Hokimiyat Ummatniki nomli ma’ruzaga nisbatan katta Port-Sudan bozorida juda yaxshi munosabat bildirildi

27
0

Matbuot bayonoti

Hokimiyat Ummatniki nomli ma’ruzaga nisbatan katta Port-Sudan bozorida juda yaxshi munosabat bildirildi

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati (hijriy 1446 yil 18 sha’bon, milodiy 2025 yil 17 fevral dushanba kuni) katta Port-Sudan bozorida «Hokimiyat Ummatniki» nomli siyosiy ma’ruza tadbiri o‘tkazdi. Tadbirda Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi rasmiy notig‘i o‘rinbosari ustoz Ayman Jome’ (Abu Ayman) ma’ruza qildi. Ustoz o‘z ma’ruzasida hokimiyat Ummatniki degan tushuncha Islomdagi boshqaruvning asosiy qoidalaridan hisoblanishini, boshqaruvchi hukmdor hokimiyatga Ummatning faqat roziligi va tanlovi bilan, bay’at orqali saylanishini ta’kidladi.

Abu Ayman «Bay’at bu musulmonlarning xalifasi bilan Ummat o‘rtasida – xalifa dinni barpo etib, shariatni tatbiq etishi, Ummat bu borada unga itoat qilishi sharti bilan – tuziladigan rozi-rizolik bitimidir», dedi. So‘ng bunga qator dalillarni keltirdi. Jumladan, Ubboda ibn Somitning

«بَايَعْنَا رَسُولَ اللهِ ﷺ عَلَى السَّمْعِ وَالطَّاعَةِ فِي الْيُسْرِ وَالْعُسْرِ وَالْمَنْشَطِ وَالْمَكْرَهِ»

«Rosululloh ﷺga yengillikda ham, mashaqqatda ham, xursandchilikda ham xafachilikda ham quloq solib itoat qilishga bay’at qildik», degan muttafaqun alayhi hadisini bayon qildi.

Ayman Jome’ bay’at etiladigan xalifaning yo‘qligi xavfiga e’tibor qaratib, shu sababli Ummatning gunoh va azobga duchor bo‘lishini ta’kidladi hamda Imom Muslim Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan quyidagi hadisni misol qilib keltirdi:

«مَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«Kim bo‘ynida bay’at bo‘lmagan holda vafot etsa, johiliyat o‘limini topadi».

Ustoz, shuningdek, harbiy to‘ntarishning haromligini, chunki bu Ummatning hokimiyatini bosib olish hisoblanib, mustamlakachilar o‘z malaylari orqali Islom Ummati ustidan hukmronlik qilish uchun qo‘llayotgan makr-nayranglaridan biri ekanini bayon qildi. Islomdagi boshqaruv tuzumi Xalifalik ekanligini, muammo va krizislarning manbai fuqarolik va harbiy shakllari bilan sekulyar demokratik tuzum ekanini va bu tuzum dinni musulmonlar hayotidan olib tashlaganini ta’kidladi.

Ustoz Abu Ayman yig‘ilganlarni Xalifalikni barpo etishga va shar’iy bay’at orqali musulmonlarga bitta xalifa saylashga da’vat qilib, faqat shu orqali johiliyat o‘limi gunohidan qutulamiz, dedi.

Ishtirokchilar ancha yuqori bo‘lgan tadbirda qizg‘in muloqot bo‘lib o‘tdi. Har bir hadis aytilganda takbirlar va Payg‘ambarimiz ﷺga salavotlar aytib turildi. Yig‘ilganlar Xalifalikning barpo etilishi farz ekanligini qattiq ta’kidlab, davlat boshqaruvining Islomda bir ibodat ekanini urg‘uladilar. Demokratiya g‘oyasini rad etib, Ummatni islomiy diniy qoidalar asosida ongini uyg‘otuvchi bu kabi tadbirlarni davom ettirish kerakligini talab qildilar.

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Hizb ut-Tahrirning Sudan

viloyatidagi rasmiy notig‘i

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.