbuot bayonoti
Namozxonalarni yopish taklifi hurriyat va bag‘rikenglik degan narsalarning yolg‘onligini yana bir bor fosh etdi
Ma’lumki, o‘z Islomlari va qadriyatlariga amal qilishni istayotgan musulmonlarni repressiya qilishda daniyalik siyosatchilar hech qanday chegara bilmaydi.
Daniya parlamentidagi qator partiyalar davlat muassasalaridagi namozxonalarga qonunan taqiq qo‘yish kerak, degan fikrda. Hukmron partiya «Venstre», Daniya Xalq partiyasi va Daniya demokratlari buni qo‘llab-quvvatlasa, Sotsial-demokratlar ayni taklifni rivojlantirishni istayapti.
Partiyalar bu kabi taqiqlardan, xususan, musulmonlar nishonga olinganini o‘zlari ochiq aytishdi. Masalan, migratsiya va integratsiya vaziri Kaare Dibvad Bek «namozxonalar bugungi Daniya jamiyati faoliyatiga va yoshlarning, ayniqsa, ozchilik guruhlardan bo‘lgan shaxslarning turmush tarziga mos kelmaydi. Bil’aks, anaxronistik madaniyatga yo‘l ochadi», dedi. (Ritzau, axborot agentligi).
Ammo bu integratsiya vaziri odamlarni e’tiqodiga qarab tazyiq o‘tkazuvchi bunday eski mustamlakachilik mentalitetidan voz kechgisi yo‘q. Zotan, bu narsa Yevropada asrlar davomida keng tarqalgan bo‘lib, Daniyadagi birin-ketin kelayotgan hukumatlar yana orqaga qaytishni yoqtirmoqdalar.
Namozxonalarni taqiqlashlariga keltirayotgan bahonalari shu darajada bema’niki, raddiya bildirishga ham arzimaydi. Aslida, maqsadlari aniq. U ham bo‘lsa, musulmonlarning madaniyatini yomon ko‘rishgani uchun ularni kamsitishdir.
Ularning «talabalar namoz sababli o‘zlarini bosim ostida his qilishyapti», degan dalillariga kelsak, bu g‘irt bema’nilik. Zero, bu mantiq nazariy jihatdan kimdir majbur bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday narsani taqiqlashni talab qiladi. Bundan tashqari, u «ijtimoiy nazorat» haqidagi xayoliy da’voga asoslanadi. Biroq, hozirgi vaziyat buning aksini ko‘rsatmoqda; musulmon talabalar namozga shunchalik qat’iyatli va ixloslidirki, hatto taqiqlangan joylarda ham namoz o‘qishda davom etadilar. Ular bosim tufayli emas, balki shuncha bosimga qaramay ibodat qilishmoqda.
Ayni paytda, ta’lim muassasalari spirtli ichimliklarni iste’mol qilish va boshqa ozg‘inlik ishlarini rag‘batlantiradigan muhit yaratmoqda. Darhaqiqat, talabalar tengdoshlarining bosimi ta’sirida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishlari haqida ochiq gapirishadi. Bu holat «bosim» va «ijtimoiy nazorat», degan hujjatlarning naqadar asossiz va ziddiyatli ekanini ochib beryapti. Chunki kishining Xoliqi bilan bog‘lanishiga va haqiqiy ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirishiga taqiq qo‘yish o‘rniga, spirtli ichimliklarni va buzuq ko‘ngilochar madaniyatni taqiqlashlari kerak edi.
Haqiqatda, Daniyadagi ko‘plab ta’lim muassasalarida namoz ado etilishi amalda taqiqlandi. Holbuki, bu taqiq o‘zlari da’vo qilgan diniy erkinlik prinsipiga zid. Musulmon o‘quvchilari ko‘p bo‘lgan o‘rta maktablarning ko‘pchiligida namoz o‘qish taqiqlandi. Shu bilan birga, musulmon talabalari soni ko‘p bo‘lgan universitetlarning ko‘pida namozxonalar yopildi.
Namozni va musulmon talabalarning ushbu go‘zal ibodat shaklini bajarishga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaslik bag‘rikenglik va xilma-xillikni kafolatlashni da’vo qiladigan demokratiya va sekulyarizmning yakuniy muvaffaqiyatsizligini ochib bermoqda.
Ushbu taqiqlarga qaramay, Kristiansborg saroyi tomonidan fikrga qarshi har qancha bosim bo‘lmasin, musulmonlar ta’lim muassasalarida namoz o‘qishdan hargiz to‘xtamaydilar. Taqiqlar orqali musulmonlarning tafakkuri va turmush-tarziga sekulyarizmni singdirib bo‘lmaydi.
Odamlarning qadriyatlarini o‘zgartirish uchun albatta ishonchli dalil keltirish lozim. Siyosatchilar tiqishtirayotgan shafqatsiz taqiqlar qanchalik ko‘paygan sari, ularning o‘zlari liberalizmning naqadar noadekvat va ziddiyatli ekaniga dalil keltirishmoqda.
Biz Hizb ut-Tahrir – Daniya sifatida parlamentdagi partiyalar tomonidan amalga oshirilayotgan totalitar taqiq siyosatini keskin qoralaymiz va barcha musulmonlarni o‘zlarining islomiy qadriyatlarini himoya qilishga va ibodatda hech qachon murosa qilmaslikka chaqiramiz. Chunki namoz Islom dinining asosiy ruknlaridan biridir.
Hizb ut-Tahrirning Daniyadagi
matbuot bo‘limi