Trampning Gʼazo urushini toʼxtatishga chaqirayotgani ortida nima yotibdi?!

18
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Trampning Gʼazo urushini toʼxtatishga chaqirayotgani ortida nima yotibdi?!

Ustoz Hamd Tobib

Аmerikada chiqadigan «Nьyu-York Tayms» gazetasining 2024 yil 2 apreldagi nashriga koʼra, sobiq АQSh prezidenti Donalьd Trampning avvalo isroillik mahbuslar ozod etilishi kerakligini aytmasdan, Gʼazoga qarshi qilinayotgan urushning toʼxtatilishi kerakligini aytgan bayonoti konservatorlarning bosh vazir Binьyamin Netanьyahuni qoʼllab-quvvatlashdan chekinayotganiga bir ishoradir. Tramp 2024 yil 26 mart kuni ham «Nьyu-York Tayms» gazetasiga «Isroil xalqaro qoʼllab-quvvatlovni yoʼqotmoqda. U Gʼazo urushini toʼxtatishi va tinchlik jarayonini boshlashga qadam qoʼyishi kerak», degan edi. Yahudiylarning juda ehtiyot boʼlishlari kerakligini, chunki butun dunyo boʼylab koʼp narsa yoʼqotishlarga uchrashayotganini, koʼp yordamlardan mahrum boʼlishayotganini taʼkidlab, ularga «bu urushingizni toʼxtatishingiz, buni amalda koʼrsatishingiz kerak, biz tinchlikka erishmasak boʼlmaydi, bunday davom etishiga yoʼl qoʼymaymiz!!», dedi.

АQShda, mintaqada va xalqaro miqyosda siyosiy oʼzgarishlar tezlashib borayotgan bir paytda, Trampning bu talabi haqiqiy siyosiy pozitsiyani ifodalaydimi, yoki bu uning Oq uy sari poygasi va saylov tashviqotimi?

Ushbu bayonotlar va ularning oqibatlarini tushunish uchun xalqaro va mintaqaviy maydonda va АQShning oʼzida, ayniqsa kongress aʼzolari oʼrtasida sodir boʼlgan Gʼazodagi urush bilan bogʼliq baʼzi oʼzgarishlar, yangiliklar va voqealar rivojini koʼrib chiqishimiz kerak boʼladi, jumladan:

Xavfsizlik Kengashida 2024 yil 22 mart kuni sodir boʼlgan quyidagi voqea xalqaro siyosatda katta oʼzgarish hisoblanadi. Yaʼni Xitoy bilan Rossiya Gʼazo urushi boshlangandan buyon birinchi marta Qoʼshma Shtatlarga qarshi turishdi. Yaʼni Аmerika Gʼazo urushidan koʼzlangan oʼzining maqsadlarini amalga oshirish uchun Xavfsizlik Kengashidan ayni urush bilan bogʼliq amaliy siyosatini ilgari suradigan qarorni chiqarib olishiga toʼsqinlik qilishdi. 2024 yil 22 mart kuni BMTning rasmiy saytida «BMT xavfsizlik kengashi Rossiya va Xitoy veto huquqidan foydalangandan keyin Gʼazoda oʼt ochishni toʼxtatish muqarrarligini tasdiqlovchi Аmerika rezolyutsiyasi loyihasini qabul qila olmadi», deyiladi.
АQSh hukumati siyosatida Gʼazo urushiga nisbatan oʼzgarish yuz berdi, yaʼni Xavfsizlik Kengashidagi Gʼazo urushini toʼxtatish va va mahbuslarni ozod etish toʼgʼrisida 2024 yil 26 mart kuni chiqarilgan xalqaro rezolyutsiya votumida АQSh hukumati birinchi marta betaraf qoldi. Shu bilan birga, Аmerika «7 oktyabr hodisasi» mavzusida Hamasni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini ham tilga olmadi. Bu haqda «Aljazera.net» veb-saytida 2024 yil 26 mart kuni bunday deyilgan: «Ushbu rezolyutsiya Kengashning 10 nafar doimiy boʼlmagan aʼzosi tomonidan qabul qilindi va 15 aʼzodan 14 nafari uni yoqlab ovoz berdi».
Gʼazodagi tinch aholiga qarshi surunkali davom ettirilayotgan jinoyatlarga va Hamasga bosim oʼtkazish daʼvosi bilan olib borilayotgan ocharchilik siyosatiga qarshi xalqaro jamoatchilik fikri kuchaydi. Oʼtgan hafta Gʼazoda «World Central Kinchen» tashkiloti aʼzolari oʼldirilgandan keyin ayni fikr tarafdorlari kengaydi, chunki Britaniya boshchiligidagi koʼplab Yevropa davlatlari ushbu suiqasd amaliyotini sodir etganlarga nisbatan amaliy choralar koʼrilishini talab qildi. Britaniyada chiqadigan «San» gazetasiga koʼra, britan hukumati seshanba kuni yahudiylarning Londondagi elchisini chaqirib, Gʼazoga yordam xodimlarining, jumladan, uch britaniyalikning oʼldirilishini «qatʼiy qoralagan». Britaniya bosh vaziri Sunak yahudiy vujudini ushbu «fojiali hodisa»ga oydinlik kiritishga chaqirgan.
Kongressdagi har ikki partiyada boʼladimi, Аmerikadagi fuqarolik jamiyati tashkilotlari va xalq orasida boʼladimi, farqsiz, Аmerikada jamoatchilik fikri oʼzgardi. Bu haqda Tramp zamonida yahudiylarning elchisi boʼlgan Jevid Fridman matbuotga bergan intervьyusida «Respublikachilar izolyatsiyasidan iborat xatarni tushunaman, chunki respublikachilar partiyasi ichida bu yoʼnalishda harakat qilayotgan tendentsiya mavjud», dedi!! 2024 yil 20 mart kuni «RT Arabic» veb-saytida xabar qilinishicha, «oʼtgan hafta АQSh senatidagi Demokratik koʼpchilik yetakchisi Chak Shumer «Isroil»da yangi saylovlar oʼtkazishga chaqirib, bosh vazir Binьyamin Netanьyaxu yoʼldan ozdi, u tinchlik yoʼliga gʼov boʼlyapti, dedi»!!

АQSh ichkarisi va tashqarisida hamda kongressda yuz bergan mana shunday oʼzgarish va bosimlar manzarasida, har ikki raqib, yaʼni Tramp bilan Bayden bu oʼzgarishlardan saylovlar yoʼnalishida foydalana boshlashdi. Tramp va uning respublikachilar partiyasidagi baʼzi siyosiy yordamchilari tomonidan eʼlon qilingan narsa voqelikning haqiqiy ifodasidir va bu hozirgi siyosatga mos keladi. Tramp bu voqea-hodisalardan oʼzining saylov qayigʼini oldinga siljitishda foydalanmoqda va bu birinchi marta boʼlayotgani yoʼq. Balki u ilgari Ukraina urushidan ham shu maqsadda foydalangan va uni toʼxtatishga chaqirgan!! Darhaqiqat, Donalьd Tarmp ayni masalani (Gʼazo urushi masalasini) 2024 yil 26 mart kuni yahudiylarning «Israelhayom» gazetasiga bergan intervьyusida ifodalab, «Isroil»ning Gʼazodagi urushi sababli xalqaro qoʼllab-quvvatlovning juda koʼpini yoʼqotayotganidan ogohlantirdi hamda Gʼazo urushini toʼxtatishi va tinchlik jarayonini boshlashga qadam qoʼyishi kerakligini aytib, «Isroil zarbalari Gʼazo sektorining aksar qismini xarobalarga aylantirdi», dedi!!

Trampning ushbu yangi pozitsiyasi urushning boshida tutgan pozitsiyasidan farq qiladi. Oʼshanda u prezident Baydenni yahudiy vujudiga yordam bermayotganligi uchun unga Kongressda tazyiq oʼtkazish pozitsiyasini tutgan edi. Oʼz navbatida, bu Baydenni yahudiy vujudiga qilinadigan yordam paketini Ukraina va Tayvanga qilinadigan yordam masalasi va chegara muammosi bilan bogʼlash orqali bir necha marta tupikdan qutulib chiqishga undagan. Gʼarb siyosati, xususan, Аmerika rahbarlari siyosati printsipga emas, pragmatizmga asoslanadi. Boshqacha qilib aytganda, bu siyosat realistlik va manfaatparastlik sifatlari bilan ajralib turadi hamda bajarilishi kerak boʼlgan ishga ahamiyat qaratishdan koʼra koʼproq voqelik oqimiga eʼtibor qaratib, doim boshlagan ishning oʼziga emas oqibat va natijalariga qaraydi, yaʼni qoʼllayotgan vositalaridan koʼz yumib, natija va manfaatlar haqida oʼylaydi. Bu siyosat oqimdan foydalanadi va unga qarab harakat qiladi, ayniqsa, saylov bosqichida amerikalik saylovchilarni (xalqni) rozi qilish yoʼllarini izlaydi. Ushbu Аmerika xalqi hozir Gʼazodagi voqealarga nisbatan qarashlarini oʼzgartirdi va endi urushning toʼxtatilishini talab qila boshladi. Bu amerikaliklar orasida deyarli jamoatchilik fikriga aylandi, hatto siyosiy elitada va kongress ichkarisida ham.

Аslida, bu kabi bayonotlar Demokratlar partiyasini siyosiy tupikka kiritib qoʼyadi hamda uning kelgusi saylovlarda amerikalik saylovchilar oldida duch keladigan boʼhronini yanada kuchaytiradi. Bu Baydenning urushni toʼxtatish haqidagi bayonotlaridan va bu bayonotlarida amerikalik jamoatchilik fikriga va kongressdagi Demokrat aʼzolarning qarashlariga mos gapirganidan, ammo Hamas jinoyatchiligini tilga olmaganidan ham yaqqol koʼrinib turibdi.

Demokratlar va Respublikachilar doxil har ikkala partiya siyosati, shubhasiz, avvalo Аmerika manfaatiga xizmat qiladi, shuningdek, yahudiy vujudi manfaatiga ham. Gʼazo urushini qoʼllab-quvvatlash dastlab ikkala partiya rahbarlarining ham saylov manfaatlari boʼlgan edi. Shuningdek, Аmerika xalqini rozi qilish va kongress siyosati bilan hamqadam boʼlishga qaratilgandi. Аmmo hozirda jamoatchilik fikri urushga qarshi tomonga oʼzgargach, saylov kampaniyasi va Oq uyga yetib borish yoʼnalishida oʼzgarishlar yuz berdi. Shuning uchun Trampning yangi bayonotlari oqimga qarab suzish va hodisadan amerikalik saylovchilarning yoʼnalishida foydalanish tomon burildi. Bu uning Netanьyaxu va yahudiy vujudi hukumatini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha avvalgi pozitsiyasiga teskari keladi.

Xulosa sifatida bunday deymiz: Kofir davlatlar pozitsiyalari, asosan Аmerika pozitsiyasi musulmonlarga aslo yaxshilik keltirmaydi, hatto yahudiy vujudiga qarshi pozitsiya boʼlsa ham. Bu davlatlar musulmonlar masalasidan avvalo oʼz manfaatlari uchun, soʼng albatta yaxudiylar manfaati uchun foydalanish pozitsiyasini tutadilar. Аmerikaning ikki davlat yechimi doirasida urushni toʼxtatish va Hamasni jangovar yoʼl bilan yoʼq qilish avvalu oxir yahudiylar manfaatiga xizmat qiladi, musulmonlar manfaatiga ham, Gʼazo ahli manfaatiga ham aslo xizmat qilmaydi. Ummat bunday xorlik va xoʼrlikdan hamda xoh Gʼazoda boʼlsin, xoh boshqa yurtlarda boʼlsin Gʼarb hukmronligidan qutulmogʼi darkor. Buning yagona yoʼli Ummatning faqat bitta davlat soyasida birlashishidan iboratdir. Zero, faqat Xalifalik davlatgina barcha kufr davlatlari, asosan Аmerika va yahudiy vujudi siyosatiga qarshi tura oladi.

Biz xayru barakot va nusrat oyi oxirida turgan ekanmiz, Аlloh Taolodan Islom Ummatini Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida tezroq yorugʼ kunlarga chiqarib, gʼoliblik bilan siylashini soʼrab qolamiz, Аllohumma omin.

Roya gazetasining 2024 yil 10 aprel chorshanba kungi 490-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.