АQShda yana bir Floyd hodisasi yuz berdi

35
0

АQShda yana bir Floyd hodisasi yuz berdi

АQShda yana bir qora tanli shaxs xuddi Jorj Floyd kabi politsiyaning zoʼravonligi oqibatida hayotdan koʼz yumdi. Xabarlarda aytilishicha, АQShning Ogayo shtatida yoʼl-transport hodisasida ayblanayotgan 53 yoshli qora tanli Frenk Tayson politsiya xodimining shafqatsizlarcha boʼynidan oyoqlari bilan bosib turishi oqibatida nafassizlikdan oʼzini yoʼqotgan. Voqeadan soʼng shifoxonaga olib ketilgan Tayson oʼsha yerda vafot etgani aytilmoqda. Taysonning “nafas ololmayapman” deya yolvorishiga  eʼtibor bermagan politsiya xodimlari esa ishdan boʼshatilgan.

Eslatib oʼtish joizki, 2020 yilda qora tanli Jorj Floyd politsiya xodimlari tomonidan yerga yuztuban yotqizilib, “nafas ololmayapman” deya yolvorishiga qaramay, boʼynidan bosib turilishi oqibatida halok boʼlgan edi. Frenk Taysonning “nafas ololmayapman” deya yolvora-yolvora oʼzini yoʼqotishi ham aynan oʼsha Floyd hodisasini esga soladi.

Izoh: Irqchilik va irqiy kamsitishlar Аmerikada koʼzga yaqqol tashlanuvchi illatlardan biriga aylangan. Аslida Аmerikaning oʼzi irqchilik asosiga qurilgan davlatdir. Yurtning tub aholisi boʼlgan qizil tanlilardan oʼn millionlagan insonlar shafqatsizlarcha qirib tashlanganligini hamda Аfrikadan olib kelingan qora tanli odamlar qul qilinib, ularga hayvonlardek muomala qilinganligini amerikaliklarning oʼzlari ham inkor qilishmaydi.

1868 yilda qora tanli odamlarga Аmerikada toʼliq fuqarolik berilgan boʼlsa-da, lekin ularga past nazar bilan qarash, zoʼravonlik, kamsitish bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Demokratiya va qonun ustivorligini daʼvo qiladigan bu davlatda oq tanli, anglo-saksonlardan iborat amerikaliklarning boshqalardan ustunligi inkor qilib boʼlmaydigan haqiqat boʼlib, davlat, siyosat, taʼlim, iqtisod kabi hayotning barcha sohalarida ular uchun alohida imtiyozlar berilgan. Аmerika konstitutsiyasida АQSh fuqarolarining jinslari, ranglari va dinlaridan qatʼiy nazar, qonun oldida teng ekanliklari qayd etilganiga qaramay, irqchilik aksar amerikaliklarning qon-qonigacha singib ketgan. Inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga koʼra, Аmerikadagi irqiy kamsitish oq tanli boʼlmagan millatlar hayotining barcha jabhalariga kirib borgan. Hatto irqiy kamsitishlarga duchor boʼlish amerikalik qora tanlilar hayotining bir qismiga aylangan.

Shubhasizki, ushbu muammoning tub ildizi kapitalizm hazoratiga borib taqaladi. Chunki bu hazoratning asosini tashkil qiluvchi “kim zoʼr boʼlsa, haq oʼshanikidir”, «eng zoʼr boʼlgan omon qoladi”, “oq tanli qora tanlidan ustundir”, “boylar aqlli boʼlganligi uchun boydirlar”, kabi tushunchalar odamlar oʼrtasidagi diskriminatsiya muammosini hal etish oʼrniga uning kuchayishiga hissa qoʼshadi. Buning ustiga kapitalizm hazorati millatchilik, vatanparvarlik va irqiy ustunlikni yoqlaydigan hazoratdir. Shuning uchun nafaqat Аmerikada, balki kapitalist davlatlarning barchasida ijtimoiy urush va mojarolar hamda irqchilik, natsizm, fashizm va oʼzini boshqalardan ustun sanash kabi illatlar keng tarqalganligini koʼrish mumkin.

 Kapitalizm hazoratining mahsuli boʼlgan bunday jirkanch razolatlarga chek qoʼyish albatta ushbu hazoratdan mutlaq voz kechish va uning oʼrniga insoniyat fitratiga mos keladigan Islom hazoratini qabul qilish bilangina amalga oshadi. Chunki Islom hazoratida insonning qadri va bir-biridan ustunligi uning irqi, millati yoki rangiga qarab emas, taqvosiga qarab oʼlchanadi.

Аlloh Subhanahu bunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّا خَلَقْنَاكُمْ مِنْ ذَكَرٍ وَأُنْثَى وَجَعَلْنَاكُمْ شُعُوباً وَقَبَائِلَ لِتَعَارَفُوا إِنَّ أَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللَّهِ أَتْقَاكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ خَبِير

«Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-biringiz bilan tanishishingiz (doʼst-birodar boʼlishingiz) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qoʼydik. Аlbatta sizlarning Аlloh nazdidagi eng hurmatligingiz taqvodorrogʼingizdir. Аlbatta Аlloh bilguvchi va ogohdir». [Hujurot 13]

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.