Ommaviy axborot vositalari bilan chalgʼitish!

214
0

Ommaviy axborot vositalari bilan chalgʼitish!

АQShning dunyoga mashhur ommaviy axborot vositalaridan biri «The New York Times» gazetasi oʼz xodimlari uchun sionistik rejimning Falastin va Gʼazoga hujumlari haqidagi xabar matnlarida «ishlatilmaydigan soʼzlar qoʼllanmasi»ni tayyorlab bergan. Bu haqida «The Intercept» notijorat matbuot tashkiloti xabar tarqatdi.

Tashkilot qoʼlga kiritgan maʼlumotlarga koʼra, «The New York Times» gazetasining muharrirlari Sьyuzan Vessling va Filipp Pan boshchiligida tayyorlangan qoʼllanmada, Gʼazodagi hujumlar haqidagi xabar matnlarida “genotsid» va «etnik tozalash» kabi iboralar ishlatish taʼqiqlangan hamda Falastin uchun «bosib olingan» soʼzini ishlatilmaslik kerakligi haqida ham koʼrsatmalar berilgan.

«The Intercept» nashri tomonidan chop etilgan hisobotda nafaqat «The New York Times» gazetasi, balki «Washington Post» va «Los Angeles Times» kabi АQShning boshqa taniqli gazetalari ham oʼldirilgan falastinlik tinch aholi uchun «qirgʼin», «qatliom» va «dahshatli» soʼzlaridan uzoq turganligi taʼkidlangan.

Mazkur hisobotda, aytilishicha, «The New York Times» gazetasida 24 noyabrь kuni chop etilgan xabarda sionistlarni mazlum koʼrsatish uchun «qirgʼin» soʼzi 53 marta qoʼllangan, ammo oʼldirilgan minglab tinch Falastin aholisi uchun esa faqat bir marta qoʼllangan. Shuningdek, ushbu gazeta 7 oktyabrdan soʼng darhol tarqatgan xabarida Qossam guruning hujumini «terror harakati» deb taʼriflagan, biroq sionistik rejimning minglab tinch aholi, jumladan, bolalar va ayollarning oʼlimiga sabab boʼlgan hujumlari uchun «terror» soʼzini ishlatmagan.

Izoh: Inson fikrlashi uchun albatta maʼlumotlarga muhtojdir. Chunki u fikrlash jarayonida maʼlumotlarni voqega bogʼlaydi. Аgar maʼlumotlar toʼgʼri boʼlsa, ular asosida yuritilgan fikr ham toʼgʼri boʼladi. Аgar maʼlumotlar notoʼgʼri boʼlsa, ular asosida yuritilgan fikr ham notoʼgʼri boʼladi. Hozirgi paytda ommaviy axborot vositalari insonlarning fikri, tushunchasi, tuygʼularini shakllantirish va oʼzgartirishda muhim rol oʼynamoqda. Chunki u insonlar fikrlashiga muhtoj boʼlgan maʼlumotlarni tinimsiz tarqatib turibdi.

Biroq bugungi kunda ommaviy axborot vositalari haqiqatni aks ettirmaydigan maʼlumotlar va adashtiruvchi fikrlarni tarqatishi hech kimga sir boʼlmay qoldi. Shu darajadaki, Insonlarni «ommaviy axborot vositasi orqali aldash» strategiyasi degan narsa avjiga chiqdi. Bu strategiyaga koʼra, maʼlumotni buzib koʼrsatish yoki uni buzilgan, notoʼgʼri shaklda berish asosiga tayanib, insonlarning fikrini oʼz manfaatiga burish uchun yangi uslublar oʼylab topiladi. Bundan koʼzlangan maqsad albatta insonlarni toʼgʼri fikrlashdan uzoqlashtirishdir.

Maʼlumki, dunyodagi barcha ommaviy axborot vositalarining tizgini kapitalist davlatlarning qoʼlida. Masalan Аmerikaning Аssoshieyted Press, Britaniyaning Reyter, Аmerikaning Yunayted Press, Frantsiya axborot agentligi va Germaniya axborot agentliklari dunyo axborotining 90%dan koʼprogʼini boshqarsa, Аmerikaning oʼzi ularning yarmidan koʼpini boshqaradi. Bu ommaviy axborot vositalari oʼzlarini qaysi taraf vujudga keltirgan boʼlsa va ularni qaysi taraf mablagʼ bilan taʼminlayotgan boʼlsa oʼsha tarafning foydasiga xizmat qiladi va uning koʼrsatmasidan qilcha ham chetga chiqmaydi.

Xulosa qilib aytganda, mazkur ommaviy axborot vositalari Islom va musulmonlarga dushman boʼlgan kapitalist davlatlarga tobe boʼlganligi sababli ular tarqatayotgan maʼlumot va xabarlar ham shunga yarasha boʼlishi tabiiy. Shunday ekan, musulmonlar gʼarb axborot vositalari tarafidan kelayotgan xabarlarga jiddiy eʼtibor berishlari zarur. Аgar musulmonlar ularning adashtiruvidan ogoh boʼlib, bunga qarshi kurashmasa, ular insonlar orasida buzuq raʼyiom paydo qilish va adashtirishda davom etaveradi.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.